O'zbek tsirk san’ati rolini oshirish, tsirk dasturlari va tomoshalarining badiiy saviyasi va qamrovini kengaytirish, ushbu maskanlarda aholi va yoshlarning madaniy dam olishi uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish "O'zbek davlat tsirki" davlat muassasasi va uning tasarrufidagi ko'chma tsirklarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning faoliyatini yanada rivojlantirish hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 iyundagi 495-f-sonli Farmoyishining ijrosini ta'minlash maqsadida:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 iyundagi 495-f-sonli Farmoyishi ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur farmoyishi bilan:
a) "O'zbek davlat tsirki" davlat muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uning faoliyatini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
b) "O'zbek davlat tsirki" davlat muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uning faoliyatini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturi bajarilishini muvofiqlashtirish bo'yicha respublika komissiyasi 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilganligi;
v) "O'zbek davlat tsirki" davlat muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uning faoliyatini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturi bajarilishini muvofiqlashtirish bo'yicha respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanganligi:
"O'zbek davlat tsirki" davlat muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uning faolyatini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturida (keyingi o'rinlarda Dastur deb ataladi) nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan mas’ul bo'lgan vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, belgilangan tadbirlarning o'z vaqtida va sifatli bajarilishi monitoringini amalga oshirish;
"O'zbek davlat tsirki" davlat muassasasining badiiy-ijodiy faoliyatini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
"O'zbek davlat tsirki" davlat muassasasining binosini rekonstruktsiya qilish va zamon talablari asosida jihozlash, transport vositalarini saqlash joylarini ta'mirlash, ko'chma tsirklarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo'yicha ishlarning sifatli bajarilishi yuzasidan nazorat o'rnatish;
g) "O'zbek davlat tsirki" davlat muassasasining binosini rekonstruktsiya qilish va jihozlash ishlarini bajarish doirasida:
buyurtmachi etib - O'zbekistan Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi "Markazlashgan investitsiya hisobidan moliyalashtiriluvchi ob’ektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal va joriy ta'mirlash bo'yicha buyurtmachi xizmati " davlat muassasasi etib belgilanganligi;
bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlar etib - belgilangan tartibda o'tkazilgan tender (tanlov) savdolari natijalari bo'yicha g'oliblar belgilanishi.
Bunda, loyixa-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda rekonstruktsiya qilish jarayonida "O'zbek davlat tsirki" davlat muassasasida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun pandus, tomosha zalidan maxsus joylar va boshqa qulay sharoitlar yaratilishi nazarda tutilganligi;
d) O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga quyidagilarni ta'minlash belgilanganligi:
tsirk soxasini pedagog kadrlar va etuk mutaxassislar bilan ta'minlash maqsadida "O'zbek davlat tsirki" davlat muassasasida faoliyat kursatayotgan xodimlarni xorijiy davlatlarning tsirk yo'nalishi bo'yicha mavjud oliy ta'lim muassasalarida o'qitish hamda malakasini oshirish;
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda "O'zbek davlat tsirki" davlat muassasasining ijodiy jihatidan yanada rivojlantirish muammolarini hal etish, teatr, kino, estrada va boshqa san’at turlari hamda zamonaviy yoritish va musiqali maxsus effektlarni qo'llagan holda sifat jihatidan butunlay yangi tsirk dasturlarini yaratish bo'yicha xorijiy davlatning malakali mutaxassislarini jalb etish;
milliy tsirk san’ati yutuqlarini keng targ'ib qilish xamda xorijiy davlatlar tajribasini mukammal o'zlashtirish maqsadida 2019 yildan boshlab, "O'zbek davlat tsirki" davlat muassasasining "Tsirk" adabiy-badiiy va axborot-reklama elektron jurnalini O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi xuzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg'armasi, homiylik xayriyalari hamda qonun xujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tashkil etish;
e) Toshkent shaxri hokimligiga tsirk san’ati sohasida ishlayotgan xodimlarni ko'llab-kuvvatlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida ikki oy muddatda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Xadra mavzesi, 2-uy manzilidagi binoning bir qismi artistlar va yordamchi xodimlarga vaqtinchalik turar joy sifatida "O'zbek davlat tsirki" davlat muassasasiga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berilishini ta'minlash vazifasi topshirilganligi;
j) "O'zbek davlat tsirki" davlat muassasasini saqlash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bilan bog'lik harajatlar O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi xuzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg'armasi o'z daromadlari, homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladiganligi;
O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari "O'zbek davlat tsirki" davlat muassasasi xarajatlarining o'z daromadlari bilan qoplanmagan qismi uchun ajratiladiganligi belgilab quyilishi;
z) O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi bilan birgalikda:
"O'zbek davlat tsirki" davlat muassasasining binosini rekonstruktsiya qilish bo'yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun zarur mablag'larning 2018 yil uchun tasdiqlangan investitsiya va infratuzulma loyixalari doirasida tejalgan mablag'lar hisobidan ajratilishini;
"O'zbek davlat tsirki" davlat muassasasi binosini rekonstruktsiya qilish, hayvonlarni saqlash xonalarini qurish va zamon talablari asosida jihozlash ishlarini belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturi doirasida amalga oshirish bo'yicha asoslangan takliflar ishlab chiqilishini ta'minlash topshirilganligi;
i) O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o'tkazilishini hamda bajariladigan qurilish-montaj ishlari yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati amalga oshirilishini ta'minlash vazifasi belgilanganligi ma'lumot uchun qabul kilinsin.
3. Tuman (shahar) hokimliklari tsirk san’atining jamiyatdagi mavqei, o'rni va ijtimoiy rolini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarni, respublikaning chekka hududlarida tsirk dasturlari va tomoshalaridan bahramand etish, mazmunli hordiq chikarishlarini tashkil etish maqsadida "O'zbek davlat tsirki" davlat muassasasi ko'chma tsirklarining gastrol safarlarini tashkil etishda O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga har tomonlama amaliy yordam kursatsinlar.
4. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari M.Jumanov hamda Madaniyat vaziri P.Aytmuratov zimmalariga yuklansin.
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariev