“Mard o'g'lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to'g'risida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
q a r o r i
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarda faollik ko'rsatib, o'zining bilim va iqtidori, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo'shib kelayotgan, yuksak ma'naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, yurt istiqboli uchun mas’uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir bo'lgan fidoyi va mard o'g'lonlarimizni munosib rag'batlantirish maqsadida hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida”gi PF–5106-son farmoni va 2017 yil 21 noyabrdagi “Mard o'g'lon” davlat mukofotini ta'sis etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ–3402-son qaroriga asosan:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo'yicha komissiyaning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli yigitlarini fan, ta'lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun “Mard o'g'lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to'g'risidagi takliflari ilovadagi ro'yxatga muvofiq ma'qullansin.
2. “Mard o'g'lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga “Yoshlar kuni” arafasida o'tkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va ko'krak nishonlari topshirilsin.
3. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Mard o'g'lon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta'minlasin.
4. O'zbekiston Milliy axborot agentligi, O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Mard o'g'lon” davlat mukofoti sohiblarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi – O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Q.Q.Quronboev zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYoEV
Toshkent shahri,
2018 yil 28 iyun
* * *
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 iyundagi PQ–3816-son qaroriga ilova
“Mard o'g'lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar
R O' Y X A T I
Mambetnazarov Islambek Muratbaevich - Qoraqalpog'iston Respublikasi suv sport turlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabining akademik eshkak eshish bo'yicha murabbiyi
Sagatov Sabur Baxtiyar uli - Qoraqalpog'iston Respublikasi Shumanay tumanidagi “Komservis Shumanay” xususiy korxonasi direktori
Musaboev Shaxrizod To'ychibek o'g'li - Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi “Oltin er himoya” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
Xoldarov Iqboljon Boxodirjon o'g'li - Andijon davlat universitetining 3-bosqich
talabasi
Raxmonov Sherzod Tolibovich - Buxoro viloyati Peshku tumanidagi “Hamro Raxmon chorva” fermer xo'jaligi boshlig'i
Haydarov Muxammad Shamsiddin o'g'li - “Hunarmand” uyushmasining Buxoro viloyati Shofirkon tumani bo'limi a'zosi, yog'och o'ymakor usta
Isroilov Otabek Batirovich - “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyatining Jizzax temir yo'l masofasi etakchi muhandisi
Xolyigitov Behzod Mardiboy o'g'li - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
harbiy qism mutaxassisi (Jizzax viloyati)
Abdisalimov Abdimalik Boxodir o'g'li - Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumanidagi 75-umumiy o'rta ta'lim maktabining 9-sinf o'quvchisi
Tursunov Jahongir Yusup o'g'li - Respublika dizayn kollejining 3-bosqich o'quvchisi (Qashqadaryo viloyati)
G'afforov Ibrohimjon Qobiljon o'g'li - Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 4-umumiy o'rta ta'lim maktabining 8-sinf o'quvchisi
Qudratov Istam Safar o'g'li - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining Markaziy kon boshqarmasi elektrochilangari
Murodullaev Sarvarbek Javlonbek o'g'li - Namangan muhandislik-qurilish institutining 4-bosqich talabasi
Yusupov Muxammadxon Olim o'g'li - O'zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi Respublika yosh ijodkorlar Kengashi etakchi mutaxassisi (Namangan viloyati)
Alikov Kamoljon Kamtar o'g'li - Samarqand viloyati Samarqand shahridagi “Registon Kamoljon” xususiy korxonasi rahbari
Bahromov Ilhom Ismoil o'g'li - Respublika olimpiya zaxiralari kollejining
3-bosqich o'quvchisi (Samarqand viloyati)
Kayumxujaev Odilxuja Ikromxuja o'g'li - O'zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining 4-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)
Xamdamov Javlonbek Baxtiyor o'g'li - Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)
Jalolov Bahodir Isomiddin o'g'li - Boks bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi (Surxondaryo viloyati)
Tuxtashov Sanjar Karomatovich - Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
Termiz shahar yong'in xavfsizligi bo'limi harbiylashtirilgan yong'in xavfsizligi qismi
yong'in o'chiruvchisi
Sabriddinov Asliddin Diyoriddin o'g'li - Toshkent viloyati Parkent agrosanoat va servis kasb-hunar kollejining 3-bosqich o'quvchisi
Sultonov Otabek Qurbonboy o'g'li - O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyi 3-bosqich o'quvchisi (Toshkent viloyati)
Rustamov Oybek Rovshanjon o'g'li - Farg'ona viloyati “Qo'qon-1912” professional
futbol klubi a'zosi
Xoshimov Qobiljon Qosimjonovich - O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo'mitasi harbiy qism vzvod komandiri (Farg'ona viloyati)
Allabergenov Zafar Ulug'bekovich - Urganch davlat universitetining 1-bosqich talabasi
Egamberganov Xakimboy Kudrat o'g'li - O'zbekiston Milliy universitetining 4-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)
Abdulboqiev Jamshid Fozil o'g'li - Toshkent shahar Olmazor tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining 17-IIB profilaktika inspektori
Shukurov Rovshanbek Abduraxmanovich - O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik
xizmati xodimi (Toshkent shahri)