O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 iyuldagi «O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida»gi 500-sonli hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Prezidiumining 2018 yil 21 apreldagi 317-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasining «Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi haqida»gi Qonunining 11-moddasiga muvofiq Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
Q A R O R Q I L A D I:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 iyuldagi «O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida»gi 500-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori bilan:
a) Quyidagilar:
O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi to'g'risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo'jaligini rivojlantirish jamg'armasi mablag'larini shakllantirish va ishlatish tartibi to'g'risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy rag'batlantirish tartibi to'g'risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi tuzilmasiga kiradigan byudjet tashkilotlari ro'yxati 4 va 4a-ilovalarga muvofiq;
suv xo'jaligi ob’ektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta'mirlash - tiklash ishlarini amalga oshirishda buyurtmachi vazifasini bajaruvchi «Suvqurilishinvest» davlat unitar korxonalari ro'yxati 5-ilovaga muvofiq;
«O'zsuvqurilishta'minot» respublika birlashmasi tasarrufidagi tashkilotlar va korxonalar ro'yxati 6-ilovaga muvofiq;
«O'zbekiston Respublikasi suv xo'jaligi a'lochisi» ko'krak nishoni to'g'risidagi Nizom, ko'krak nishoni va uning guvohdomasi tavsiflari 7, 7a va 76- ilovalarga muvofiq;
Suv xo'jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligining suv xo'jaligi tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
b) Suv xo'jaligi tashkilotlarining ehtiyojlari uchun asbob-uskunalar, materiallar va ehtiyot qismlarni sotib olish «O'zsuvqurilishta'minot» respublika birlashmasi tomonidan, O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi tasdiqlagan ro'yxatga muvofiq byudjetdan ajratiladigan mablag'lar hisobidan amalga oshirilishi belgilab ko'yilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi to'g'risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qabul qilingan nizomga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Xojametov zimmasiga yuklatilsin.
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi
Q.Sariev