22.12.2024, Ekshembi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 iyuldagi “Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqida tegishli bo'lgan noturar ko'chmas mulk ob’ektlarining kadastr qiymatini hisoblash tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 561-sonli qarori haqida

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 iyuldagi “Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqida tegishli bo'lgan noturar ko'chmas mulk ob’ektlarining kadastr qiymatini hisoblash tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 561-sonli qarori haqida

O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 274-moddasiga muvofiq, shuningdek, soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqida tegishli bo'lgan noturar ko'chmas mulk ob’ektlarining kadastr qiymatini hisoblash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 
20 iyuldagi “Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqida tegishli bo'lgan noturar ko'chmas mulk ob’ektlarining kadastr qiymatini hisoblash tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 
561-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:
a) coliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqida tegishli bo'lgan noturar ko'chmas mulk ob’ektlarining kadastr qiymatini hisoblash tartibi to'g'risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
b) O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasiga (keyingi o'rinlarda “Davergeodezkadastr” qo'mitasi deb ataladi) Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorga muvofiq, 2018 yil 
1 oktyabrga qadar jismoniy shaxslarga tegishli bo'lgan ko'chmas mulk ob’ektlarining kadastr qiymati qayta hisoblab chiqilishini ta'minlash topshirilganligi;
v) “Davergeodezkadastr” qo'mitasi jismoniy shaxslarga tegishli bo'lgan ko'chmas mulk ob’ektlarining kadastr qiymati to'g'risidagi ma'lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etguniga qadar jismoniy shaxslarning 2018 yilgi mulk solig'i O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjet parametrlari to'g'risida” 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-son qarorining 11-bandiga asosan 2017 yilda jismoniy shaxslarning hisob-kitob qilingan mulk solig'i summasini 1,2 baravarga ko'paytirish yo'li bilan hisoblanishi;
“Davergeodezkadastr” qo'mitasi davlat soliq xizmati organlariga noturar ko'chmas mulk ob’ektlarining kadastr qiymatini taqdim etgandan so'ng jismoniy shaxslarning mulk solig'i summasi belgilangan tartibda qayta hisoblanishi;
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar er tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tuman (shahar) filiallari davlat soliq xizmati organlari bilan birgalikda ishlar yakunlari bo'yicha har yili ko'chmas mulk ob’ektlarini taqqoslanishi belgilanganligi;
g) O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimcha kiritilganligi;
d) O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblanganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi, Nukus shahri va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorga muvofiq, 2018 yil 1 oktyabrga qadar jismoniy shaxslarga tegishli bo'lgan ko'chmas mulk ob’ektlarining kadastr qiymati qayta hisoblab chiqilishini ta'minlasin.
4. Qoraqalpog'iston Respublikasi Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi jismoniy shaxslarga tegishli bo'lgan ko'chmas mulk ob’ektlarining kadastr qiymati to'g'risidagi ma'lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etguniga qadar jismoniy shaxslarning 2018 yilgi mulk solig'i O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasining 
2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjet parametrlari to'g'risida” 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-son qarorining 
11-bandiga asosan 2017 yilda jismoniy shaxslarning hisob-kitob qilingan mulk solig'i summasini 1,2 baravarga ko'paytirish yo'li bilan hisoblasin;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi davlat soliq xizmati organlariga noturar ko'chmas mulk ob’ektlarining kadastr qiymatini taqdim etgandan so'ng jismoniy shaxslarning mulk solig'i summasi belgilangan tartibda qayta hisoblasin;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Er tuzish va ko'chmas mulk kadastri xizmati DUKning tuman (shahar) filiallari davlat soliq xizmati organlari bilan birgalikda ishlar yakunlari bo'yicha har yili ko'chmas mulk ob’ektlarini taqqoslab borsin.
5. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimcha kiritilsin.
6. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.
7. Vazirliklar va idoralar o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosarlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig'i A.Yakubov zimmasiga yuklansin.

Qoraqalpog'iston Respublikasi
 Vazirlar Kengashining Raisi
                         Q.Sariev