22.12.2024, Yakshanba

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING FARMOYIShI


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 iyundagi 178-son qarori bilan tasdiqlangan 2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bo'yicha tadbirlar kompleksi doirasida joylarda amalga oshirilgan ishlarni  o'rganish va tahlil qilish, respublikadagi mavjud madaniyat va aholi dam olish markazlarini hatlovdan o'tkazish, ularning holati va ularga bo'lgan haqiqiy ehtiyojni o'rganish, ularni  maqbullashtirish, 2018-2022 yillarda bosqichma-bosqich yangidan qurish, rekonstruktsiya, kapital ta'mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 iyundagi 469-f-sonli farmoyishining ijrosini ta'minlash maqsadida:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 iyundagi 469-f-sonli farmoyishi ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur  farmoyishi bilan:

a) Madaniyat va aholi dam olish markazlarini o'rganish va ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash bo'yicha respublika ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) Respublika ishchi guruhiga joriy yilning 1 avgustiga qadar hududiy ishchi guruhlar tomonidan taqdim qilingan ma'lumotlar va takliflaridan kelib chiqib, markazlar faoliyatini maqbullashtirish, yangidan qurish, rekonstruktsiya, kapital ta'mirlash va jihozlash bo'yicha manzilli dasturni tasdiqlashni nazarda tutuvchi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini tayyorlab, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi belgilanganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

3. Quyidagilar:

Qoraqalpog'iston Respublikasidagi madaniyat va aholi dam olish markazlarini xatlovdan o'tkazish va ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash bo'yicha ishchi guruh tarkibi 1-ilovaga;

Qoraqalpog'iston Respublikasidagi madaniyat va aholi dam olish markazlarini o'rganish va ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash va uni ko'rib chiqish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Qoraqalpog'iston Respublikasidagi madaniyat va aholi dam olish markazlarini xatlovdan o'tkazish va ularning kelgusidagi faoliyati yuzasidan takliflarni tayyorlash bo'yicha  ishchi guruhiga joriy yilning 
22 iyuniga qadar:
shahar va tumanlardagi mavjud markazlarni to'liq xatlovdan o'tkazish;

markazlarni rekonstruktsiya va kapital ta'mirlash uchun ajratilgan mablag'larning to'g'ri taqsimlanganligini o'rganish;

markazlarni belgilangan vazifalari va funktsiyalari doirasida faoliyat yuritayotganlik holatini aniqlash;

o'rganish jarayonida aholining keng qatlamini madaniy xizmatlarga bo'lgan qiziqishini inobatga olgan holda markazlarga bo'lgan haqiqiy ehtiyojlarni aniqlash;

o'rganish natijalari bo'yicha tahliliy hamda asoslangan ma'lumotlarni mazkur farmoyishning 3-9-ilovalariga muvofiq jadvallarga kiritib, takliflarni Madaniyat va aholi dam olish markazlarini o'rganish va ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash bo'yicha respublika ishchi guruhiga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.

5. Qoraqalpog'iston Respublikasidagi madaniyat va aholi dam olish markazlarini o'rganish va ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash bo'yicha ishchi guruhi o'rganish natijalari bo'yicha tahliliy ma'lumotlarni hamda asoslangan takliflarni respublika ishchi guruhi tomonidan belgilanadigan grafik asosida himoya qilishlari belgilab qo'yilsin.

6. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosarlari S.Nagmetov va  M.Jumanov hamda Madaniyat vaziri P.Aytmuratov zimmalariga yuklansin.

 

 

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                               Q.Sariev