30.10.2024, Wednesday

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING FARMOYIShI

Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018 yil 4 iyundagi 01-02-14/1073-sonli hamda Moliya vazirligining 
2018  yil 18 iyuldagi SM/04-02/1979-sonli xatlarini inobatga olib:

1. Nukus shahri A.Dosnazarov ko'chasida joylashgan 2-sonli respublika tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasasining joriy ta'mirlash ishlarini olib borish uchun zarur bo'lgan 380 000 000 (uch yuz sakson million) so'm miqdoridagi mablag'larni Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining 1 chorak daromadlar rejasining ortiq bajarilgan qismi hisobidan ajratish haqidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018 yil 4 iyundagi 01-02-14/1073-sonli va Moliya vazirligining 2018  yil 18 iyuldagi SM/04-02/1979-sonli takliflari maqullansin.

2. Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligi (M.Sodikov) Nukus shahri A.Dosnazarov ko'chasida joylashgan 2-sonli respublika tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasasining joriy ta'mirlash ishlarini olib borish uchun zarur bo'lgan 380 000 000 (uch yuz sakson million) so'm miqdoridagi mablag'larni Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining 1 chorak daromadlar rejasining ortiq bajarilgan qismi hisobidan 2-sonli respublika tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasasiga ajratsin.

3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi (J.Usnatdinova) ajratilgan mablag'larning belgilangan tartibda maqsadga muvofiq sarflanishini ta'minlasin.

4. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Qoraqalpog'iston Respublikasidagi Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi (B.Utambetov)dan ajratilgan mablag'larning maqsadga muvofiq sarflanishini nazorat qilish so'ralsin.

5. Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari M.Jumanov zimmasiga yuklatilsin.


Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi                                           Q.Sariev