Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha kotibiyatining funktsional vazifalari to`g`risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha kotibiyati (keyingi o`rinda kotibiyat deb yuritiladi) vazifalari, funktsiyalari, huquqlari, mas`uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Kotibiyat o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga va O`zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining va Vazirlar Kengashi Raislarining hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Kotibiyat o`z faoliyatini Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari rahbarligida amalga oshiradi.
4. Kotibiyat o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va ularning o`rinbosarlari ko`rsatmasiga asosan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, shahar va tumanlar hokimliklari, shuningdek, davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlik qiladi.
2-bob. Kotibiyatning vazifalari va funktsiyalari
5. Quyidagilar kotibiyatning vazifalari hisoblanadi:
O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasining Konstitutsiyasida, O`zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi Qonunida va O`zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlarida, belgilangan vakolatlari davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilishini ta`minlash;
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan vazifalar, Respublika, shahar va tumanlarni iqtisodiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish. Respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlarning ijrosini ta`minlash;
Shahar va tumanlarning makroiqtisodiy ko`rsatkichlarini, shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, investitsiya, xizmat ko`rsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uni ijrosini samarali tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarni yuzaga kelishini oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etish;
iqtisodiyot masalalari bo`yicha tegishli vazirlik, idoralar, qo`mitalar, tijorat banklarining filiallari, hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish, aholini tadbirkor qilish maqsadida ular bilan tijorat bank filiallari o`rtasida muloqot o`rnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va so`zsiz amalga oshirish;
tarmoq va hududiy boshqaruv organlari uzviy hamkorligini yo`lga qo`yish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarini uzviy rivojlanishi, bunda tumanlar (shahar) kesimida ishlab chiqarish
va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalashni amalga oshirish, investitsiyalarni, shu jumladan to`g`ridan to`g`ri xorijiy investitsiyalarni moliyaviy mablag` hamda zamonaviy texnologiyalar shaklida jalb qilish, korxonalar o`rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish;
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti
sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini, shu jumladan, sanoat, investitsiya, mahalliylashtirish, qishloq xo`jaligining barcha sohasini, ayniqsa paxta tolasini va meva-sabzavotni qayta ishlash, xizmatlar sohasini rivojlantirish kabi maqsadli dasturlarni kafolatlangan moliyaviy manbaalarini aniqlagan holda tumanlar (shahar) mahalliy byudjeti parametrlari bilan uzviy tarzda ishlab chiqish va so`zsiz amalga oshirishni ta`minlash;
hududiy investitsiya dasturlari amalga oshirilishini, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning o`rtacha va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko`maklashish;
xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va korxonalarning ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish hisobiga respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning darajasi va rolini oshirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini ta`minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, masalalarni hal etish orqali mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish, respublika va mahalliy byudjetga tushumlar hajmini oshirish hisobiga mahalliy byudjet subventsiyasi hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish va bartaraf etish;
qishloq xo`jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash, bu sohani industriyalashgan tarmoqqa aylantirish maqsadida qishloq xo`jaligining barcha turdagi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishni keskin kengaytirish uchun maxsus dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, hududiy sanoat mahsulotlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqish, dunyodagi narx kon`yukturasini o`rganib tahlil qilib borish va yangi turdagi mahsulotlarni o`zlashtirish hamda ularni yangi bozorlarda eksport qilishini ta`minlash bo`yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
inson manfaatlarini ta`minlash, ayniqsa qishloq joylardagi aholining hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbaalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga naqd pul to`lovlarini o`z vaqtida amalga oshirishning yangi mexanizmi va tizimini joriy qilish;
iqtisodiyot sohasini yanada rivojlantirishga yo`naltirilgan chora-tadbirlarning, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarning darajasi, sifati va samaradorligini oshirish, ularning natijalaridan amalda keng foydalanishni tashkil etish;
chakana va ulgurji savdoni, xizmatlar ko`rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko`rsatishning yangi shakllari va usullarini keng joriy etish, aholini iste`mol tovarlari
va xizmatlar bilan ta`minlash bo`yicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko`rgazmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
“Yagona darcha” tamoyili bo`yicha tadbirkorlik sub`ektlariga davlat xizmatlari ko`rsatuvchi yagona markazlarning va davlat xizmatlari ko`rsatuvchi boshqa vakolatli organlarning faoliyatini, shuningdek, davlat organlari bilan tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini joriy etishning holatini tahlil qilish;
ishbilarmonlik muhiti indikatorlarini baholash va tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasida o`tkazilgan so`rovlar natijalari asosida tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish yuzasidan ko`rilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi to`g`risidagi tahliliy materiallarni tayyorlash va keyinchalik ularni Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisiga kiritish;
hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga, shuningdek, tadbirkorlik sub`ektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni rag`batlantirishga yo`naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;
tadbirkorlikni rivojlantirishdagi eng muhim muammolar bo`yicha seminarlar va davra suhbatlarini muntazam o`tkazish, shuningdek, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash yuzasidan ko`rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to`g`risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida e`lon qilish yo`li bilan tadbirkorlik sub`ektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etish;
qishloq xo`jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek, qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob`ektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
6. Kotibiyat o`ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
sohaga oid topshiriqlarida yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
rahbariyat topshiriqlari bo`yicha tegishli tahliliy, ma`lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;
sohaga oid qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o`tkazilishini ta`minlaydi;
O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi hamda Vazirlar Kengashi qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta`minlash bo`yicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;
muammoli masalalarni hal etish hamda respublika, shahar va tumanlar shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
iqtisodiyot sohasining muhim ustuvor vazifalari, davlat dasturlari amalga oshirilishida va bajarilishi bo`yicha tegishli tizimlangan ma`lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
hududlarning faollari yig`ilishlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi va Vazirlar Kengashi Raisi hamda o`rinbosarlari ishtirokida o`tkaziladigan yig`ilishlar va boshqa tadbirlar o`tkazilishini ta`minlaydi, qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
Vazirlar Kengashining komissiyalari va boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Vazirlar Kengashining mintaqani iqtisodiy rivojlantirishning muhim va dolzarb masalalari bo`yicha hisobotini tashkillashtirishda sohaga taalluqli materiallarni tayyorlaydi;
Vazirlar Kengashining ish rejasiga kotibiyat yo`nalishi bo`yicha masalalarga doir takliflarni kiritadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko`rib chiqadi;
Vazirlar Kengashining faoliyati to`g`risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor qilishni tashkil etadi.
Kotibiyat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham bajaradi.
3-bob. Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi
7. Kotibiyat o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo`lgan materiallar va ma`lumotlarni davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalaridan, shahar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so`rash va olish;
zarurat bo`lganda, Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, Vazirlar Kengashining hujjatlari loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlari va xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish;
davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalaridan, shahar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan hujjatlari va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;
hududni iqtisodiy rivojlantirish masalalarining davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, shahar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida ko`rib chiqilishi va muhokama qilinishini tashkil etish;
davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, shahar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bilan bog`liq bo`lgan masalalar bo`yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, shahar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning, Vazirlar Kengashining hujjatlari va topshiriqlari, uning o`rinbosarlari topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ishlarini belgilangan tartibda o`rganish.
8. Kotibiyatning javobgarligi:
sohaga oid topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o`z vaqtida tayyorlanishi;
iqtisodiy rivojlantirish tendentsiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi, Vazirlar Kengashi Raisining ko`rib chiqishi va qaror qabul qilishini talab etuvchi muammoli masalalarning kelib chiqish sabablari o`z vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlanishi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Vazirlar Kengashiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va o`z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o`tkazilishi, shuningdek, asoslangan xulosalar tayyorlanishi;
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga ko`rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o`tkazish sifati, shuningdek, kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining iqtisodiy oqibatlari;
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomi ta`minlanishi;
O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining hamda Vazirlar Kengashining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi uchun javob beradi.
4-bob. Kotibiyatning tuzilmasi
9. Kotibiyat tuzilmasiga kotibiyati boshlig`i, bosh mutaxassis, etakchi mutaxassis va 1-toifali mutaxassis kiradi.
Kotibiyatning tuzilmasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Kotibiyatning ish-rejalari Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq tashkil etiladi.
11. Kotibiyat o`z faoliyatida Vazirlar Kengashi Raisining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosariga bo`ysunadi.
12. Kotibiyat boshlig`i va mutaxassislari Vazirlar Kengashining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
5-bob. Kotibiyat faoliyatini tashkil etish
13. Kotibiyat ishlari O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyalariga, “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga, O`zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o`rinbosarlari topshiriqlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining hamda Vazirlar Kengashining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga va ularning o`rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Kengashining tarkibiy bo`linmalar, ularning rahbarlari va mutaxassislarining ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Kotibiyat faoliyati Vazirlar Kengashi Raisining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari faoliyatiga taalluqli topshiriqlari, yuklangan vazifalarni bajarish bo`yicha aniq chora-tadbirlarning samarali, sifatli va natijali amalga oshirilishini ta`minlashga yo`naltirilgan.
Kotibiyat o`z faoliyatini yarim yillik va yillik ish rejalari asosida olib boradi.
Kotibiyatda har haftada yig`ilishlar o`tkazilib, berilgan topshiriqlar, rejalarning bajarilishi nazorat etilib, yangi haftaga mo`ljallangan ishlar va topshiriqlar belgilab olinadi.
Kotibiyatda ish yuritilish, hujjatlarning o`tishi kotibiyat mutaxassislari tomonidan olib boriladi hamda shu haqida muntazam ravishda Vazirlar Kengashi Raisining Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosariga ma`lumot berib boriladi.
14. Kotibiyat boshlig`i:
kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi o`z mutaxassislarning ishlarini tashkil qiladi hamda funktsiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;
yillik va choraklik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Kengashi Raisiga kiritadi, tasdiqlangan ish rejaga muvofiq ishlarni tashkil etadi;
respublikaning iqtisodiy rivojlantirish kompleksi tarkibiga kiruvchi vazirliklar, qo`mitalar, idoralar, vakolat doirasida tegishli ma`lumotlarni talab qiladi hamda muammolarni hal qilish yuzasidan zarur choralarni ko`radi;
jismoniy va yuridik shaxslardan O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasiga hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan murojaatlarni o`rganib, Qonunda belgilangan muddatlarda ko`rib chiqadi;
Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o`rinbosari topshirig`i bo`yicha vazirliklar, qo`mitalar, idoralar, banklar ishlarini muvofiqlashtirish bo`yicha tegishli qarorlar, farmoyishlar va bayonnomalarini tasdiqlashga kiritadi;
sohaga oid qarorlari hamda farmoyishlari ijrosini ta`minlaydi va kotibiyat ichida ijro intizomini mustahkamlash bo`yicha shaxsan javob beradi;
byudjet g`aznachiligining bajarilishi, fuqarolarni davlat pensiya va ijtimoiy nafaqalar bilan ta`minlanishi, moliyalashtirilishi va o`z vaqtida to`lanishi bo`yicha tegishli hujjatlarni talab qiladi;
Vazirlar Kengashi hamda boshqa yuqori tashkilotlar qarorlari, farmoyishlari va bayon qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi;
soha masalalari bo`yicha Vazirlar Kengashi va uning Rayosati majlislariga ma`lumot (material)lar tayyorlash ishlarini tashkillashtiradi;
iqtisodiy soha muassasalarining ishlarini muvofiqlashtiradi;
chakana savdo va ulgurji savdo yarmarkalari, dehqon va buyum bozorlari, to`lovli xizmatlar, savdoni rivojlantirish loyihalarini tayyorlaydi va muvofiqlashtiradi. Savdo korxonalarining sonining dislokatsiya bo`yicha tashkil etilishi va hisobga olinishini ta`minlaydi. Kompleks majlislariga ushbu masalalar bo`yicha hujjatlarni taqdim etadi;
savdo bazalarining ishlarini, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarning savdoda bo`lishini, kvotalarning o`z vaqtida olinishini nazorat qiladi;
kotibiyat etakchilik qiladigan soha masalalari bo`yicha Vazirlar Kengashiga kelib tushgan qarorlar, farmoyishlar, xatlar va hujjatlarning bajarilishini o`z xizmat vazifasida ulardan tegishli ma`lumotlarni talab etadi;
Vazirlar Kengashi huzuridagi alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsatnoma guvohnomalarni berish bo`yicha maxsus komissiya ishlarini muvofiqlashtiradi;
Vazirlar Kengashi va uning Rayosati majlislariga ma`lumot (material)lar tayyorlanishini nazorat qiladi;
tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ta`minlash, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik sub`ektlarining qonuniy huquqlarini va kafolatlarini ta`minlash yuzasidan hududiy boshqaruv organlarining mas`uliyatini oshirish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etadi;
Ishbilarmonlik muhiti indikatorlarini baholash va tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasida o`tkazilgan so`rovlar natijalari asosida tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish yuzasidan ko`rilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi to`g`risidagi tahliliy tayyorlangan materiallarni Vazirlar Kengashi rahbariyatiga kiritadi;
tadbirkorlikni rivojlantirishdagi eng muhim muammolar bo`yicha seminarlar va davra suhbatlarini muntazam o`tkazish, shuningdek, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash yuzasidan ko`rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to`g`risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida e`lon qilish yo`li bilan tadbirkorlik sub`ektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etadi.
kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko`rib chiqishda davlat printsiplariga qat`iy rioya qilinishini ta`minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo`yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta`minlaydi;
tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar ro`yxatiga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish, ularni rag`batlantirish va ularga jazo choralari ko`rish bo`yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va kiritadi;
mutaxassislar o`rtasida vazifalar taqsimotini, shuningdek, bo`linmaning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi, mutaxassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi;
Vazirlar Kengashi Raisining yoki uning o`rinbosari o`tkazadigan yig`ilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yig`ilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek, kotibiyatning ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar bo`yicha o`tkaziladigan boshqa yig`ilishlarda qatnashadi;
ish yuritishni belgilangan tartibda olib borishni ta`minlaydi, chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
15. Kotibiyat boshlig`i, bosh mutaxassisi, etakchi mutaxassisi, I-toifali mutaxassisining hamda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko`maklashish va qo`llab quvvatlash guruhining guruh rahbari, bosh mutaxassisi va etakchi mutaxassisining funktsional vazifalari Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan funktsional vazifalar bilan begilanadi.