O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Obod mahalla” dasturining asosiy parametrlarini tasdiqlash va ularning ijrosini ta'minlash masalalari to'g'risida”gi PQ-3812-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2018 yil 3 iyuldagi 207-B-sonli farmoyishi bilan Vazirlar Kengashining yagona buyurtmachi xizmati “Injiniring kompaniya”si huzurida “Obod qishloq va obod mahalla direktsiya”si tuzilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
2. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining yagona buyurtmachi xizmati “Injiniring kompaniya”si xuzuridagi “Obod qishloq va obod mahalla direktsiya”si to'g'risidagi nizomn ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda tumanlar hokimliklari bilan birgalikda o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.I.Nagmetov zimmasiga yuklansin.