22.12.2024, Yakshanba

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING FARMOYIShI

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING FARMOYIShI



O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 iyundagi 02/1-539-sonli xatidagi zooveterinariya shoxobchalarini sun’iy urug'lantirish jihozlari (dyuar idishlar) bilan ta'minlashda mahalliy byudjetlar daromadlari rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan qo'shimcha mablag'lar ajratish to'g'risida berilgan topshiriqlari ijrosini bajarish maqsadida:
1. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil
28 iyundagi KA01-34/1284–sonli hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 29 iyundagi SM/06-02/1792–sonli xati bilan sun’iy urug'lantirish jihozlarini (dyuar idishlar) mahalliy byudjetlar daromadlari rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan qo'shimcha mablag'lar ajratish to'g'risidagi takliflari maqullansin. 
2. Shahar va tuman hokimliklari:
shahar va tumanlardagi zooveterinariya shoxobchalarini zarur sun’iy urug'lantirish jihozlari (dyuar idishlar) bilan ta'minlash uchun mahalliy byudjet daromadlari rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan ilovaga muvofiq mablag'lar ajratish;
ajratilgan mablag'lar hisobidan xarid qilinadigan sun’iy urug'lantirish jihozlari bo'yicha belgilangan tartibda shartnomalar tuzilishi va mablag'larning o'tkazilishi hamda ularni o'z vaqtida olib kelish;
xarid qilingan sun’iy urug'lantirish jihozlarini faoliyat yuritayotgan zooveterinariya shoxobchalariga berilishini ta'minlash topshirilsin.
3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi (B.Utambetov) zarur bo'lgan sun’iy urug'lantirish jihozlarini sotib olish uchun mahalliy byudjet daromadlari rejasining oshirib bajarilgan hisobidan ajratilgan mablag'larning maqsadli sarflanishini nazorat qilsin.
4. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Xojametov zimmasiga yuklansin.

Qoraqalpog'iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariev