Avval xabar qilganimizdek, bugun Xitoy Xalq Respublikasining baliqchilik sohasidagi ekspertlari ishtirokida «Intensiv usulda baliq etishtirish bo'yicha Xitoy tajribasi» mavsusida Qoraqalpog'iston Respublikasida seminar-taqdimot bo'lib o'tdi.
Ushbu seminar-taqdimotga, Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan ekspertlari janob Shu, Jang va Yang xonim hamda «O'zbekbaliqsanoat» uyushmasi raisining birinchi o'rinbosari R.Qurbanov, «Andijonbaliqsanoat» MChJ rahbari B.Aripov, «Xorazmbaliqsanoat» MChJ rahbarining o'rinbosari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Qishloq xo'jaligi masalalari bo'yicha kotibiyati boshlig'i A.Urazimbetov, «Qoraqalpoq-baliqsanoat» MChJ rahbari A.Bekniyazov, Toshkent davlat Agrar universitetining Nukus filiali direktori E.Toreniyazov, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati baliqchilik xo'jaliklari ishtirok etti.
Mazkur seminar-taqdimotda, baliqchilik sohasida innovatsion g'oyalarni qo'llash orqali yuqori natijaga erishish usullari to'g'risida ekspertlarning ma'ruzalari tanglandi, savol-javob ko'rinishida muammoli masalalar muhokama etildi va kelgusida hamkorlikni yo'lga qo'ysh bo'yicha muzokaralar olib borildi.
Shuningdek, ushbu tashabbus doirasida, baliq etishtirishda ilg'or texnologiyalardan, shu jumladan, intensiv usulda foydalanishning afzallik tomonlari to'g'risida batafsil ma'lumotlar berib o'tildi.