«O'simliklar karantini to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 20 iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2018 yil 28 iyunda ma'qullangan
1-modda. O'zbekiston Respublikasining 1995 yil 31 avgustda qabul qilingan «O'simliklar karantini to'g'risida»gi 113–I-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil,
№ 9, 188-modda; 1996 yil, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 4–5, 126-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009 yil, № 12, 472-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda) o'zgartish va qo'shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo'lgan o'z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko'rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga etkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o'rtasida tushuntirilishini ta'minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran
kuchga kiradi.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoev