O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 fevraldagi «O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida»gi 134-sonli qarori haqida
(«O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o`z kuchini yo`qotgan deb topish to`g`risida» O`zbekiston Respublikasining 2017 yil 14 sentyabrdagi O`RQ-446-son Qonuni)
«O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o`z kuchini yo`qotgan deb topish to`g`risida» O`zbekiston Respublikasining 2017 yil
14 sentyabrdagi O`RQ-446-son Qonuni ijrosini ta`minlash maqsadida Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
22 fevraldagi «O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida»gi 134-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:
a) O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilganligi;
b) vazirliklar va idoralar uzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.
3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilsin.
4. Vazirliklar va idoralar uzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari M.Jumanovga yuklansin.
Qoraqalpog`iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariev