21.12.2024, Shembi

Rus Pravoslav cherkovi Toshkent va O'zbekiston eparxiyasi rahbari mitropolit Vikentiy Nukus shahriga tashrif buyurdi


Avval xabar qilinganidek, bugun Rus Pravoslav cherkovi Toshkent va O'zbekiston eparxiyasi rahbari mitropolit Vikentiy Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrif buyurdi.  

Mehmonlar Nukus xalqaro aeroportida Qoraqalpog'iston Hukumati va Nukus shahar hokimligi tomonidan  munosib tarizda kutib olindi.

Mitropolit Vikentiy Nukus shahar hokimi bilan uchrashdi va Nukus shahrida faoliyat olib borayotgan pravoslav ibodatxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur uchrashuvda mitropolit Vikentiy  va Nukus shahar hokimi Paraxat To'reshov Nukus shahrida faoliyat olib borayotgan pravoslav ibodatxonasi uchun yangi bino qurish masalasini muhokama qilishdi.

 Uchrashuv davomida mazkur ibodatxonani qurish uchun Nukus shahar “Nur” Mahalla fuqarolar yig'ini kichik aylanma yo'li bo'yidagi 0,6 ga er moydani tanlab olindi.
Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari M.Aleuov ishtirok etdi.