14.12.2024, Shembi

Qaraqalpaqstan Respublikası Ministrler Keńesiniń Baslıǵı

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi



  Ermanov Farxod Urazbaevich

                                                                                             


Tug‘ilgan sanasi: 30.04.1958

Tug‘ilgan joyi: Amudaryo tumani

 Ma’lumoti: Oliy

Tamomlagan:

1981 y. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti,

1996 y. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Mehnat faoliyati:

1975-1976 yy. - Amudaryo tumani Mang'it shahri profilaktika-dezinfektsiyalash bo'limi ishchisi

1976-1981 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabasi

1981-1983 yy. - Amudaryo tumani "Mang'it" xo'jaligi avtomexanigi

1983-1995 yy. - Amudaryo tumani "Mang'it" xo'jaligi bosh muhandisi, direktori

1995-1998 yy. - Amudaryo tumani hokimi

1998-2002 yy. - Amudaryo tumani "Mang'it" xo'jaligi raisi

2002-2003 yy. - Amudaryo tumani hokimining qishloq va suv xo'jaligi bo'yicha birinchi o'rinbosari, tuman qishloq va suv xo'jaligi boshqarmasi boshlig'i

2003-2004 yy. - Amudaryo tumani qishloq va suv xo'jaligi bo'limi boshlig'i

2004-2004 yy. - Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo'jaligi bo'yicha kotibiyati boshlig'i

2004-2010 yy. - Qoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vaziri

2010-2018 yy. - Beruniy tumani hokimi

2018-2018 yy. - Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi

2018-2022 yy. - Xorazm viloyati hokimi

2022 y. - h.v. - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi

Manzil: Nukus shahri, G'arezsizlik ko'chasi, 50 uy

Fuqarolarni qabul qilish kunlari: Har haftaning dushanba kuni soat 16:00 dan 18:00 gacha Vazirlar Kengashi binosi Fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat).


  1.   Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining
  2. Funktsional vazifalari:

 

  - Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma'naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi qonunlari va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqada qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi qonunlari va Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining boshqada qarorlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Prezidiumining qarorlari ijrosini ta'minlaydi;

  - Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi O'zbekiston Respublikasi qonunlari va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqada qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi qonunlari va Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining boshqada qarorlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Prezidiumining qarorlari asosida hamda ularni ijro etib, Qoraqalpog'iston Respublikasining barcha hududida ijro qilinishi shart bo'lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

- Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyalari hamda “Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi to'g'risida”gi Qonun asosida faoliyat olib boradi.

- Hukumat faoliyatiga rahbarlik qiladi va uning o'z vakolatlarini samarali amalga oshirish uchun chora-tadbirlar qabul qiladi;

- Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesiga, sessiyalar oralig'idagi davrda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Rayosatiga Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o'rinbosarlarini va Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi a'zolarini tayinlash va lavozimdan ozod etish to'g'risida takliflar beradi;

- Vazirlar Kengashi Raisi o'rinbosarlari orasida vazifalarni taqsimlaydi va keyinchalik uni Vazirlar Kengashi Rayosatiga tasdiqlashga tavsiya etadi;

- Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesiga, sessiyalar oralig'idagi davrda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Rayosatiga Qoraqalpog'iston Respublikasi vazirliklarini, davlat qo'mitalarini va boshqa davlat boshqaruv organlarini tuzish va tugatish to'g'risida takliflar kiritadi;

- Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisiga tumanlar va shaharlar hokimlarini tayinlash va lavozimidan ozod etish to'g'risida takliflar kiritadi;

- Vazirlar Kengashi va uning Rayosati majlislariga rahbarlik qiladi;

- Vazirlar Kengashi faoliyatida kollegiyalikni ta'minlaydi;

- Vazirlar Kengashining tegishli komissiyalari va kengashlariga rahbarlikni amalga oshiradi va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

- Vazirlar Kengashi va uning Rayosati majlisida muhokama qilishni talab qilmaydigan davlat va xo'jalik boshqaruvining ayrim masalalari bo'yicha qarorlar qabul qiladi;

- o'z vakolatlari doirasida qonun tomonidan belgilangan boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.