Assalomu-alaykum,
muhtarama onaxonlar! Munis va mehribon opa-singillar! Aziz bayram
ishtirokchilari!
Tabiat uyg`onib, tobora
chiroy ochayotgan mana shu shukuhli ayyomda siz, azizlarni, 8 mart – Xalqaro
xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Hayotimizning
ma`no-mazmuni va go`zalligini birinchi navbatda barchamizni dunyoga keltirgan,
oq yuvib, oq tarab voyaga etkazgan muqaddas Ona siymosida, ayol timsolida
ko`rib, ayol zotini Yaratganning tengsiz mo``jizasi, deb ulug`laymiz.
O`zining mehribonligi,
qalb saxovati bilan farzandlarimiz yuragiga o`z ona yurtiga sevgi va sadoqat
tuyg`usini singdiradigan bu-ayollarimiz-onalarimizdir.
Barchamizga ayonki,
davlatimiz va jamiyatimizning nufuzi va madaniy darajasini naqadar
yuksakligini belgilaydigan mezonlarimiz juda ko`p. Lekin xalqimizning ma`naviy
kamolotini yaqqol aks ettiradigan shunday bir mezon borki, u ham bo`lsa,
jamiyatimizning xotin-qizlarga bo`lgan munosabati, hurmatidir.
Prezidentimiz
rahnamoligida xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida
ishtirokini ta`minlash, farzand tarbiyasi, oiladagi mas`uliyatini
kuchaytirishga alohida e`tibor qaratilayotgani samarasida deputatlar, korxona
va tashkilot, fermer xo`jaliklari rahbarlari, ilm-fan namoyandalari orasida
xotin-qizlar safi tobora kengayib bormoqda.
Bugungi kunda Qoraqalpog`iston
Respublikasida 3 ming 250 nafardan ziyod xotin-qiz turli rahbarlik
lavozimlarida faoliyat ko`rsatmoqda. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Senati a`zosiga 3 nafar, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasiga 4 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i
Kengesiga 12 nafar, shahar va tuman Kengashlariga 85 nafar xotin-qiz deputat
etib saylangani ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga
qaratilayotgan ulkan e`tiborning amaliy ifodasidir. Hozirgi kunda Qoraqalpog`iston
Respublikasida 168 nafar olima ayollar ilm-fan taraqqiyoti yo`lida samarali
mehnat qilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018 yil
2 fevraldagi «Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va oila institutini
mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to`g`risida»gi
PF-5325-sonli Farmoni xotin-qizlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi
roli va faolligini oshirish, bandligini ta`minlash, tadbirkorlikka keng jalb
etish, yordamga muhtoj bo`lgan va og`ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan
xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko`rsatish
borasidagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim omil bo`layotir.
Qoraqalpog`iston
Respublikasida 2017 yilda xotin-qizlar uchun qariyb 15 802 yangi ish o`rni
yaratildi. Xotin-qizlar o`rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e`tibor samarasida o`z biznesini yo`lga
qo`yib, oilasiga, el-yurtga naf keltirayotgan ayollarimiz safi kengayib
bormoqda. Ayni paytda 8 ming dan ortiq ayollar shu sohada faoliyat
ko`rsatmoqda. 2017 yilda tadbirkor ayollarni qo`llab-quvvatlash maqsadida
tijorat banklari tomonidan 2 259 nafar tadbirkor ayolga jami 122 238,9 mln.so`m
kredit mablag`lari ajratildi. Shuningdek, boshlang`ich sarmoyani shakllantirish
uchun 494 nafar ayolga 30 mlrd 465 mln 500 ming so`m miqdoridagi kredit
mablag`lari ajratilgan.
O`zbekistonni
rivojlantirishning 5 ta strategik yo`nalishlarining amalga oshirishning 2018
yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oya va texnollogiyalarni
qo`llab-quvvatlash yili”da, Davlat dasturi doirasida ham xotin-qizlarni
qo`llab-quvvatlashga qaratilgan juda ko`plab chora-tadbirlarini amalga oshirish
belgilangan.
Prezidentimiz
rahnamoligida sport bilan doimiy turda shug`ullanuvchi qizlar faolligi
O`zbekiston Respublikasi va Xalqaro miqyosida sport musobaqalarida g`oliblikni
qo`lga kiritgan qizlar soni ko`payishiga imkon yaratdi. Shu o`rinda Xalqaro
va O`zbekiston miqyosidagi bir kator musobaqalarda yurtimiz
bayrog`ini yuqoriga kutargan sportchi qizlarimiz qatori yil sayin
ko`paymoqda.
Jumladan, sportchi
qizimiz Zaynab Dayibekova O`zbekiston tarixida birinchi marotaba sportning
qilichbozlik yo`nalishi bo`yicha bo`lib o`tgan Osiyo chempionatida fahrli
3-o`rinni egallab, O`zbekiston Qilichbozlik federatsiyasining qaroriga ko`ra
“Yilning eng yaxshi sportchisi” dep topildi. 2017 yilning dekabr` oyida
Turkiyada bo`lib o`tgan Jahon chempionatida Allanazarova Amangul fahrli
2-o`rinni, 2018 yil fevral oyida bo`lib o`tgan O`zbekiston chempionatida 1-o`rinni
egalladi. Bishkek shahrida bo`lib o`tgan Osiyo chempionatida
Isenbaeva Nabira sportning “Erkin kurash” turi bo`yicha fahrli 2-o`rinni
egalladi. Italiya va Antaliya shahrida bo`lib o`tgan evropa ochiq kubogida
ermaganbetova Nilufar fahrli 2-o`rinlarni egalladi.
Shuningdek, joriy
yilning 16 fevral kuni “Yilning eng yaxshi mas`ul kotibi” ko`rik tanlovining
respublika bosqichida 2017 yil yakuni bo`yicha Voyaga etmaganlar ishlari
bo`yicha Xo`jayli tumani idoralararo komissiyasi mas`ul kotibi Naranova Farangiz
Zokirovna ushbu tanlovning g`olibi deb topildi.
Men so`zimning oxirida yana bir bora barcha ayol-qizlarimizni go`zallik va
nafosat bayrami bilan chin yurakdan samimiy tabriklayman. Oilalaringizga
tinchlik hotirjamlik fayzu baraka, o`zlaringizga sog`-salomatlik, uzoq umr
tilayman.
E`tiboringiz
uchun, Raxmat! Bayram barchangizga qutlug` muborak bo`lsin!