22.12.2024, Ekshembi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 iyundagi «O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligining faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to'g'risida»gi 487-sonli qarori haqida



O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 iyundagi «O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligining faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to'g'risida»gi 487-sonli hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Prezidiumining 2018 yil 21 apreldagi 316-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash  maqsadida, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasining «Qoraqalpog'i-ston Respublikasi Vazirlar Kengashi haqida»gi Qonunining 11-moddasiga muvofiq Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
Q A R O R   Q I L A D I:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 iyundagi «O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligining faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to'g'risida»gi 487-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori bilan:
a) Quyidagilar: 
O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi to'g'risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta'minoti jamg'armasi mablag'larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to'g'risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy rag'batlantirish tartibi to'g'risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
«O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi fidoyisi» ko'krak  nishoni to'g'risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
«O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi fidoyisi» ko'krak  nishoni tavsifi va guvohnomasi 5, 5a-ilovalarga muvofiq tasdiqlanganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. Quyidagilar: 
Qoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi to'g'risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat                ta'minoti jamg'armasi mablag'larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to'g'risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy rag'batlantirish tartibi to'g'risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Qoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qabul qilingan nizomga muvofiqlashtirsinlar.
 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Xojametov zimmasiga yuklatilsin.

Qoraqalpog'iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashining Raisi
                  Q.Sariev