22.12.2024, Yakshanba

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil12 iyundagi 444-sonli “Neft-gaz tarmog'ida litsenziyalash tartibotlarini qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznesni yuritishni yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori haqida

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil12 iyundagi 444-sonli “Neft-gaz tarmog'ida litsenziyalash tartibotlarini qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznesni yuritishni yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori haqida

Neft-gaz tarmog'ida litsenziyalash tartibotlarini qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznesni yuritishni yaxshilash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 iyundagi 444-sonli “Neft-gaz tarmog'ida litsenziyalash tartibotlarini qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznesni yuritishni yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida atab o'tilgan qarori asosida:
a) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish                    shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida»gi 2018 yil                     11 apreldagi PF-5409-son Farmoni bilan 2018 yil 1 iyundan boshlab quyidagilar nazarda tutilganligi ma'lumot uchun qabul qilinganligi:
faoliyatning ayrim turlari bilan shug'ullanish huquqini beruvchi barcha litsenziyalarni (neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va sotishni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalardan tashqari) amal qilish muddati cheklanmagan holda berish tartibini joriy etish;
tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ayrim litsenziyalarni va ruxsat berish xususiyatiga ega bo'lgan hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlarini qisqartirish;
faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash bo'yicha funktsiyalarni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan tegishli davlat organlariga berish;
ko'rsatib o'tilgan faoliyat turlarini litsenziyalash Komissiyalari tarkibidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi vakillarini chiqarish;
b) Quyidagilar:
Neft, gaz xamda gaz kondensati qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish faoliyatiii litsenziyalash to'g'risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ularni ishlatish va ularni ta'mirlash faoliyatini litsenziyalash to'g'risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Neft mahsulotlarini sotish faoliyatini litsenziyalash (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg'i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) to'g'risidagi nizom             3-ilovaga muvofiq;
“O'zdavneftgazinspektsiya”ning Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ishlatish va ularni ta'mirlash faoliyatini litsenziyalash bo'yicha komissiyasi tarkibi 4-ilovaga muvofiq;
“O'zdavneftgazinspektsiya”ning Neft mahsulotlarini sotish (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg'i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatini litsenziyalash bo'yicha komissiyasi tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
v) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan neft mahsulotlarini sotish (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg'i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) va neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo'yicha oldin berilgan litsenziyalar ularning muddati tugagunga qadar amal qilishi belgilanganligi;
g) “O'zdavneftgazinspektsiya”ning Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ishlatish va ularni ta'mirlash hamda neft mahsulotlarini sotish (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg'i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatini litsenziyalash bo'yicha komissiyalariga bir oy muddatda:
Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ishlatish va ularni ta'mirlash faoliyatini litsenziyalash komissiyasi to'g'risidagi nizomni;
Neft mahsulotlarini sotish bo'yicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg'i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatni litsenziyalash komissiyasi to'g'risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash topshirilganligi;
d) “O'zdavneftgazinspektsiya”ga ikki oy muddatda ushbu qaror kuchga kirgunga qadar Vazirlar Mahkamasi tomonidan berilgan litsenziyalarni xatlovdan o'tkazish asosida:
neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ishlatish va ularni ta'mirlash;
neft mahsulotlarini sotish (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg'i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) bo'yicha faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olgan litsenziatlar bilan litsenziya bitimlari tuzilishini ta'minlash topshirilganligi;
e) O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilganligi;
j) O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblanganligi ma'lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilsin.
4. Qoraqalpog'iston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.
5. “O'zdavneftgazinspektsiya”ning Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha bo'limi (J.Ubaydullaev) boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Nag'metov zimmasiga yuklansin.


Qoraqalpog'iston Respublikasi
 Vazirlar Kengashining Raisi           Q. Sariev