O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturi to'g'risida”gi PF-5466-sonli Formoni ijrosini ta'minlash yuzasidan Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
16 avgustdagi “O'zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar-kelajagimiz” jamg'armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 669-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:
a) Quyidagilar:
- O'zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar-kelajagimiz” jamg'armasi to'g'risidagi nizom 1-ilovaga;
- O'zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar-kelajagimiz” jamg'armasi mablag'laridan imtiyozli kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini ko'rsatish hamda tijorat banklari kreditlari bo'yicha kafilliklar berish tartibi to'g'risida nizom 2-ilovaga;
- Ishsiz va band bo'lmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblar va mutaxassisliklarga professional o'qitish yuzasidan qisqa muddatli kurslar sonini ko'paytirish va sifatini oshirish bo'yicha
chora-tadbirlar kompleksi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
b) Vazirliklar va idoralar o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirish topshirilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. Ishsiz va band bo'lmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblar va mutaxassisliklarga professional o'qitish yuzasidan qisqa muddatli kurslar sonini ko'paytirish va sifatini oshirish bo'yicha
chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Vazirliklar va idoralar o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari M.Jumanov zimmasiga yuklansin.
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariev