21.12.2024, Shembi

Beruniy tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Avval e’lon qilganimizdek bugun Beruniy, To'rtkul va Ellikqal’a tumani tadbirkorlari uchun sayyor qabul bo'lib o'tishi belgilangan edi.

Beruniy tumani hokimligi majlislar zalida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan bo'lib o'tadigan "Ochiq muloqoti" doirasida tashkil etilgan sayyor qabul davomida turli murojaatlar kelib tushdi.




Sayyor qabulda O'zbekiston Respublikasi Invistitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o'rinbosari X.Teshabaev, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes ombudsmanning Qoraqalpog'iston Respublikasidagi etakchi inspektori B.Davkaraev, Beruniy tumani hokimi A.Saparbaev, sektor rahbarlari  hamda barcha tashkilotlar ishtirok etdi. Mazkur sayyor qabulda uchta tumandan kelgan tadbirkorlar tomonidan, kredit masalalari, yangi biznes loyihalar va ish o'rinlar yaratish, kadastr hujjatlarini hal qilish borasidagi murojaatlari tinglandi. Tadbirkorlarning taklif va fikrlari qabul qilindi.





Tadbirkorlar murojaatlari bo'yicha maxsus shtab tashkil qilingan bo'lib, masalalar aynan shtabda jamlangan holda o'rganishlar olib boriladi. 


Tadbirkorlar murojaatlarining ijrosi  Respublika darajasidagi raxbarlar tomonidan nazoratga olindi.