Qoraqalpog'iston Respublikasida ijtimoiy reabilitatsiya va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidetining 2018 yil 2 iyul kungi “Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3827-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:
a) O'zbekiston Respublikasida fuqarolarning, shu jumladan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi kafolatlangani, shuningdek, qiynoqqa solganlik, zulm qilganlik va boshqacha tarzda shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini tahqirlovchi muomalada bo'lganlik uchun javobgarlik belgilab qo'yilganligi ma'lumot uchun qabul qilinganligi;
b) Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomilashtirishning ustuvor yo'nalishlari etib qo'yidagilar:
o'z joniga qasd qilishga moyil hulq-atvorni hamda jamiyatdagi va oiladagi ma'naviy-axloqiy muhitga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi boshqa holatlarni qo'zg'ata oladigan oilaviy va shaxslararo nizolarning, depressiv vaziyatlarning erta oldini olish, shuningdek, ushbu jarayonda keng jamoatchilik ishtirok etishini ta'minlashi;
ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish tizimini yo'lga qo'yishda, yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni hal qilishda davlat organlarining o'zaro hamkorligini, shu jumladan fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlik tizimini shakllantirish;
nizoli vaziyatlarning erta oldini olishga, eng avvalo “xavf ostidagi guruh”da bo'lgan shaxslar va oilalarni aniq maqsadda qo'llab-quvvatlash orqali ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish tizimini takomillashtirishga fuqarolik jamiyatlari institutlarini keng jalb qilish;
nizoli vaziyatlar, shu jumladan oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatish sabablarini, o'z joniga qasd qilish kayfitini qo'zg'atadigan omillarni aniqlash hamda o'rganish, ularni bartaraf etish choralarini ko'rish;
jamiyatda oilaviy-maishiy tusdagi zo'rlik ishlatishning har qanday ko'rinishiga nisbatan, birinchi navbatda, yaqin qarindoshlar tomonidan murosasiz munosabat muhitini, shu jumladan jazo muqarrarligini ta'minlash, og'ir ijtimoiy ahvoldagi shaxslarni qo'llab-quvvatlash orqali qaror toptirish;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, oilaviy va shaxslararo munosabatlar sohasida qonuniylikni mustahkamlash, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish jarayonlariga daxldorlik hissini kuchaytirish belgilanganligi;
v) Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish bo'yicha amaliy chora-tadbirlar dasturi (keyingi o'rinlarda Dastur deb yuritilishi) ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
g) Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining zimmalariga Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o'z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilganligi;
d) O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuzridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, “Mahalla” hayriya jamoat fondi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi, “Sog'lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo'lmagan xalqaro hayriya fondi, “Sen Yolg’iz Emassan” respublika ijtimoiy bolalar jamg'armasi, O'zbekiston Yoshlar ittifoqining qo'yidagi taklifi:
Zo'rlik ishlatishdan jabr ko'rgan shaxslarga o'z vaqtida va manzilli yordam ko'rsatish va ularni himoya qilish, o'z joniga qasd qilishga moyil hulq-atvor paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaslik va unga erta barham berish maqsadida nodavlat notijorat tashkiloti shaklida zo'rlik ishlatishdan jabr ko'rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o'z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazini tashkil etish;
ta'sischilar mablag'larini, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Respublika markazining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilash;
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondi mablag'larini boshqarish bo'yicha Parlament komissiyasiga Respublika markazining buyurtmanomalari asosida uning asosiy vazifalarini bajarish bilan bog'liq tadbirlarni moliyalashtirish uchun zarur mablag'larni har yili nazarda tutish to'g'risidagi takliflari ma'qullanganligi;
e) Respublika markazining asosiy vazifalari va faoliyati yo'nalishlari qo'yidagilardan iborat ekanligi ma'lumot uchun qabul qilinganligi:
Og'ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolar va turmushida zo'rlik ishlatilishiga duch kelgan shaxslarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, ruhiy, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordam ko'rsatish;
o'z joniga qasd qilishga moyil bo'lgan yoki o'z joniga qasd qilgan shaxslar bilan birlamchi va izchil profilaktika tadbirlarini o'tkazish;
nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatish xollarini va o'z joniga qasd qilishga moyil hulq-atvorni erta bartaraf etish maqsadida davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qilish organlari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolar bilan o'zaro samarali hamkorlik o'rnatish;
ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo'yicha hududiy davlat va nodavlat muassasalarining faoliyatini tashkil etilishida, ularning moddiy-texnik va uslubiy bazasini mustahkamlanishida, mazkur muassasalarning kadrlar salohiyatini shakllantirish va qo'llab-quvvatlanishida, muhtoj shaxslarga, shu jumladan, “ishonch telefoni” orqali maslahat berish tizimini yaratish va uning faoliyatini yo'lga qo'yishda ko'maklashish;
dolzarb ijtimoiy muammolarni aniqlash maqsadida vaqti-vaqti bilan jamoatchilik fikrini o'rganish, ularning asosida nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatish va o'z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni bartaraf etishga doir dasturlar va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatishni va o'z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni, ularning kelib chiqishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni tahlil qilish hamda umumlashtirish, axborot-tahliliy materiallarni, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmog'ida tarqatish orqali ushbu sohadagi muammolar haqida jamoatchilikning xabardor etilishini ta'minlash;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, xodimlari uchun nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatishni va o'z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni bartaraf etish masalalariga bag'ishlangan amaliyotlar, seminar va treninglar o'tkazish;
j) O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qo'yidagilar to'g'risidagi takliflari:
O'zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasining hududiy bo'linmalari huzurida Zo'rlik ishlatishdan jabr ko'rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o'z joniga qasd qilishning oldini olish markazlarini (keyingi o'rinlarda - Markazlar) bosqichma-bosqich tashkil etish va bunda birinchi bosqichda Qoraqalpog'iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida bittadan Markaz faoliyatini yo'lga qo'yish;
ikkinchi bosqichda tumanlar (shaharlar) ehtiyojlaridan kelib chiqib, shu jumladan tumanlararo tamoyil asosida mintaqalardagi Markaz sonini oshirish;
uchinchi bosqichda respublikaning tumanlarini (shaharlarini) imkon qadar qamrab olgan holda Markazlar faoliyati ta'minlanishini nazarda tutish;
O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi va BMTTDning “Davlat boshqaruvida ishtirok etish uchun xotin-qizlarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayotda ularning faolligini oshirish” deb nomlangan qo'shma loyihasi doirasida Zo'rlik ishlatishdan jabr ko'rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o'z joniga qasd qilishning oldini olish bo'yicha dastlabki markazni tashkil etishga doir loyihani eng yaxshi xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda amalga oshirish;
davlat-xususiy sherikligi usullaridan keng foydalanish, shu jumladan Markazlarning faoliyatini yo'lga qo'yish hamda ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatilishining oldini olish tizimini takomillashtirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlarini va xalqaro (xorijiy) tashkilotlarni jalb qilish to'g'risidagi takliflari qabul qilinganligi;
z) Markazlar birinchi nabvatda tashkil etiladigan tumanlar (shaharlar) ro'yxati O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklar bilan kelishilgan holda aniqlanishi belgilab qo'yilganligi;
k) Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasining hududiy organlari bilan birgalikda O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasining murojaatlariga muvofiq tashkil etiladigan Markazlarning to'laqonli faoliyat yuritishini ta'minlash maqsadida ularning joylashtirilishini, jihozlanishini tashkil etishi hamda boshqa tashkiliy masalalarni hal etish topshirilganligi;
l) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga fuqarolar bilan o'zaro aloqani amalga oshirish va shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam ko'rsatish, qo'shimcha yordam ko'rsatishi mumkin bo'lgan tashkilotlar to'g'risida maslahat berish va axborot taqdim etish uchun mo'ljallangan “ishonch telefoni”ni (respublika doirasida yagona qisqa raqam bo'yicha hamma foydalanishi mumkin bo'lgan “tezkor aloqa”ni) tashkil etish maqsadida Markazlarni, shu jumladan Respublika markazini ko'p kanalli telefon aloqasi bilan ta'minlashda ko'mak berish topshirilganligi;
m) Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga qo'yidagi masalalar yuzasidan Markazlar bilan:
nizoli vaziyatlar, shu jumladan oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatishni o'z vaqtida aniqlash, bartaraf etish va oldi olinishini ta'minlash, ularning oqibatlari, shuningdek, bunday turdagi xatti-harakatlar sodir etilishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
og'ir ijtimoiy ahvoldagi shaxslarga, birinchi navbatda, oilaviy nizolarni hal qilish orqali ta'sirchan yordam ko'rsatish bo'yicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirishda;
jamiyatda oilaviy-maishiy sabablarga ko'ra sodir etilgan zo'rlik ishlatishning har qanday ko'rinishiga murosasiz munosabat muhitini shakllantirish maqsadida nizoli vaziyatlarning, shu jumladan oiladagi nizoli vaziyatlarning erta oldini olish bo'yicha aholi o'rtasida tushuntirish ishlarini tashkil qilishda hamkorlik qilish topshirilganligi;
n) Vazirliklar va idoralar, huquqni muhofaza qilish organlari, shuningdek, xo'jalik boshqaruvi organlari Markazlar, shu jumladan Respublika markazi bilan yaqin o'zaro hamkorlik olib borishi, ularga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur qulay shart-sharoitlar yaratishi, o'z vaqtida zarur yordam berishi, aniq choralar ko'rgan holda ularning murojaatlarining ko'rib chiqilishini ta'minlash topshirilganligi;
o) O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xalqaro aloqalarni amalga oshirishda, xorijda ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo'yicha tashkilotlar bilan aloqalar o'rnatishda, xalqaro (horijiy) tashkilotlar va ularning vakolatxonalari bilan bitimlar tuzishda Respublika Markaziga va O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasiga har tomonlama ko'maklashish topshirilganligi;
p) O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda “Maishiy zo'rlik ishlatishning olidini olish to'g'risida”gi qonun loyihasini belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishi va Qonun loyihasida qo'yidagi masalalar:
maishiy zo'rlik ishlatish tushunchasini ta'riflash, zo'rlik ishlatiladigan holat turlarini ajratib ko'rsatish;
vakolatli organlarning vazifalari va funktsional majburiyatlarini belgilash;
maishiy zo'rlik ishlatishning erta oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi, shuningdek, bunday qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni farqlash;
muayyan taqiqlar o'rnatishni, shu jumladan jabrlanganlar bilan muloqot qilishga, ularning ish joyiga, o'qish joyiga, yashash joyiga borishga
taqiqlar qo'yishni va ularni himoya qilish bo'yicha boshqa chora-tadbirlarni nazarda tutadigan himoyaviy ko'rsatmalar institutini joriy etish;
sudgacha va sud tekshiruvi jarayonida maishiy zo'rlik ishlatishdan jabr ko'rgan shaxslarni himoya qilishga qaratilgan maxsus protsessual kafolatlarni joriy etishni nazarda tutish topshirilganligi;
r) O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga:
oilaviy-maishiy sohada qonuniylikni va har bir oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatish, shaxsiy hayotga aralashuv holati bo'yicha javobgarlikning muqarrarligini ta'minlash ustidan qat’iy nazorat o'rnatish;
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatishdan jabr ko'rgan shaxslarning qonun hujjatlariga muvofiq e’tirozsiz va qarshiliksiz odil sudlovdan foydalanishini va to'liq himoya qilinishini ta'minlash choralarini ko'rish;
Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga nizoli vaziyatlarda va oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatish aniqlangan hollarda samarali harakat qilish o'rgatilishini ta'minlash topshirilganligi;
s) O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligiga “havf ostidagi guruh”da bo'lgan oila a'zolariga nisbatan har bir zo'rlik ishlatilgan holat haqida huquqni muhofaza qilish organlarini, O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasining hududiy bo'linmalarini va “Oila” markazini zudlik bilan xabardor qilishni ta'minlash topshirilganligi;
t) Adliya vazirligiga O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda ikki oy muddatda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Markazlar, shuningdek, ularni tuzilmalari to'g'risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to'g'risidagi hukumat qarori loyihasini;
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida takliflar kiritish topshirilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3.Qoraqalpog'iston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasi (Z.Ibragimova), “Oila” markazi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi (M.Utepbergenov), Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi kengashi (T.Romanov), Oila va bolalarni qo'llab-quvvatlash assotsiatsiyasi (Sh.Asanova), “Sog'lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo'lmagan xalqaro hayriya fondi (O.Embergenova), O'zbekiston Yoshlar ittifoqining Qoraqalpog'iston Respublikasi kengashi (A.Daniyarov) bilan birgalikda
1 oy muddatda zo'rlik ishlatishdan jabr ko'rgan shaxslarga o'z vaqtida va manzilli yordam ko'rsatish va ularni himoya qilish, o'z joniga qasd qilishga moyil hulq-atvor paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaslik va unga erta barham berish maqsadida nodavlat notijorat shaklida Zo'rlik ishlatishdan jabr ko'rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o'z joniga qasd qilishning oldini olish Qoraqalpog'iston Respublikasi Hududiy markazini tashkil etish choralarini ko'rsin.
4. Ta'sischilar manbalari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarni Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy markazining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
5. Qoraqalpog'iston Respublikasi Hududiy boshqarmasining asosiy vazifalari va faoliyati yo'nalishlari etib qo'yidagilar:
Og'ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolar va turmushida zo'rlik ishlatilishiga duch kelgan shaxslarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, ruhiy, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordam ko'rsatish;
o'z joniga qasd qilishga moyil bo'lgan yoki o'z joniga qasd qilgan shaxslar bilan profilaktika tadbirlarini o'tkazish;
nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatish xollarini va o'z joniga qasd qilishga moyil hulq-atvorni erta bartaraf etish maqsadida davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qilish organlari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolar bilan o'zaro samarali hamkorlik o'rnatish;
dolzarb ijtimoiy muammolarni aniqlash maqsadida vaqti-vaqti bilan jamoatchilik fikrini o'rganish, ularning asosida nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatish va o'z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni bartaraf etish qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatishni va o'z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni, ularning kelib chiqishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni tahlil qilish hamda umumlashtirish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmog'ida tarqatish orqali ushbu sohadagi muammolar haqida jamoatchilikning xabardor etilishini ta'minlash belgilansin.
6. Qoraqalpog'iston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasi (Z.Ibragimova), Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi (A.Ayapov), Sog'liqni saqlash vazirligi (D.Xodjiev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (U.Saburov) o'zaro hamkorlikda:
Qoraqalpog'iston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasi hamda shahar va tumanlari huzurida Zo'rlik ishlatishdan jabr ko'rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o'z joniga qasd qilishning oldini olish markazlarini bosqichma-bosqich tashkil etsin va bunda qo'yidagilarni:
birinchi bosqichda Qoraqalpog'iston Respublikasida Markaz faoliyatini tashkil etishni;
ikkinchi bosqichda shahar va tumanlar ehtiyojidan kelib chiqib, shu jumladan tumanlararo tamoyil asosida mintaqalardagi Markazlar sonini oshirishni;
uchinchi bosqichda respublikaning shahar va tumanlarini imkon qadar qamrab olgan holda Markazlar faoliyatini ta'minlashni nazarda tutsin.
7. Qoraqalpog'iston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasi (Z.Ibragimova) Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Ishlar Boshqarmasi (M.Djumaniyazov) Qoraqalpog'iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish qo'mitasi (Z.Kamalov) bilan birgalikda bir oy muddatda Respublika markazini joylashtirish uchun bepul foydalanish huquqi asosida bino ajratilishini, shuningdek, uni zarur mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa moddiy-texnik resurslar bilan jixozlanishini ta'minlasin.
8. Qoraqalpog'iston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasi (Z.Ibragimova), Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi (D.Xodjiev), Xalq ta'limi vazirligi (A.Ayapov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (U.Saburov), Ichki ishlar vazirligi (A.Temirxanov) Markazlar tashkil etilishiga qarab, ushbu markazlarni mazkur vazirliklar huzurida faoliyat ko'rsatadigan shunga o'xshash vazifa va funktsiyalarni bajaruvchi reabilitatsiya qilish va moslashtirish muassasalarini optimallashtirish hisobiga tegishli mutaxassislar bilan ta'minlash choralarini ko'rsin.
9. Shahar va tumanlar hokimliklari Qoraqalpog'iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish qo'mitasi (Z.Kamalov) bilan birgalikda Qoraqapog'iston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasining murojaatlariga muvofiq tashkil etiladigan Markazlarning to'laqonli faoliyat yuritishini ta'minlash maqsadida ularning joylashtirilishini, jihozlanishini tashkil etishi hamda boshqa tashkiliy masalalarni hal etish choralarini ko'rsin.
10. O'zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy boshqarmasi (T.Baekeev) fuqarolar bilan o'zaro aloqani amalga oshirish va shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam ko'rsatish, qo'shimcha yordam ko'rsatishi mumkin bo'lgan tashkilotlar to'g'risida maslahat berish va axborot taqdim etish uchun mo'ljallangan “ishonch telefoni”ni (respublika doirasida yagona qisqa raqam bo'yicha hamma foydalanishi mumkin bo'lgan “tezkor aloqa”ni) tashkil etish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasi hamda shahar va tumanlari huzurida bosqichma-bochqich tashkil etilishi rejalashtirilgan Zo'rlik ishlatishdan jabr ko'rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o'z joniga qasd qilishning oldini olish markazlarini ko'p kanalli telefon aloqasi bilan ta'minlasin.
11. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi kengashiga (T.Romanov) Markazlar bilan hamkorlikda:
nizoli vaziyatlar, shu jumladan oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatishning o'z vaqtida aniqlanishi, bartaraf etilishi va oldi olinishining ta'minlanishi, ularning oqibatlarining, shuningdek, bunday turdagi xatti-harakatlar sodir etilishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarning bartaraf etish;
og'ir ijtimoiy ahvoldagi shaxslarga, birinchi navbatda, oilaviy nizolarni hal qilish orqali ta'sirchan yordam ko'rsatish bo'yicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirish;
jamiyatda oilaviy-maishiy sabablarga ko'ra sodir etilgan zo'rlik ishlatishning har qanday ko'rinishiga murosasiz munosabat muhitini shakllantirish maqsadida nizoli vaziyatlarning, shu jumladan oiladagi nizoli vaziyatlarning erta oldini olish bo'yicha aholi o'rtasida tushuntirish ishlarini tashkil qilish topshirilsin.
12. Qoraqalpog'iston Respublikasida Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish bo'yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
13. Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi (D.Xodjiev) “xavf ostidagi guruh”da bo'lgan oila a'zolariga nisbatan har bir zo'rlik ishlatilgan holat haqida huquqni muhofaza qilish organlarini, Qoraqalpog'iston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasi va hududiy bo'linmalarini va “Oila” markazi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasini zudlik bilan xabardor qilishni ta'minlasin.
14. Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi (J.Sadыkov), Qoraqalpog'iston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasi (Z.Ibragimova), Sog'liqni saqlash vazirligi (D.Xodjiev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (U.Saburov) bir oy muddatda Markazlar, shuningdek, ularning tuzilmalari to'g'risidagi namunaviy nizomini tasdiqlash to'g'risidagi hukumat qarori loyihasiga taklif ishlab chiqsin va Vazirlar Kengashiga kiritsin.
15. Qoraqalpog'iston Teleradiokompaniyasi (Q.Nag'metov), Axborot agentligi (B.Nurabullaev), Qoraqalpog'iston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasiga (Z.Ibragimova) ushbu qarorning mazmun-mohiyatining keng yoritilishini va aholiga etkazilishini tashkil qilish tavsiya etilsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o'z zimmamda qoldiraman.
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariev