O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba`zi qarorlarini o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblash to`g`risida”gi 109-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida, Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
- O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba`zi qarorlarini o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblash to`g`risida”gi 109-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
- O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:
a) O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o`zgartirishlar kiritilganligi;
b) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to`g`risida»gi
2017 yil 19 maydagi 302-son qarori (O`zbekiston Respublikasi QHT,
2017 yil, 21-son, 395-modda) o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblanganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.
3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o`zgartirishlar kiritilsin.
4. Tegishli vazirliklar va idoralar o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini o`n kun muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari B.Xabibullaev zimmasiga yuklansin.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi |
| Q. Sariev |