Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Qahramon Sariev boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasida bo'lmoqda.
Tashrifning birinchi kuni Xitoy Xalq Respublikasi Xebey viloyati Hukumati bilan uchrashuvdan boshlandi hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xebey viloyati Hukumati o'rtasida o'z-aro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida O'zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi tadbirkorlari ishtirokidagi biznes forum tashkil etildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Qahramon Sariev boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi joriy yilning 14 sentyabr kuniga qadar davom etadi.