22.12.2024, Yakshanba

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 iyundagi “Jismoniy shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasiga tovarlarni olib o'tish tartibini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 463-sonli qarori haqida

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 iyundagi “Jismoniy shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasiga tovarlarni olib o'tish tartibini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 463-sonli qarori haqida

O'zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o'tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2018 yil 6 fevraldagi PQ-3512-son qaroriga muvofiq, shuningdek,  jismoniy shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Davlat chegarasining avtoyo'l (yo'lovchi), temir yo'l va daryo o'tkazish punktlari orqali tovarlari olib o'tish tartibini takomillashtirish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 
22 iyundagi “Jismoniy shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasiga tovarlarni olib o'tish tartibini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 463-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:
a) jismoniy shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Davlat chegarasining avtoyo'l (yo'lovchi), temir yo'l va daryo o'tkazish punktlari orqali bojxona to'lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib o'tishning miqdor normalari ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
b) O'zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi, O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O'zbekiston Milliy axborot agentligiga bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini, shu jumladan Internet axborot tarmog'ini keng jalb etgan holda, aholi o'rtasida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini muntazam hamda har tomonlama yoritish tavsiya etilganligi;
v) vazirliklar va idoralarga o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirish topshirilganligi;
g) ushbu qaror 2018 yil 1 iyuldan kuchga kirishi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Teleradiokompaniyasi (Nag'metov) va Qoraqalpog'iston Matbuot va axborot agentligi (Bekmuratov), Qoraqalpog'iston axborot agentligi (Nurabullaev)ga bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini, shu jumladan Internet axborot tarmog'ini keng jalb etgan holda, aholi o'rtasida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini muntazam hamda har tomonlama yoritish tavsiya etilsin.
4. Vazirliklar va idoralar o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o'rinbosari A.A.Tajetdinov va Qoraqalpog'iston Respublikasi Bojxona boshqarmasi boshlig'i X.N.Fayzullaev zimmasiga yuklansin.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi
                         Q.Sariev