14.12.2024, Shembi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Obod mahalla” dasturi to'g'risida”gi PF-5467-sonli Farmoni haqida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Obod mahalla” dasturi to'g'risida”gi PF-5467-sonli Farmoni haqida
 

Mahallalar hududini obodonlashtirish, mavjud infratuzilmani kompleks rivojlantirish, shuningdek, yo'l-transport infratuzilmasi, muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy soha ob’ektlarini barpo etish hamda shu asosda aholining turmush sharoitini yuksaltirish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil  27 iyundagi “Obod mahalla” dasturi to'g'risida”gi PF-5467-sonli Farmoni ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida ko'rsatilgan Farmoni bilan:

a) Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining shaharlarda aholining farovon yashashi va samarali mehnat faoliyatini ta'minlashga qaratilgan “Obod mahalla” dasturini amalga oshirish, xususan joriy yilda 2 tadan va 2019-2022  yillarda kamida 3 tadan mahallalarda qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlarini bajarish to'g'risidagi takliflari ma'qullanganligi;

b) Quyidagilar “Obod mahalla” dasturining asosiy yo'nalishlari etib:

har bir mahallada o'z ichiga mahalla guzarini, tibbiyot maskanlari negizida qulay va arzon dorixonalarni, zarur maishiy xizmat va servis shoxobchalarini, bolalar maydonchasi hamda kichik istirohat bog'ini qamrab oladigan “mahalla markazi”ni barpo etish;

har bir mahallaning tarixan shakllangan tadbirkorlik va hunarmandchilik salohiyatini hamda ma'naviy-madaniy an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish;

mahalla hududida bo'sh turgan er maydonlarini yoki foydalanilmasdan turgan bino va inshootlarni tadbirkor va hunarmandlarga “nol” qiymatda berish asosida mikro sanoat zonalarini va hunarmandchilik markazlarini tashkil etish hisobiga mahalla ahlini ish bilan ta'minlash;

mahalla ahlini elektr energiyasi, ichimlik suvi, ko'mir va tabiiy gaz bilan ishonchli ta'minlash, maishiy chiqindilarni to'plash va chiqarishning zarur infratuzilmasini yaratish va har bir oila energiya va kommunal xizmatlar uchun to'lovlarni to'liq va o'z vaqtida amalga oshirishi va xonadonlardagi o'lchov-hisoblash uskunalarining bir maromda ishlashi uchun mahallaning mas’uliyatini keskin oshirish;

sug'orish uchun mavjud suv resurslaridan kelib chiqib ariq-irrigatsiya tizimini moslashtirish, kollektor va drenaj tizimlarini modernizatsiya qilish, sizot suvlar sathini pasaytirish;

mahalla ahlining ehtiyojiga mos keladigan, keng ichki yo'llarni va piyodalar yo'laklarini qurish hamda ta'mirlash, yo'l bo'yini obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish, tashqi yoritish tizimlarini barpo etish;

mahalla hududidagi maktabgacha ta'lim muassasalarini, umumta'lim maktablarini, tibbiyot, madaniyat va jismoniy tarbiya hamda sport tashkilotlari bino va inshootlarini ustuvor ravishda rekonstruktsiya qilish va ta'mirlash;

ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga muhtoj oilalarga ularning uy-joylarini ta'mirlashda moddiy va moliyaviy yordam ko'rsatish hamda aholini qurilish materiallari bilan imtiyozli tarzda ta'minlash;

har qanday qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlarini, shuningdek, mahallaning zamonaviy shaharsozlik qiyofasini yaratishga qaratilgan barcha loyihalarni faqat bosh rejaga muvofiq holda amalga oshirish belgilanganligi;

v) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mahalliy hokimliklar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda aholiga xizmat ko'rsatadigan tuzilma va tashkilotlar bo'linmalari (vakillari)ning faoliyatini tashkil etish hamda ularning muntazam ravishda ishlashini ta'minlashga qaratilgan vazifa va yo'nalishlardan kelib chiqib, “Obod mahalla” dasturi parametrlarini shakllantirish hamda amalga oshirishning uzoq muddatli mexanizmi va aniq manbalarini aniqlab, ijrosini ta'minlashga qaratilgan qaror loyihasini kiritish topshirilganligi va bunda:

ko'p xonadonli va yakka tartibdagi uy-joylarni ta'mirlash va ularga tutashgan hududlarni obodonlashtirish, piyodalar yo'laklari, irrigatsiya va sug'orish tizimlari hamda chiqindi yig'ish maydonchalarini barpo etish;

mahalla ichki avtomobil yo'llarini va transport kommunikatsiya tizimini ta'mirlash, ichimlik suvi va oqova suv ta'minotini yaxshilash, elektr energiyasi va gaz ta'minoti hamda ko'chalarni yoritish tizimini tiklash, issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish;

ijtimoiy soha ob’ektlari, zamonaviy sport inshootlari va mahalla guzarlarini tashkil etish, bozor infratuzilmasi ob’ektlari, jumladan hammom, savdo va maishiy xizmat majmualarini qurish;

mahalla hududidagi loyihalarni joylashtirish va bo'sh erlarni ajratishda mahallaning ravnaqiga xizmat qiladigan yo'nalishlarga ustuvorlik berish va bu borada barcha darajadagi arxitektura organlari mutasaddilarining shaharsozlik talablariga so'zsiz rioya qilish yuzasidan shaxsiy mas’uliyatini oshirish;

mahalla aholisining farovon turmush kechirishi uchun munosib sharoit yaratish, mavjud ijtimoiy va muhandislik infratuzilmalarini saqlash, asrab-avaylash vazifalarini barcha darajadagi mahalliy hokimliklar zimmasiga shaxsan yuklatish;

dasturda har bir mahalla fuqarosining obodlik uchun ko'ngildan chiqayotgan orzu-umidlarini ro'yobga chiqarish va shaxsiy hissasini qo'shishda barcha imkoniyatlarni safarbar etish, bunyodkorlik harakatlarini qo'llab-quvvatlash, “mahalla obodligi xonadon obodligidan boshlanadi” degan tashabbus asosida o'z mahallasini obod qilish uchun aholida mas’uliyat hissini kuchaytirish;

aholiga kundalik ijtimoiy-maishiy xizmat ko'rsatadigan xizmatlar va tuzilmalar faoliyatini bevosita yirik (o'rtacha doimiy aholi soni 4 ming kishidan ortiq) mahallalarning o'zida yo'lga qo'yish nazarda tutilishi belgilab qo'yilganligi;

g) “Obod mahalla” dasturi doirasida bajariladigan qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida shaharlar va tumanlar uchun “Obod mahalla” jamg'armalarini tashkil etish hamda quyidagilar ularning manbalari etib: 

O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan ajratiladigan transfertlar;

Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari va ularning qo'shimcha mablag'lari;

“Mahalla” xayriya jamoat fondi, hasharlar va xayriya tadbirlarini o'tkazish hisobidan tushadigan mablag'lar, tashkilotlarning homiylik xayriyalari;

O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg'armasi mablag'lari;

xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy davlatlar grant mablag'lari;

tashabbuskor tadbirkorlar mablag'lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilanganligi;

d)  2018 yilda “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan mahallalardagi ijtimoiy soha va infratuzilma ob’ektlari, ichki yo'llarni qurish va ta'mirlash, ichimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya hamda kollektor va drenaj tizimlarini modernizatsiya qilish va sizot suvlar sathini pasaytirish ishlarini moliyalashtirish uchun qo'shimcha ravishda talab etiladigan mablag'lar teng ulushlarda  O'zbekiston Respublikasi respublika byudjeti, davlat maqsadli jamg'armalar hamda mahalliy byudjetlar hisobidan, kelgusi yillarda esa O'zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari mablag'lari va xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy davlatlarning grant mablag'lari hisobidan moliyalashtirilishi;

“Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshiriladigan elektr energiyasi va tabiiy gaz ta'minoti, aloqa tizimi va umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini ta'mirlash ishlari “O'zbekenergo” AJ, “O'ztransgaz” AJ, “O'zbektelekom” AK, Respublika yo'l jamg'armasi hamda boshqa tashkilot va tarmoq korxonalarining o'z mablag'lari hisobidan tegishli maqsadlar uchun to'g'ridan-to'g'ri moliyalashtirilishi;

“Obod mahalla” va “Obod qishloq” dasturlari doirasida bajariladigan ta'mirlash ishlari (kapital qurilishdan tashqari) va obodonlashtirish tadbirlari ularni loyihalashtirish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mustaqil ravishda tasdiqlanadigan manzilli ro'yxat asosida moliyalashtirilishi;

“Obod mahalla” va “Obod qishloq” dasturlari doirasida bajariladigan qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari uchun ajratiladigan mablag'lardan maqsadli va samarali foydalanish hamda ob’ektlarning ish hajmi va smeta qiymatlarini asossiz ravishda oshirib yubormaslik uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari shaxsan mas’ul etib belgilab qo'yilganligi;

e) O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi va Moliya vazirligiga Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda kelgusi yillarda rivojlanish dasturlari parametrlarini belgilashda “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan ob’ektlar uchun zarur miqdordagi mablag'larning nazarda tutilishini ta'minlash topshirilganligi;

j) “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan mahallalarda qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun mahalliy qurilish materiallari, buyumlari va jihozlarini etkazib beradigan ishlab chiqarish korxonalariga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi “Obod qishloq” dasturi to'g'risida”gi PF-5386-sonli Farmonining 7-bandi bilan taqdim etilgan imtiyozlar tatbiq etilishi belgilanganligi;

z) O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, sektorlar rahbarlari, xo'jalik birlashmalari, korxona va tashkilotlar bilan birgalikda:

“Obod mahalla” dasturiga kiritilgan mahallalarda qurilish va obodonlashtirish ishlariga ishsiz aholini 6 oylik muddatgacha jalb qilish va birinchi oylik ish haqini ish boshlagan kunida oldindan 50 foizini bo'nak sifatida to'lash shartlarida haq to'lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish;

mahallalarda bo'sh turgan bino va inshootlarda mikro sanoat zonalarini tashkil etish, ijtimoiy soha va bozor infratuzilmasi ob’ektlarini qurish, shuningdek, aholiga xizmat ko'rsatish va servis shoxobchalarini barpo etish orqali yangi ish o'rinlari yaratish va aholining ish bilan bandligini oshirish choralarini ko'rish topshirilganligi;

i) O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mahallalarda aholini, jumladan yoshlarni ish bilan ta'minlash uchun mikro sanoat zonalarini tashkil etib, zamonaviy ixcham ishlab chiqarish korxonalari va maishiy texnikalarga xizmat ko'rsatish shoxobchalarini joylashtirish;

bunda hududlarda foydalanilmasdan bo'sh turgan bino va inshootlardan samarali foydalanishni ta'minlash topshirilganligi;

k) O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Obod mahalla” jamg'armalarini tashkil etish, uning mablag'larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini tasdiqlash hamda belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazish topshirilganligi;

l) O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi, Matbuot va axborot agentligiga barcha turdagi ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ulkan qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlarini batafsil yoritib borish va keng xalq ommasi orasida targ'ib qilish tavsiya etilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosarlari,  Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,  Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar bo'yicha qo'mitasi, Nukus shahri hokimligi bilan birgalikda “Obod mahalla” dasturi doirasida joriy yilda 2 ta va                               2019-2022 yillarda kamida 3 tadan mahallalarda qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlarini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida ko'rsatilgan Farmoni bilan belgilangan “Obod mahalla” dasturining asosiy yo'nalishlari doirasida tadbirlarning amalga oshirilishini ta'minlasinlar.

4. “Obod mahalla” dasturi doirasida bajariladigan qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida “Obod mahalla” jamg'armasi tashkil etilsin.

Quyidagilar: 

O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan ajratiladigan transfertlar;

Qoraqalpog'iston Respublikasi mahalliy byudjeti va ularning qo'shimcha mablag'lari;

“Mahalla” xayriya jamoat fondi, hasharlar va xayriya tadbirlarini o'tkazish hisobidan tushadigan mablag'lar, tashkilotlarning homiylik xayriyalari;

O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg'armasi mablag'lari;

xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy davlatlar grant mablag'lari;

tashabbuskor tadbirkorlar mablag'lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar “Obod mahalla” jamg'armasining moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.

5. “Obod mahalla” va “Obod qishloq” dasturlari doirasida bajariladigan qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari uchun ajratiladigan mablag'lardan maqsadli va samarali foydalanish hamda ob’ektlarning ish hajmi va smeta qiymatlarini asossiz ravishda oshirib yubormaslik uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosarlari, tumanlar va Nukus shahar hokimlari shaxsan mas’uldir.

6. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosarlari,  Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,  Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar bo'yicha qo'mitasi Nukus shahri hokimligi bilan birgalikda:

kelgusi yillarda rivojlanish dasturlari parametrlarini belgilashda “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan ob’ektlar uchun zarur miqdordagi mablag'larning nazarda tutilishini;

“Obod mahalla” dasturiga kiritilgan mahallalarda qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun mahalliy qurilish materiallari, buyumlari va jihozlarini etkazib beradigan ishlab chiqarish korxonalariga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil  29 martdagi ““Obod qishloq” dasturi to'g'risida”gi PF-5386-sonli Farmonining 7-bandi bilan taqdim etilgan imtiyozlar tatbiq etilishini ta'minlasinlar.

7. Qoraqalpog'iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Nukus shahri hokimligi, sektorlar rahbarlari, xo'jalik birlashmalari, korxona va tashkilotlar bilan birgalikda:

“Obod mahalla” dasturiga kiritilgan mahallalarda qurilish va obodonlashtirish ishlariga ishsiz aholini 6 oylik muddatgacha jalb qilish va birinchi oylik ish haqini ish boshlagan kunida oldindan 50 foizini bo'nak sifatida to'lash shartlarida haq to'lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish;

mahallalarda bo'sh turgan bino va inshootlarda mikro sanoat zonalarini tashkil etish, ijtimoiy soha va bozor infratuzilmasi ob’ektlarini qurish, shuningdek, aholiga xizmat ko'rsatish va servis shoxobchalarini barpo etish orqali yangi ish o'rinlari yaratish va aholining ish bilan bandligini oshirish choralarini ko'rish ishlarini amalga oshirsinlar.

8. Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish qo'mitasi Nukus shahar hokimligi bilan birgalikda mahallalarda aholini, jumladan yoshlarni ish bilan ta'minlash uchun mikro sanoat zonalarini tashkil etib, zamonaviy ixcham ishlab chiqarish korxonalari va maishiy texnikalarga xizmat ko'rsatish shoxobchalarini joylashtirsin.

Bunda hududlarda foydalanilmasdan bo'sh turgan bino va inshootlardan samarali foydalanishni ta'minlansin.

9. Qoraqalpog'iston teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog'iston axborot agentligi, Qoraqalpog'iston matbuot va axborot agentligi, barcha turdagi ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ulkan qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlarini batafsil yoritib borish va keng xalq ommasi orasida targ'ib qilish tavsiya etilsin.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o'rinbosari A.A.Tajetdinov, Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosarlari S.I.Nagmetov, M.A.Jumanov, B.S.Xabibullaev, M.Sh.Aleuov, Z.A.Ibragimova zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi  

 Vazirlar Kengashining Raisi          

   

 Q.Sariev