30.10.2024, Wednesday

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 avgustdagi «G'o'za parvarishida yuzaga kelgan murakkab vaziyatning salbiy oqibatlarini bartaraf etish hamda hosilga hosil qo'shishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi 613-sonli qarori haqida

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 avgustdagi «G'o'za parvarishida yuzaga kelgan murakkab vaziyatning salbiy oqibatlarini bartaraf etish hamda hosilga hosil qo'shishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi 613-sonli qarori haqida

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 avgustdagi «G'o'za parvarishida yuzaga kelgan murakkab vaziyatning salbiy oqibatlarini bartaraf etish hamda hosilga hosil qo'shishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi 613-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
 
QAROR QILADI:

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil  2 avgustdagi «G'o'za parvarishida yuzaga kelgan murakkab vaziyatning salbiy oqibatlarini bartaraf etish hamda hosilga hosil qo'shishga doir qo'shimcha 
chora-tadbirlar to'g'risida»gi 613-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori bilan quyidagilar:
a) Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlariga, ayniqsa, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining 4 ta sektor rahbarlariga g'o'za parvarishida agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda o'tkazish, shuningdek, rivojlanishda orqada qolgan maydonlarda qo'shimcha agrotexnik tadbirlarni belgilash va amalga oshirishda jiddiy xato  va kamchiliklarga yo'l qo'yilganligi ko'rsatib o'tilganligi;
b) G'o'za parvarishida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan agrotexnik tadbirlar o'z vaqtida                     va sifatli amalga oshirilishini tizimli tashkil qilish asosida kafolatlangan paxta hosilini yaratish maqsadida joriy yilning 5 sentyabriga qadar respublikada «G'o'za parvarishida zarbdor 40 kunlik» e’lon qilinganligi;

v) O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosarlari Z.T.Mirzaevva A.S.Sultanov, «O'zkimyosanoat», «O'zagrokimyohimoya» va «O'zbekiston tovar xomashyo birjasi» aktsiyadorlik jamiyatlari Samarqand viloyatiga 6 ming tonna, Buxoro viloyatiga 3 ming tonna, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga 4 ming tonnadan, Qoraqalpog'iston Respublikasiga 5,5 ming tonna, jami 22,5 ming tonna azotli mineral o'g'itlarni to'rt kun muddatda etkazib berish topshirilganligi;
Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hokimlari 
va Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi etkazib berilgan mineral o'g'itlar bilan 128 ming gektar rivojlanishdan orqada qolgan g'o'za maydonlarini qo'shimcha oziqlantirish ishlarini 5 kun muddatda yakunlanishi belgilanganligi;
g) O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda «Mexanizatorlar uylari»ga biriktirilgan ichki ishlar xodimlarining mas’uliyatini oshirgan holda «G'o'za parvarishida zarbdor 40 kunlik»da mexanizatorlarning doimiy ravishda dalada bo'lishini, ishni har kuni «topshiriq-hisobot» tizimi asosida samarali tashkil etilishini ta'minlash topshirilganligi;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar 
va tumanlar hokimlari «mexanizatorlar uylari»da mexanizatorlar uchun yotoq joy, issiq ovqat va boshqa zarur sharoitlarni yaratish uchun mas’ul etib belgilanganligi;
d) «O'zagrokimyohimoya» aktsiyadorlik jamiyati, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mavjud OVX agregatlari va qo'l apparatlarini otryadlarga biriktirgan holda, birinchi navbatda g'o'za zararkunandalari o'chog'i bo'lgan maydonlarga kimyoviy ishlov berish, shuningdek, avgust oyida g'o'za maydonlariga ikki marta to'liq biostimulyatorlar bilan ishlov berishni kunning kechki paytida «topshiriq-hisobot» tizimi asosida tashkil etish ko'rsatilib o'tilganligi;
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xuzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanishi ustidan nazorat qilish inspektsiyasiga «Mexanizatorlar uylari»da barcha sharoitlarning yaratilishi, kultivatorlar va boshqa mexanizmlarning «otryad» usulida ishlashi tizimning ishlashi ustidan tizimli nazorat o'rnatish tavsiya etilganligi; 
j) O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - moliya vaziri J.A.Qo'chqorov, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash jamg'armasi, «Agrobank» aktsiyadorlik tijorat banki «G'o'za parvarishida zarbdor 40 kunlik»da mexanizatorlar, suvchilar va ishchilarga har 5 kunda ish haqi naqd pulda berib borilishini tashkil etish topshirilganligi;
z) Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda «G'o'za parvarishida zarbdor 40 kunlik»da g'o'za parvarishi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o'rganish va amaliy yordam berish bo'yicha respublika ishchi guruhlari tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. G'o'za parvarishida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan agrotexnik tadbirlar o'z vaqtida                      va sifatli amalga oshirilishini tizimli tashkil qilish asosida kafolatlangan paxta hosilini yaratish maqsadida joriy yilning 5 sentyabriga qadar                       «G'o'za parvarishida zarbdor 40 kunlik» e’lon qilinsin.
4. Quydagilar: 
G'o'za parvarishida yuzaga kelgan murakkab vaziyatning salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha g'o'za maydonlarida joriy yil  5 sentyabrga qadar joriy etilgan «G'o'za parvarishida zarbdor 40 kunlik»da amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
«G'o'za parvarishida zarbdor 40 kunlik»da g'o'za parvarishi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o'rganish va amaliy yordam berish bo'yicha tashkil etilgan ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Xojametov, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuroturasi (Qaipbergenov), Ichki ishlar vazirligi (Temirxanov), Davlat soliq boshqarmasi (Babadjanov), Qishloq xo'jaligi vazirligi (Annaqulov) va tuman 4 ta sektor rahbarlari fermerlar, suvchilar va mexanizatorlarning 2018 yil 5 sentyabrga qadar doimiy ravishda dalada bo'lishini ta'minlagan holda «G'o'za parvarishida zarbdor 
40 kunlik»da:
g'o'zani 5 marotaba (avgust oyida 4 marotaba, sentyabr oyida
1 marotaba) kultivatsiya qilish;
o'simlikning o'sishini boshqaruvchi va qo'shimcha hosil olishni ta'minlovchi biostimulyatorlar bilan kamida 2 marta ishlov berish;
g'o'za zararkunandalariga qarshi biomahsulotlarni dalaga chiqarish, o'rgimchakkana, ko'sak qurti va beda qandalasi tushgan maydonlarda kimyoviy ishlov o'tkazish;
g'o'zani kamida ikki marta faqat sharbat usulida sug'orishni tashkil qilish, tungi sug'orish ishlarini alohida nazoratga olish;
joriy yilning 10 avgustiga qadar barcha hududlarda g'o'zani chekanka qilish ishlari sifatli o'tkazilishini tashkil etsin.
6. Qoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, «Qoraqalpoq agrokimyohimoya» HAJ tuman 4 ta sektor rahbarlari bilan birgalikda quyidagi tadbirlarni:
rivojlanishdan orqada qolgan g'o'za maydonlar uchun etkazib beriladigan                  5,5 tonna mineral o'g'itlar bilan qo'shimcha oziqlantirish ishlarini 5 kun muddatda yakunlash;
«Mexanizatorlar uylari»ga biriktirilgan ichki ishlar xodimlarining mas’uliyatini oshirgan holda «G'o'za parvarishida zarbdor 40 kunlik»da mexanizatorlarning doimiy ravishda dalada bo'lishini, ishni har kuni «topshiriq-hisobot» tizimi asosida samarali tashkil etilishini ta'minlash;
«mexanizatorlar uylari»da mexanizatorlar uchun yotoq joy, issiq ovqat va boshqa zarur sharoitlarni yaratish;
mavjud OVX agregatlari va qo'l apparatlarini otryadlarga biriktirgan holda, birinchi navbatda g'o'za zararkunandalari o'chog'i bo'lgan maydonlarga kimyoviy ishlov berish, shuningdek, avgust oyida g'o'za maydonlariga ikki marta to'liq biostimulyatorlar bilan ishlov berishni kunning kechki paytida «topshiriq-hisobot» tizimi asosida tashkil etsin.
7. Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi:
suv tanqisligini yumshatish maqsadida vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarini g'o'zani sug'orish ishlariga ko'maklashish uchun jalb qilsin;
suv xo'jaligi tashkilotlari xodimlarini g'o'zani sug'orish uchun fermer xo'jaliklariga nomma-nom biriktirsin. Bunda:
mavjud suv resurslarini oqilona taqsimlagan holda g'o'zani yana ikki marta sharbat usulida sug'orishga;
etkazib berilgan qo'chma egiluvchan quvurlardan samarali foydalanishga, 
suv ta'minoti og'ir maydonlarni suv bilan ta'minlashga;
suvchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga, navbatlab sug'orish tizimi joriy etilishiga va tungi sug'orishga alohida e’tibor qaratilsin.
8. Qoraqalpog'iston teleradiokompaniyasiga «G'o'za parvarishida zarbdor 
40 kunlik» davomida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan yo'l qo'yilayotgan xato va kamchiliklar haqida maxsus ko'rsatuvlar tayyorlash hamda ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tavsiya etilsin. 
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.J.Xojametov zimmasiga yuklansin.

Qoraqalpog'iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashining Raisi              Q.Sariev