22.12.2024, Yakshanba

Qoraqalpog'iston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash to'g'risida

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING QARORI

Qoraqalpog'iston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash to'g'risida

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 apreldagi “O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida”gi 228-sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

QAROR QILADI:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 
15 apreldagi “O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida”gi 228-sonli qarori ijro va ma'lumot uchun rahbarlikka olinsin.
2. Qoraqalpog'iston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi to'g'risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni 20 kun muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari – Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vaziri S.Turmanov zimmasiga yuklansin.


Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi                                                 Q.Sariev
 
Vazirlar Kengashining
2020 yil 17 apreldagi 113-son qaroriga
ilova


Qoraqalpog'iston Respublikasi Mahalla va oilani
qo'llab-quvvatlash vazirligi to'g'risidagi
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2020 yil 15 apreldagi “O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida”gi 228-sonli qaroriga hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Prezidiumining 2020 yil 28 fevraldagi 35-sonli qaroriga muvofiq Qoraqalpog'iston Respublikasi Mahalla va oilani
qo'llab-quvvatlash vazirligi (keyingi o'rinlarda Vazirlik deb ataladi)ning maqomi, asosiy vazifalari, funktsiyalari, huquqlari, javobgarligi va faoliyatini tashkil etish hamda hisobot berish tartibini, shuningdek uning rahbarlarining funktsional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.
2. Vazirlik oila, xotin-qizlar va keksalarni qo'llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi davlat boshqaruv organi hisoblanadi hamda o'z faoliyatida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (keyingi o'rinlarda Vazirlar Kengashi deb ataladi)ga hamda O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligiga bo'ysunadi.
3. Vazirlik o'z faoliyatida O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalarining Konstitutsiyalari va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi (keyingi o'rinlarda Jo'qorg'i Kenges deb ataladi) qarorlari, Jo'qorg'i Kenges Raisining farmoyishlari, Jo'qorg'i Kenges Prezidiumining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi o'rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) va Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlariga hamda O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining buyruqlari hamda qarorlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Vazirlik o'z faoliyatini davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Vazirlikning o'z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
6. Vazirlik, tuman (shahar)lar mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limlari yuridik shaxs hisoblanadi, Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g'azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisobraqamlariga ega bo'ladi.
7. Vazirlikning rasmiy nomi:
a) qoraqalpoq tilida: 
to'liq nomi – Qaraqalpaqstan Respublikasы Mәhәlle hәm shaӊaraqtы qollap-quo'atlao' ministrligi, qisqartmasi – Mәhәlle hәm shaӊaraqtы qollap-quo'atlao' ministrligi;
qoraqalpoq tilida – lotin alifbosida: Qaraqalpaqstan Respublikasi Ma’ha’lle ha’m shan’araqti qollap-quwatlaw ministrligi, qisqartmasi – Ma’ha’lle ha’m shan’araqti qollap-quwatlaw ministrligi;
b) o'zbek tilida: 
to'liq nomi – Qoraqalpog'iston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi, qisqartmasi – Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi;
o'zbek tilida – lotin alifbosida: Qoraqalpog’iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, qisqartmasi – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi;
v) rus tilida:
to'liq nomi – Ministerstvo po podderjke maxalli i semi Respubliki Karakalpakstan, qisqartmasi – Ministerstvo po podderjke maxalli i semi;
g) ingliz tilida:
to'liq nomi – Ministry of Support of Mahalla and Family of the Republic of Karakalpakstan, qisqartmasi – Ministry of Support of Mahalla and Family.
8. Vazirlik joylashgan joy (pochta manzili): 230103, Nukus shahri, I.Karimov guzori, 115-uy.

2-bob. Vazirlik tuzilmasi

9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Vazirlik apparati;
tuman (shahar)lar mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limlari;
Xotin-qizlar masalalari bo'yicha boshlang'ich tashkilotlar.
10. Vazirlik Jo'qorg'i Kengesga, Vazirlar Kengashiga va O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligiga hisob beradi.
Tuman (shahar)lar bo'limlari Vazirlikka va tegishli tuman (shahar)lar hokimliklariga hisobot beradi.

3-bob. Vazirlik va uning tizimidagi tuman (shahar) bo'limlarining
vazifalari va funktsiyalari

1-§. Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining
vazifalari va funktsiyalari
11. Qyyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
O'zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligiga yuklangan vazifalar va funktsiyalar samarali bajarilishini ta'minlash;
hududlarda vazirlik vakolatiga oid qonun hujjatlariga rioya etilishining nazoratini olib borish;
davlat organlari va jamoat tashkilotlari, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar (keyingi o'rinlarda – sektorlar) bilan hamkorlik qilish;
mahallalarni qo'llab-quvvatlash va ularning infratyzilmasini rivojlantirishga ko'maklashish;
fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatidagi muammolarni kompleks o'rganish, tahlil etish va tizimli hal qilish choralarini ko'rish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar hamda ta'sirchan mexanizmlarni ishlab chiqish;
fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarida faoliyat ko'rsatayotgan kadrlar malakasini oshirish yuzasidan aniq choralar ko'rish va o'quv kurslarini tashkil etish;
hududlarda davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish bo'yicha amaliy choralar qabul qilish;
mahallalarda xavfsizlikni ta'minlash vositalari va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish ishlarini tashkil etish;
Vazirlikda, tuman (shahar)lar bo'limlarida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;
xotin-qizlar hamda nuroniylar jamoatchilik kengashlari faoliyatini samarali yo'lga qo'yish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
1941-1945 yillardagi urush faxriylarini va fashistlar kontslagerlarining voyaga etmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolar uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiena tovarlarini, zarur kiyim-kechak va poyabzallarni xarid qilish va etkazib berish ishlarini amalga oshirish;
fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining faoliyatiga xos bo'lmagan turli ishlarga jalb qilinishiga qat’iyan yo'l qo'yilmasligini amalda ijrosini ta'minlash.
12. Vazirlik o'ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
vazirlikka yuklangan vazifalar va funktsiyalar samarali bajarilishini ta'minlashda ishtirok etish yuzasidan choralar ko'rish;
tuman (shahar)lar bo'limlari tomonidan O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalarining qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hykumati hujjatlari, Jo'qorg'i Kenges Raisining farmoyishlari, Jo'qorg'i Kenges Prezidiumining qarorlari, Jo'qorg'i Kenges va Vazirlar Kengashining hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi hamda Vazirlikning buyruq va qarorlari bajarilishi yuzasidan muntazam nazorat o'rnatish;
Jo'qorg'i Kenges va Vazirlar Kengashiga mahalla va oila institutlari bilan bog'liq normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish uchun kiritadi;
davlat organlari va jamoat tashkilotlari, tuman (shahar)larni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
mahallalarni qo'llab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirishga ko'maklashish choralarini ko'rish;
fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatidagi muammolarni kompleks o'rganish, tahlil etish va tizimli hal qilish choralarini ko'rish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar hamda ta'sirchan mexanizmlarni faoliyatiga tatbiq etish;
tuman (shahar)lar bo'limlari va ularning faoliyatini tashkiliy, uslubiy hamda axborot-tahliliy jihatdan ta'minlash;
tuman (shahar)lar bo'limlari tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o'z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o'tkazilishini tashkil etish;
tuman (shahar)lar bo'limlari faoliyatiga rahbarlik qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
hududlardagi byudjetdan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlar harajatlarini moliyalashtirishni, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish;
o'z vakolati doirasida tashkiliy, moliyaviy, kadrlar va boshqa masalalar bo'yicha qarorlar qabul qilish;
fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari xodimlari va jamoatchilik asosida faoliyat olib borayotgan maslahatchilarning malakasi hamda ish samaradorligini oshirish;
fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qoshidagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga amaliy-uslubiy yordam ko'rsatish;
fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarini moddiy-texnik jihatdan ta'minlashni tashkil etish, ularning ma'muriy binolarini qurish ishlarining sifati bo'yicha monitoring olib borish.
13. Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

2-§. Vazirlik apparatining vazifalari va funktsiyalari
14. Qyyidagilar vazirlik apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta'minlash;
Vazirlik hamda uning tarkibiy va tuman (shahar)lar bo'linmalari faoliyati bilan bog'liq prognoz ko'rsatkichlar, maqsadli indikatorlar, sifatga erishish va rivojlantirish dasturlarini samarali amalga oshirishni ta'minlash;
Vazirlik faoliyati sohasiga tegishli masalalarda vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Kengashi va uning Rayosati majlislarida masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
Vazirlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
Vazirlikning apparati va tuman (shahar)lar bo'linmalari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, tahlil natijalariga ko'ra zarur chora-tadbirlarni ko'rish;
Vazirlik va uning tarkibiy va tuman (shahar)lar bo'linmalari faoliyatiga zamonaviy ish uslublarini joriy etish;
mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash sohasida davlat xizmatlarini ko'rsatish samaradorligi, sifati va erkinligini ta'minlash;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko'rib chiqish ishlarini samarali ta'minlash, aholi bilan to'g'ridan-to'g'ri va ochiq muloqotni yo'lga qo'yish;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilishni, Vazirlik rahbariyati va xodimlarining ular faoliyatida faol ishtirok etishini, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining o'z vaqtida va to'liq ko'rib chiqilishini ta'minlash;
mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'yicha maqsadli dasturlar, dasturiy-uslubiy va boshqa tartibga soluvchi hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
Vazirlik hay’ati qarorlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirining (keyingi o'rinlarda Vazir) buyruqlari va topshiriqlarining o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash;
tarkibiy bo'linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, ularning kasb mahorati, chuqur bilimga egaligi, tajribasi, ishchanlik va odob-ahloq hamda ma'naviyatining yuqori darajasi kafolatlanganligini ta'minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko'rish, tarkibiy bo'linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
15. Vazirlik apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatining tashkiliy va axborot-tahliliy ta'minotini amalga oshiradi;
Vazirlikning tarkibiy va tuman (shahar)lar bo'linmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respyblikalari qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining, Jo'qorg'i Kengesning hamda Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining buyruq va normativ-huquqiy hujjatlari, hay’ati qarorlarining bajarilishi doimiy nazorat qilib borilishini ta'minlaydi;
Vazirlik tomonidan Jo'qorg'i Kengesga va Vazirlar Kengashiga kiritilayotgan hujjatlarning o'z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etadi;
Vazirlikning tuman (shahar)lar bo'limlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazoratini amalga oshiradi;
Vazirlik faoliyatini, shu jumladan norma ijodkorligi sohasida huquqiy ta'minlashni amalga oshiradi;
Vazirlik vakolatiga tegishli tezkor, tashkiliy, kadrlarga oid, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo'jalik va boshqa masalalarni hal etish bilan shug'ullanadi;
Vazirlik va uning tarkibiy hamda tuman (shahar)lar bo'linmalari faoliyati bilan bog'liq prognoz ko'rsatkichlarga erishishni so'zsiz ta'minlash bo'yicha ta'sirchan choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Jo'qorg'i Kenges va Vazirlar Kengashi, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan Vazirlik faoliyati sohasiga tegishli masalalar bo'yicha hamkorlikni ta'minlaydi;
Vazirlikning tarkibiy va tuman (shahar)lar bo'linmalari ish faoliyatiga zamonaviy uslublarni joriy etishni ta'minlaydi;
Vazirlikning samarali faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi.

3-§. Tuman (shahar)lar mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash
bo'limlarining vazifalari va funktsiyalari
16. Qyyidagilar tuman (shahar)lar bo'limlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni samarali bajarish;
fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish sohasida sektorlar bilan o'zaro hamkorlik qilish;
mahalla tizimiga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishi monitoringini olib borish va nazorat qilish;
fuqarolar yig'inlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
byudjet mablag'larining maqsadli va manzilli sarflanishini, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etish;
fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari xodimlarining xizmat faoliyatiga bog'liq bo'lmagan vazifalar va ishlarga jalb qilinishiga yo'l qo'yilmasligini ta'minlash;
globallashuv jarayonida oilalarda va mahallalarda faol ish olib borish, yosh avlodni turli zararli oqim va ta'sirlardan saqlash, insoniy qadriyatlarni mustahkamlash;
aholi muammolari bilan ishlash va ta'sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga uslubiy-amaliy ko'maklashish.
17. Tuman (shahar)lar bo'limlari o'zlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq qyyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligiga yuklangan vazifalar va funktsiyalar samarali bajarilishini ta'minlash;
qonun hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi hamda Vazirlikning qaror va buyruqlarini bajarish;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
mahallalarni qo'llab-quvvatlash va ularning infratyzilmasini rivojlantirishga ko'maklashish;
fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatidagi muammolarni kompleks o'rganish, tahlil etish va tizimli hal qilish choralarini ko'rish, ularni uslubiy-metodik hamda axborot-tahliliy materiallar bilan ta'minlash;
hududlardagi byudjetdan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlar harajatlarini moliyalashtirishni, buxgalteriya hisobi va hisobotini olib borish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ularni hal etish choralarini ko'rish;
fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarida faoliyat ko'rsatayotgan kadrlar malakasini oshirish ishlariga ko'maklashish, fuqarolar yig'inlari binolari va inshootlaridan foydalanish ishlari monitoringini olib borish hamda muvofiqlashtirish;
byudjet mablag'larining maqsadli va manzilli sarflanishini ta'minlash, fuqarolar yig'inlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish;
tuman (shahar)lar bo'limlari vakolatiga tegishli bo'lgan tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo'jalik masalalari va boshqa masalalar bo'yicha qaror qabul qilish.

4-bob. Vazirlik va uning tizimidagi tuman (shahar)lar
bo'limlarining huquqlari hamda javobgarligi

1-§. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
18. Vazirlik o'ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
o'z vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni davlat boshqaruvi organlari hududiy vazirliklaridan, boshqarmalaridan, davlat organlaridan, davlat va nodavlat tashkilotlardan so'rash va olish;
mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash masalalarida davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo'linmalari, xo'jalik birlashmalari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar berish;
tuman (shahar) bo'limlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga topshiriq va ko'rsatmalar berish;
tuman (shahar) bo'limlarida aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida takliflar tayyorlash;
axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo'linmalar hamda xo'jalik birlashmalarining yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilish.
Vazirlik o'z vakolatlari doirasida o'zlariga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda, boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
19. Vazirlik:
o'ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalar sifatli va o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash;
o'z faoliyati bilan bog'liq bo'lgan prognoz ko'rsatkichlarga erishilishini ta'minlash;
O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligiga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
o'z faoliyati sohasini rivojlantirish, muammolarni hal qilish uchun dasturlarni, harakat rejalarini, “yo'l xaritalari”ni va boshqa dastyriy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;
fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlash uchun javob beradi.

2-§. Vazirlik apparatining huquqlari va javobgarligi
20. Vazirlik apparati o'ziga yuklangan asosiy vazifalar va funktsiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari va tuman (shahar)lar bo'limlaridan Vazirlikning apparatida ko'rib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur bo'lgan materiallar hamda ma'lumotlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni so'rash va olish;
Vazirlikda ko'rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur bo'lganda, Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini va tuman (shahar)lar bo'limlari rahbarlarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi gyruhlarni tashkil etish;
Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari va tuman (shahar)lar bo'limlaridan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqishni talab qilish, zarur bo'lganda ularni qayta ko'rib chiqish uchun qaytarish;
Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari va tuman (shahar)lar bo'limlari rahbarlari ishtirokida yig'ilishlar o'tkazish;

tezkor hal etilishi lozim bo'lgan va Vazirlikka yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bilan bog'liq masalalar bo'yicha Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari va tuman (shahar)lar bo'limlariga topshiriqlar berish;
Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari va tuman (shahar)lar bo'limlarining qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, O'zbekiston Respyblikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Jo'qorg'i Kenges, Vazirlar Kengashi va O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining topshiriqlari, shuningdek, Vazirlik va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishiga oid faoliyatini o'rganish va tekshirish;
Vazirlikka yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta'lim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni ularning xohishiga ko'ra hamda shartnoma asosida jalb etish;
idoraviy mansub tashkilotlar va tuman (shahar)lar bo'limlari tomonidan qabul qilingan qarorlarni bekor qilish, to'xtatib turish (to'liq yoki qisman) yoki ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish to'g'risida qaror qabul qilish;
Vazirlik tizimida buxgalteriya hisobini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq hamda zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yuritish tashkil etilishini ta'minlash, tizimga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobi yuritilishini nazorat qilish;
xarajatlar smetasida nazarda tutilgan byudjet va byudjetdan tashqari mablag'larning muayyan maqsadlarga to'g'ri sarflanganligini, shuningdek, pul mablag'lari va moddiy boyliklarning saqlanishini muntazam nazorat qilib borish;
oila, xotin-qizlar va keksalarni qo'llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarini sifatli o'rganish va monitoring qilishni tashkil etish uchun komissiyalar, ishchi va ekspert gyruhlarni tuzish;
vazirliklar, idoralar, o'quv va boshqa muassasalarning olimlari, yuqori malakali mutaxassislarini oila, xotin-qizlar va keksalarni qo'llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida ilmiy va ekspert ishlar, maslahatlarni o'tkazish, dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun yuqori malakali mutaxassislarni shartnoma asosida taklif etish.
Vazirlik apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
21. Vazirlik apparati:
Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari va tuman (shahar)lar bo'limlari bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funktsiyalarning sifatli va o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash;
Vazirlik faoliyatini rivojlantirishning rejalari, kutilayotgan istiqboldagi va joriy ko'rsatkichlarga erishish bo'yicha Vazirlik apparati tuzilmalarining faoliyatini tashkil etish;
Vazirlik tomonidan ko'rib chiqish uchun Jo'qorg'i Kenges va Vazirlar Kengashiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni, shuningdek, Vazirlik qabul qiladigan qarorlarni sifatli tayyorlash va ekspertizadan o'tkazish;
Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari va tuman (shahar)lar bo'limlari tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo'l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;
fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash uchun javob beradi.

3-§. Tuman (shahar)lar bo'limlarining
huquqlari va javobgarligi
22. Tuman (shahar)lar bo'limlari o'zlariga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat boshqaruvi organlari, xo'jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlardan o'ziga yuklangan vazifalarni sifatli bajarish uchun zarur bo'lgan axborot materiallarini olish;
o'z faoliyatiga oid masalalarda davlat boshqaruvi organlari, xo'jalik birlashmalari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar berish;
fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini samarali tashkil etishga ko'maklashish;
axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun davlat boshqaruvi organlari, xo'jalik birlashmalarining, shuningdek, ilmiy tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilish.
Tuman (shahar)lar bo'limlari o'z vakolatlari doirasida o'zlariga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda, boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
23. Tuman (shahar)lar bo'limlari:
o'ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalar sifatli hamda o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash;
o'z faoliyati bilan bog'liq bo'lgan prognoz ko'rsatkichlarga erishishni ta'minlash;
Vazirlik, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, tuman (shahar)lar bo'limlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning amalga oshirilish sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
hududlarda aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida tuman (shahar)lar mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash masalalari bo'yicha takliflar tayyorlash;
o'z faoliyatini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal qilish bo'yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo'l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning tuman (shahar)larda samarali amalga oshirilishi;
fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi hamda ularga rioya etilishi uchun javob beradi.

5-bob. Vazirlik rahbarlarining asosiy funktsional vazifalari

24. Qyyidagilar Vazirning asosiy funktsional majburiyatlari hisoblanadi:
O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalarining Konstitytsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Jo'qorg'i Kenges va Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari bilan Vazirlikga yuklangan vazifalar va funktsiyalar bajarilishini tashkil etish;
Vazirlik va tuman (shahar)lar bo'limlari faoliyati bilan bog'liq prognoz ko'rsatkichlarga erishishni so'zsiz ta'minlash bo'yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Vazirlik va tuman (shahar)lar bo'limlari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Vazirlik va tuman (shahar)lar bo'limlari xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Jo'qorg'i Kenges va Vazirlar Kengashining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosi ta'minlanishini, ijro intizomi mustahkamlanishi bo'yicha kompleks amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to'g'risida” 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida” 1999 yil 12 yanvardagi
12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o'z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko'rish;
O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining hay’ati qarorlari va Vazirining buyruqlari, farmoyishlari va uning o'rinbosarlari ko'rsatmalari hamda topshiriqlari o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash;
Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
xodimlarning vakolatlarini belgilash, ular o'rtasida majburiyatlarni taqsimlash, davlat arxivlari va ularning filiallarining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik va tuman (shahar)lar bo'limlarini boshqarishda mansabdor shaxslarning javobgarligini belgilash;
Vazirlik va tuman (shahar)lar bo'limlari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta'minlash;
Vazirlik va tuman (shahar)lar bo'limlarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, ularning samarali faoliyat ko'rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boshqarma kadrlar zaxirasini shakllantirish;
O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vaziri nomenklaturasiga kiradigan bo'sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Vazirlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi, o'z ishini bilishi amaliy tajribaga, yuksak darajada ishchanlik va ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta'minlash;

Vazirlik xodimlarini rag'batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko'rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo'yicha muntazam chora-tadbirlar ko'rish;
Vazirlik xodimlarining va tuman (shahar)lar bo'limlari xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini ta'minlash;
“Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlikda, davlat arxivlari va ularning filiallarida korruptsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko'rish, shuningdek, huquqni qo'llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko'maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
prognoz ko'rsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Vazirlik va uning bo'linmalari ushbu ko'rsatkichlarga so'zsiz erishishini ta'minlashga qaratilgan qo'shimcha choralar ko'rish bo'yicha takliflarni O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligiga kiritish;
Vazirlik xodimlari va tuman (shahar)lar bo'limlari rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig'ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo'yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlik va uning bo'linmalari faoliyatiga oid masalalar bo'yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari samaradorligi sifatini oshirish va ulardan erkin foydalanish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish hamda ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi rahbariyatiga kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish, aholi bilan to'g'ridan-to'g'ri va ochiq muloqotni yo'lga qo'yish, muntazam ravishda shaxsan, shu jumladan sayyor qabullar o'tkazish;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tybdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida” 2016 yil
28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtyal qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o'z vaqtida va to'laqonli ko'rib chiqish;
Vazirlik xodimlari, davlat arxivlari va ularning filiallari rahbarlarining lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to'lash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rag'batlantirish va ularga intizomiy chora qo'llash to'g'risida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligiga takliflar kiritish;
davlat sirini yoki qonun bilan quriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma'lumotlarning himoya qilinishini ta'minlash;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, sudlarda va tashkilotlarda Vazirlikning va uning bo'linmalari manfaatlarini ifoda etish.
25. Qyyidagilar Vazirning birinchi o'rinbosari va o'rinbosarlarining asosiy funktsional vazifalari hisoblanadi:
O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalarining Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Vazir vaqtincha bo'lmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Vazirlikning o'zi nazorat qiladigan idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o'rtasida vazifalarni taqsimlash;
o'zi nazorat qiladigan tarkibiy bo'linmalar tomonidan prognoz ko'rsatkichlarga erishishni so'zsiz ta'minlash choralarini ko'rish, tarkibiy bo'linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko'rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
o'zi nazorat qiladigan tarkibiy bo'linmalarning rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilishni ta'minlash;
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Jo'qorg'i Kenges va Vazirlar Kengashining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo'yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to'g'risida” 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o'z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko'rish;
Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash;
o'zi nazorat qiladigan tarkibiy bo'linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish bo'yicha Vazirga takliflar taqim etish, ularning professionalligi, o'z ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo'lishini ta'minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish choralarini ko'rish;
o'zi nazorat qiladigan tarkibiy bo'linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining to'liq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlik tarkibiy bo'linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalari Vazir tomonidan ko'rib chiqilishi va imzolanishi (viza qo'yilishi) uchun ko'rib chiqish va viza qo'yish, ularni Jo'qorg'i Kengesning Reglamenti va Vazirlar Kengashining Reglamenti talablariga qat’iy rioya qilgan holda va o'z vaqtida Vazirlar Kengashiga kiritilishini ta'minlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Kengashining apparatida ko'rib chiqilishida Vazirning topshirig'iga asosan ishtirok etish;
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to'liq va o'z vaqtida ko'rib chiqilishini ta'minlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o'tkazish;
xizmat safarlarini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to'g'risida” 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo'lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O'zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag'lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta'minlash;
o'zi nazorat qiladigan tarkibiy bo'linmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo'yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
sohaga oid masalalar bo'yicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora ko'rish, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirga kiritish;
o'zi nazorat qiladigan tarkibiy bo'linmalar rahbarlari va xodimlarini rag'batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini ko'rib chiqish bo'yicha Vazirga taklif kiritish, funktsional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo'yicha tizimli choralar ko'rish;
“Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy bo'linmalarda korruptsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko'rish, shuningdek, huquqni ko'llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko'maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Vazirlik va tuman (shahar)lar bo'limlari xodimlarining odob-axloq qoidalariga rioya etish, o'zi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta'minlash;
davlat xizmatlari samaradorligini, ulardan erkin foydalanishni va ularni ko'rsatish sifatini oshirish hamda “Elektron hukumat to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish ishlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to'g'risidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o'rnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda o'tkazish, shu jumladan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida” 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan barcha murojaatlari o'z vaqtida va to'liq ko'rib chiqilishini ta'minlash;
davlat siriga kiritilgan ma'lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
o'z faoliyati sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, kasbiy ta'lim muassasalarining o'quv darajasi va sifatini tubdan oshirishga ko'maklashish, kadrlarni, shu jumladan xorijdagi ilg'or ilmiy-tadqiqot muassasalari va ta'lim markazlarida tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
jumladan soha yo'nalishlari bo'yicha:
a) Vazirning birinchi o'rinbosarining asosiy vazifalari:
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish;
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash;
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash;
og'ir ijtimoiy ahvolga tushgan xotin-qizlar hamda zo'ravonlikdan jabr ko'rgan shaxslarga ijtimoiy, ma'naviy va huquqiy yordam berish ishlarini tashkil qilish, xotin-qizlar masalalari bo'yicha davlat va jamoat tashkilotlari bilan aloqalar o'rnatish;
xotin-qizlar muammolari bilan ishlash;
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi faoliyatini hamda “Mo'’tabar ayol” ko'krak nishoni bilan taqdirlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish;
b) Vazir o'rinbosarining asosiy vazifalari:
xavfsiz mahalla faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
huquqni muxofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni tashkil etish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish;
mahallalarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo'yicha takliflar ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan tegishli hududda huquqbuzarliklarni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash;
v) Vazir o'rinbosarining asosiy vazifalari:
nuroniy onaxonlarni qo'llab-quvvatlash;
keksalar va faxriylar bilan ishlash;
keksalar va faxriylarning ijtimoiy faolligini oshirish;
yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruxini mustahkamlash;
fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va bu borada aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish.
“Mehnat faxriysi” ko'krak nishoni bilan taqdirlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish;
26. Qyyidagilar Vazirlik apparati tarkibiy bo'limlari rahbarlarining asosiy funktsional vazifalari hisoblanadi:
O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalari Konstitutsiyalari va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
tegishli bo'linma faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu bo'linmaga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Vazirlikning tarkibiy bo'linmalari va tuman (shahar)lar bo'limlari faoliyatini o'z vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
prognoz ko'rsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Vazirlikning tarkibiy bo'linmalari va tuman (shahar)lar bo'limlari ushbu ko'rsatkichlarga so'zsiz erishishini ta'minlashga qaratilgan ko'shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha takliflarni Vazirning nazorat qiluvchi o'rinbosarlariga kiritish;
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Jo'qorg'i Kenges va Vazirlar Kengashining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo'yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to'g'risida” 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o'z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy bo'linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko'rish;
Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazirning buyruqlari va qarorlari, uning o'rinbosarlari ko'rsatmalari hamda topshiriqlarining o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash;
tarkibiy bo'linmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta'minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda ko'rsatilgan vazifalar va tadbirlar o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash;
tarkibiy bo'linmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Vazirlik idoraviy mansub tashkilotlari va tuman (shahar)lar bo'limlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam berish;
tarkibiy bo'linmalar faoliyati sohalariga oid qonun hujjatlari va huquqni qo'llash amaliyotini takomillashtirish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko'rib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
tarkibiy bo'linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yishda Vazir o'rinbosarlariga takliflar taqdim etish, professionalligi, o'z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta'minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko'rish, tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
tarkibiy bo'linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tarkibiy bo'linmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalarini Vazir tomonidan ko'rib chiqilishi va imzolanishi (viza qo'yilishi) uchun ko'rib chiqish va viza qo'yish, ularni Jo'qorg'i Kengesning Reglamenti va Vazirlar Kengashining Reglamenti talablariga qat’iy rioya qilgan holda va o'z vaqtida Vazirlar Kengashiga kiritilishini ta'minlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Kengashining apparatida ko'rib chiqilishida Vazirlik rahbariyati topshirig'iga asosan ishtirok etish;
tarkibiy bo'linmaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to'liq va har tomonlama ko'rib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o'tkazish;
xizmat safarlarini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo'lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O'zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag'lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta'minlash;
tarkibiy bo'linmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig'ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo'yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlik va tuman (shahar)lar xodimlari odob-axloq qoidalariga rioya etishini ta'minlash;
“Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy bo'linmalarda korruptsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko'rish, shuningdek, huquqni qo'llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko'maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to'g'risidagi namunaviy nizomga muvofiq ko'rib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o'rnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda o'tkazish, shu jumladan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;
O'zbekiston Resgryblikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tybdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida” 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o'z vaqtida va to'laqonli ko'rib chiqish;
aholi bandligiga ko'maklashish, tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish;
obodonlashtirish, tomorqa va ekologiya masalalari;
fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining moddiy-iqtisodiy asoslarini mustahkamlash, aholini ish bilan ta'minlash borasidagi imkoniyatlarini kengaytirish;
davlat siriga kiritilgan ma'lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
ish yuritish sohasidagi namunali xodimlarni aniqlash va mukofotlash yuzasidan Vazirlik rahbariyatiga takliflar kiritish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshirish.

6-bob. Vazirlik rahbarlarining javobgarligi

27. Vazir:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari bo'yicha;
ushbu Nizomning 24-bandida ko'rsatilgan o'z asosiy funktsional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
28. Vazirning birinchi o'rinbosari va o'rinbosarlari:
Vazirlikning o'zi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalarida Vazirlikka yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari bo'yicha;
ushbu Nizomning 25-bandida ko'rsatilgan o'z asosiy funktsional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
29. Vazirlik apparati tarkibiy bo'linmalari rahbarlari:
tegishli tarkibiy bo'linmalarga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan Vazirlik apparatining javobgarlik sohalari bo'yicha;
ushbu Nizomning 26-bandida ko'rsatilgan o'z funktsional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
30. Tuman (shahar)lar bo'limlari:
tuman (shahar)lar bo'limlariga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi;
tuman (shahar)lar bo'limlarining ushbu Nizomning 19 va 22-bandlarida nazarda tutilgan o'z javobgarlik vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

7-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish

1-§. Vazirlik rahbariyati
31. Vazir Jo'qorg'i Kenges (sessiyalar o'rtasidagi davrda Jo'qorg'i Kenges Prezidiumi) tomonidan Vazirlar Kengashi Raisining tavsiyasiga binoan O'zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vaziri bilan kelishgan holda, lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Vazir o'z maqomiga ko'ra, Vazirlar Kengashi a'zosi hisoblanadi
40. Vazir o'rinbosarlari vazirining taqdimnomasiga asosan Vazirlar Kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
32. Tuman (shahar)lar hokimlari o'rinbosarlari – vazirlikning tuman (shahar)lar bo'limlari boshliqlari lavozimiga Vazirlar Kengashi Raisining taqdimnomasiga binoan O'zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vaziri bilan kelishilgan holda, Jo'qorg'i Kenges Raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi hamda xalq deputatlarining tegishli Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
33. Tuman (shahar)lar bo'limlari boshliqlarining o'rinbosarlari O'zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vaziri bilan kelishilgan holda Vazirning buyrug'iga binoan lavozimga tayinlanadi 
va lavozimdan ozod etiladi.
34. Vazirlik tarkibidagi bo'lim va tuman (shahar)lar bo'limlari mutaxassislari lavozimiga O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining tegishli boshqarmalarining xulosalariga muvofiq Vazirning buyrug'i bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
35. Xodimlar lavozimga quyidagi qoidalarga rioya etgan holda tayinlanadi:
a) ularning ma'lymoti, mutaxassisligi yoki lavozimga yaqin mutaxassislik, shuningdek, amaliy ish tajribasiga muvofiq;
b) tashkiliy-shtat o'zgarishlari bo'lganida, shuningdek xodimning hayoti va faoliyati bilan bog'liq holatlar yuzaga kelganida u egallab turgan lavozimidan ozod qilinadi va qonunchilikka muvofiq moddiy qo'llab-quvvatlanadi;
v) o'zaro qarindosh bo'lgan xodimlar (ota-ona, turmush o'rtog'i, aka-uka, opa-singil, farzandlar, shuningdek turmush o'rtog'ining ota-onasi, aka-ukasi, opa-singillari), agar unda ish jarayonida birining ikkinchisiga bo'ysunishi yoki nazorat ostida bo'lishi bilan bog'liq bo'lsa, bir bo'linmadagi lavozimlarga tayinlanishi mumkin emas.
36. Vazirlik to'g'risidagi nizomlar, agar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlarida hamda Jo'qorg'i Kenges yoki Vazirlar Kengashi qarorlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, Vazirlar Kengashining Raisi tomonidan tasdiqlanadi.

2-§. Vazirlikning O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining markaziy apparati tarkibiy bo'linmalari
bilan o'zaro hamkorligi
37. Vazirlik va uning idoraviy mansub tashkilotlari O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining markaziy apparatining tarkibiy bo'linmalari bilan o'zaro hamkorlik qiladi. Jumladan:
O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida xabar beradi;
belgilangan faoliyat sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish bo'yicha faoliyat natijalari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining markaziy apparatiga axborot taqdim etadi;
ularning faoliyatini tekshirish va o'rganish natijasida ishda aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari to'g'risida xabar beradi;
o'z faoliyati natijalari to'g'risidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining markaziy apparatiga taqdim etadi;
O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi vakolatiga ta'lluqli sohalardagi muammolarni hal qilishga qaratilgan takliflarni O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining markaziy apparatiga yuboradi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat organlari, kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar bilan o'zaro hamkorlik natijalari to'g'risida xabar beradi;
vakolatli organlar tomonidan o'tkazilgan o'z faoliyatini tekshirish natijalari to'g'risida ma'lumot beradi.

3-§. Vazirlik apparati tarkibiy bo'linmalarining tuman (shahar)lar bo'limlari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan o'zaro hamkorligi
38. Vazirlik apparati tarkibiy bo'linmalarining tuman (shahar)lar bo'limlari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan o'zaro hamkorligi Vazirlik apparati tarkibiy bo'linmalarining rahbarlari tomonidan ta'minlanadi.
39. Vazirlik apparatining tarkibiy bo'linmalari Vazirlikning tuman (shahar)lar bo'limlari bilan o'z faoliyati yo'nalishlari bo'yicha:
topshiriqlarni tuman (shahar)lar bo'limlari va idoraviy mansub tashkilotlarga etkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Vazirlikning tuman (shahar)lar bo'limlari va idoraviy mansub tashkilotlariga tarkibiy bo'linmalarning bevosita faoliyati masalalari bo'yicha so'rovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
Vazirlikning tuman (shahar)lar bo'limlari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tekshiradi va o'rganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va Vazirlik rahbariyatiga kiritadi;
Vazirlikning tuman (shahar)lar bo'limlari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari to'g'risida hisobot va axborot materiallari, statistika va boshqa ma'lumotlar o'rganilishi va umumlashtirilishini tashkil etadi;
Vazirlikning tuman (shahar)lar bo'limlari va idoraviy mansub tashkilotlarining ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir choralar ko'radi;
Vazirlikning tuman (shahar)lar bo'limlari va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni ko'rib chiqadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Vazirlikning tuman (shahar)lar bo'limlari va idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadi, qonun hujjatlarini takomillashtirish bo'yicha ulardan tushgan takliflarni ko'rib chiqadi.
40. Vazirlikning tuman (shahar)lar bo'limlari va idoraviy mansub tashkilotlari Vazirlik apparatining tarkibiy bo'linmalari bilan o'zaro hamkorlik qiladi. Jumladan:
Vazirlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi hakida xabar beradi;
belgilangan faoliyat sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish bo'yicha faoliyat natijalari to'g'risida Vazirlik apparatiga axborot taqdim etadi;
ularning faoliyatini tekshirish va o'rganish natijasida ishda aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari to'g'risida xabar beradi;
o'z faoliyati natijalari to'g'risidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda Vazirlik apparatiga taqdim etadi;
Vazirlik vakolatiga ta'lluqli sohalardagi muammolarni hal qilishga qaratilgan takliflarni Vazirlik apparatiga yuboradi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat organlari, kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar bilan o'zaro hamkorlik natijalari to'g'risida xabar beradi;
vakolatli organlar tomonidan o'tkazilgan o'z faoliyatini tekshirish natijalari to'g'risida ma'lumot beradi;
joylarda Vazirlik hay’ati yig'ilishi, seminar, konferentsiya, tanlov, ko'rik va boshqa tashkiliy tadbirlar o'tkazish to'g'risida takliflar kiritadi.
41. Vazirlik apparati tarkibiy bo'linmalari va uning tuman (shahar)lar bo'limlarining o'zaro hamkorlik jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Vazirning topshirig'iga binoan uning tegishli o'rinbosari tomonidan ko'rib chiqiladi. Agar vazir o'rinbosari tomonidan kelishmovchiliklarni tartibga solishning imkoniyati bo'lmasa, so'ngi qaror bevosita Vazir tomonidan qabul qilinadi.

4-§. Vazirlikning davlat boshqaruvining boshqa organlari,
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo'jalik
birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorligi
42. Vazirlik o'z vakolatlari doirasida davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo'jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik qiladi.
Vazirlik hududlarni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha “yo'l xaritalari”ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar bilan o'zaro yaqin hamkorlik qiladi.

5-§. Vazirlikning hay’ati, boshqa kengash,
maslahat, ekspert organlari
43. Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), uning o'rinbosarlari (lavozimiga ko'ra), shuningdek, uning faoliyatining asosiy yo'nalishlarini muvofiqlashtiruvchi idoraviy mansub tashkilotlar, tarkibiy bo'linmalar va tuman (shahar)lar bo'limlari rahbarlaridan va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.
Hay’at tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Vazir taqdimnomasiga binoan Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
44. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Vazirlik faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo'nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
qonun hujjatlarida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi, Jo'qorg'i Kenges va Vazirlar Kengashining qarorlarida belgilangan vazifalar o'z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta'minlash uchun Vazirlik tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko'rgan holda, tarkibiy hamda idoraviy mansub tashkilotlar va tuman (shahar)lar bo'limlari rahbarlarining hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
tizimli ravishda Vazirlik faoliyati sohasidagi hudydiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam ko'rib chiqish;
Vazirlik faoliyati doirasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishni ta'minlagan holda, hay’atning kengaytirilgan, shu jumladan, joylarda sayyor majlislarini o'tkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo'yicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Vazirlik apparati va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini ko'rib chiqish va tasdiqlash;
Vazirlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish masalalarini ko'rib chiqish;
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Jo'qorg'i Kenges va Vazirlar Kengashining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hay’at Vazirlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham ko'rib chiqishi mumkin.
45. Hay’at majlisiga davlat boshqaruvi organlari, xo'jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.
46. Hay’at, agar uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan ko'pi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Ko'rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
47. Hay’at qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
48. Vazir va hay’at a'zolari o'rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar xaqida Vazirlar Kengashiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi.
Hay’at a'zolari ham Vazirlar Kengashiga o'z fikrini xabar qilishi mumkin.
49. Hay’at faoliyatining tartibi uning hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
50. Vazirlikda boshqa kengash, maslahat va ekspert organlari tuzilishi mumkin. Ularning tarkibi va ular to'g'risidagi nizomlar Vazir tomonidan tasdiqlanadi, ularning tarkibi va nizomlari Jo'qorg'i Kenges hujjatlari va Vazirlar Kengashi qarorlari bilan tasdiqlanadigan holatlar bundan mustasno.

8-bob. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va
natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari

51. Vazirlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
52. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho Hukumat tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
53. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo'yicha:
Vazirlik rahbarlari va xodimlarini rag'batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari ko'riladi.
54. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.





9-bob. Vazirlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta'minlash,
uning xodimlari mehnatiga haq to'lash va moddiy rag'batlantirish

55. Quyidagilar Vazirlik faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari;
O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Obod va xavfsiz mahalla” jamg'armasi mablag'lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
56. Vazirlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo'shimcha haqlar, ustamalardan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to'lovlardan iborat bo'ladi.
57. Vazirlik boshqaruv xodimlarining Yagona tarif setkasi bo'yicha mehnatga haq to'lashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsienti Vazirlikda - 1,5 baravarga, tuman (shahar)lar bo'limlarida 1,3 baravarga oshirilgan miqdorda qo'llaniladi.
Vazirlik, uning idoraviy mansub tashkilotlari va tuman (shahar)lar bo'limlari xodimlarining lavozim maoshi Yagona tarif setkasining tasdiqlangan razryadlari bo'yicha belgilanadi.
58. Vazirlik apparati, tuman (shahar)lar bo'limlari xodimlarining umumiy ish stajidan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan ko'p yillik mehnati uchun rag'batlantirish koeffitsientini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsientlarda quyidagi hajmlarda har oyda qo'shimcha pyl to'lanadi:
2 yildan 5 yilgacha - 0,05;
5 yildan 10 yilgacha - 0,1;
10 yildan 15 yilgacha - 0,2;
15 yildan ortiq - 0,3.
Vazirlik xodimlariga oylik ustamalar, moddiy va ko'p yillik mehnatlari uchun rag'batlantirishlar tarzidagi lavozim maoshlariga qo'shimcha to'lovlar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi, shuningdek, Vazirlik hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlik xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qo'shiladigan rag'batlantirish xususiyatiga ega bo'lgan qo'shimcha haqlap va ustamalar Vazir tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq to'lanadi.

10-bob. Vazirlikning Jo'qorg'i Kenges hamda Vazirlar Kengashi
oldida hisobdorligi

59. Vazirlik rahbarlari o'z faoliyatlari to'g'risida Jo'qorg'i Kenges va Vazirlar Kengashiga hisobot beradi.
60. Vazir har yili Jo'qorg'i Kenges sessiyasida Vazirlik faoliyati yuzasidan hamda sohadagi tizimli muammolar va ularning echimi to'g'risida axborot beradi.
Vazirlikning tuman (shahar)lar bo'linmalari boshliqlari har chorakda tegishli xalq deputatlari Kengashlari yig'ilishlarida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatida uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning echimi bo'yicha axborot beradi.
61. Vazirlik Jo'qorg'i Kenges va Vazirlar Kengashi bilan o'zaro hamkorlik qilish doirasida:
O'ziga yuklangan vazifa va funktsiyalarni bajarish bilan bog'liq normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritadi;
Jo'qorg'i Kengesga va Vazirlar Kengashiga taqdim etish uchun davlat boshqaruvi organlari, xo'jalik birlashmalari bilan birgalikda o'z faoliyat sohasidagi muammolarni hal etish, davlat boshqaruvi tizimini maqbullashtirishga qaratilgan taklif, tavsiya va tahliliy ma'lumotlar tayyorlanishini ta'minlaydi;
mahalla va oilani qo'llab-quvvatlashning eng muhim yo'nalishlari hamda vazifalarini amalga oshirishda mavjud tizimli muammo va kamchiliklarning muntazam ravishda ko'rib chiqilishini tashkil qiladi;
belgilangan tartibda boshqa funktsiyalarni ham amalga oshiradi.
62. Vazirlar Kengashi rahbariyati Vazirlik rahbarlarining faoliyatini yuklangan vazifalarning ular tomonidan samarali bajarilishi bo'yicha doimiy monitoring olib boradi, Vazirlik faoliyati samaradorligini xolisona baholaydi.
63. Monitoring va baholash natijalariga ko'ra, Vazirlikning alohida o'rnak ko'rsatgan xodimlarini rag'batlantirish choralari ko'riladi, jiddiy kamchiliklarga yo'l qo'ygan xodimlarga nisbatan esa javobgarlik choralari, egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo'lgan jazo qo'llaniladi.

11-bob. Yakunlovchi qoida

64. Vazirlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.