22.12.2024, Sunday

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi «Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-3855-sonli qarori ijrosini ta'minlash to'g'risida


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi «Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-3855-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1.  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi «Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-3855-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2.  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:

a) ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarining (keyingi o'rinlarda muassasalar deb yuritiladi) ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish sohasidagi asosiy vazifalari etib quyidagilar hisoblanishi belgilab qo'yilganligi;

respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini jadal va keng joriy etish;

fanlararo aloqalarni, shu jumladan xalqaro fanlararo aloqalarni shakllantirish jarayonlarini rag'batlantirish, qo'shma dasturlar ishlab chiqish va jamoalarni yaratish;

ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatni iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirishning aniq vazifalarini hal etishga, shuningdek, ichki va tashqi bozorlar ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan amaliy natijalarni olishga yo'naltirish;

yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni yaratishga xizmat qiladigan yuqori texnologiyalarni ishlab chiqish sohasida innovatsion tadqiqotlarni olib borish;

tadqiqotlarni mamlakatni izchil rivojlantirish bo'yicha zamon talablariga javob beradigan, tijoratlashtirish darajasi yuqori bo'lgan mahsulotlar va texnologiyalarni jadal ishlab chiqishga yo'naltirish;

b) quyidagilar ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirishning asosiy usullari etib belgilanganligi;

ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalaridan foydalangan holda yaratilgan tovarlarni (bajarilgan ishlarni, ko'rsatilgan xizmatlarni) realizatsiya qilish yoki ushbu natijalardan o'z ehtiyojlari uchun foydalanish;

tijorat tashkilotlarini tashkil etish, bunda ularning ta'sischilaridan biri ustav fondiga hissa sifatida intellektual mulk ob’ekti yoki tayyor texnologiyani kiritgan muassasani (yoki ixtisoslashtirilgan affillangan tashkilot) hisoblash;

intellektual mulk ob’ektlariga bo'lgan mulk huquqlarini uchinchi shaxslarga o'tkazish va mazkur ob’ektlardan foydalanish huquqini litsenziya shartnomalarini tuzish orqali, shu jumladan ularni keyinchalik ushbu huquqlar oluvchisi tomonidan tijoratlashtirish sharti bilan berish;

v) vazirlik va idoralar tomonidan shartnoma asosida xarid qilish orqali tijoratlashtiriladigan ishlanmalar ro'yxati ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi va bunda ilovada ko'rsatilgan ishlanmalarni o'z vaqtida tijoratlashtirmaganligi va sifatsiz tijoratlashtirganligi uchun ularni joriy etishga javob beradigan shaxslarga nisbatan ularning o'rtacha oylik ish haqining o'ttiz foizidan ortiq bo'lmagan miqdorda jarima shaklida intizomiy jazo choralari qo'llanilishi belgilab qo'yilganligi;

g) O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda:

O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2019 yil va undan keyingi yillarga mo'ljallangan parametrlarini shakllantirishda “Ilm-fan” moddasi bo'yicha ajratilayotgan mablag'lar doirasida quyidagilarni amalga oshirish uchun mablag'larning kamida 20 foizi yunaltirilishini nazarda tutish topshirilganligi;

davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, shu jumladan davlat-xususiy ilmiy klasterlarini yaratishga, ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarni respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va mintaqalari ehtiyojlariga moslashtirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish;

ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirishga, shu jumladan byudjet mablag'lari oluvchilar faoliyatini tegishli maslahatchilar tomonidan ekspertizadan o'tkazish, qo'llab-quvvatlash, xalqaro standartlarga muvofik biznes-rejalarni tayyorlashga grantlar ajratish topshirilganligi;

d) O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Fanlar akademiyasining 2018 yil

1 oktyabrdan boshlab;

patentlangan intellektual mulk ob’ektlari mualliflariga muassasaning byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan eng kam ish haqining o'n baravari miqdorida;

mualliflar hamda ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini ishlab chiqish va tijoratlashtirishda ishtirok etgan ilmiy jamoaga ularni tijoratlashtirishdan muassasa hisobiga kelib tushayotgan mablag'larning tegishli ravishda 40 va 30 foizi miqdorida ko'shimcha bir martalik mukofotlar joriy etish to'g'risidagi taklifiga rozilik berilganligi;

e) O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar bo'yicha davlat ilmiy-texnik dasturlarini bajarish doirasida muassasalar tomonidan yaratilgan ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalari, davlat ilmiy-texnik loyihalar yakunlanganidan va (yoki) ular belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilganidan keyin tijoratlashtirilishi lozimligi, fundamental tadqiqotlar natijalari, shuningdek, gumanitar va ijtimoiy fanlar sohasidagi loyixalar bundan mustasno etib belgilab qo'yilganligi;

muassasalarning ilmiy kengashlari ishlab chiqarish siri (nou-xau) yoki tijorat siri rejimida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining intellektual (nomoddiy) natijasini qo'riqlash to'g'risida qaror qabul qilish huquqiga ega ekanligi;

j) O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasiga ilmiy va ilmiy texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish uchun muntazam ravishda investitsiyalarni jalb qilishni ta'minlash mas’uliyati yuklatilganligi;

z) xo'jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalariga samarasiz va ma'naviy eskirgan infratuzilmani almashtirish, shuningdek, atrof-muhitni ifloslantirish darajasini pasaytirish imkonini beradigan yangi texnika va ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish hamda joriy etish bilan bog'lik tadbirlarni faol moliyalashtirish tavsiya etilganligi;

i) O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ilg'or xorijiy tajriba va milliy amaliyotni o'rganish natijalari asosida quyidagilar tasdiqlanishini nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilganligi:

O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan yaratilgan ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirishni amalga oshirish tartibi to'g'risidagi nizom;

tijorat siri rejimida qo'riqlanadigan intellektual mulk ob’ektlariga, shu jumladan patentlash imkoniyatiga ega bo'lgan texnik echimlar va ishlab chiqarish sirlariga (nou-xaularga) bo'lgan huquqlarni ro'yxatdan o'tkazish va berish to'g'risidagi nizom;

mualliflar hamda ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini ishlab chiqish va tijoratlashtirishda ishtirok etgan ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarining ilmiy jamoalariga qo'shimcha bir martalik mukofotlarni to'lash tartibi to'g'risidagi nizom;

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatning tijoratlashtirilgan natijalari sonini asosiy mezonlardan biri sifatida nazarda tutgan holda muassasalarning samaradorligini baholash mezonlarini belgilash bo'yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilganligi:

O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi bilan birgalikda ishlab chiqarishda joriy etishga tayyor ilmiy va ilmiy-texnikaviy natijalarni tijoratlashtirish uchun texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlashda muassasalarga ko'maklashishi:

k) O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan yaratilgan intellektual mulk ob’ektlari bo'yicha axborotning “Innovatsiyalarning virtual yarmarkasi” interaktiv internet-portalini yangilash uchun doimiy asosda O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etilishini ta'minlash vazifasi yuklatilganligi;

l) innovatsion mahsulotlarga doir davlat standartlari O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining buyurtmalariga muvofiq davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari huzuridagi standartlashtirish bo'yicha texnik qo'mitalar tomonidan ishlab chiqilishi;

innovatsion mahsulotlarga doir davlat standartlari istiqbolda an’anaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan ilgarilab ketadigan boshlang'ich talablardan iborat bo'lishi va xalqaro standartlarga yoki rivojlangan xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga mos kelishi lozimligi;

tajriba va seriyali ishlab chiqarishni tashkil qilish maqsadida yangi innovatsion mahsulotlarga davlat standartlarini ro'yxatdan o'tkazish va sertifikatlar olishga qilingan xarajatlar Innovatsion rivojlanish va novatorlik g'oyalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari hisobidan qoplanishi belgilab qo'yilganligi;

m) O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga muassasalar tomonidan ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini xorijda tijoratlashtirishga, shuningdek, ularni xalqaro bozorlarda ilgari surishga diplomatik vositalar orqali ko'maklash topshirilganligi.

n) Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shahar (tuman)lar hokimliklariga har yili Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi innovatsion g'oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari bilan birgalikda respublika olimlarining ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalari hamda ishlanmalari uchun xo'jalik yurituvchi sub’ektlarning buyurtmalari portfelini shakllantirish topshirilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Investitsiyalar bo'yicha qo'mitasiga ilmiy va ilmiy texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish uchun muntazam ravishda investitsiyalarni jalb qilishni ta'minlash mas’uliyati yuklatilsin.

4. Nukus shahar va tumanlar xokimliklari har yili innovatsion g'oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari bilan birgalikda respublika olimlarining ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalari hamda ishlanmalari uchun xo'jalik yurituvchi sub’ektlarning buyurtmalari portfelini shakllantirsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari B.Xabibullaev zimmasiga yuklansin.


Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Q. Sariev