22.12.2024, Ekshembi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 iyuldagi «Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O'zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-3852-sonli qarori ijrosini ta'minlash to'g'risida

 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 iyuldagi «Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O'zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-3852-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1.  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 iyuldagi «Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O'zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-3852-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:

a) investitsiya muhitini yaxshilash sohasida olib borilayotgan islohotlarning strategik maqsadi - tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun mamlakatda 2022 yilgacha Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotidagi (keyingi o'rinlarda “Biznes yuritish” hisoboti deb yuritiladi) mamlakatlarining birinchi yigirmataligi darajasiga mos keladigan eng qulay shart-sharoitlarni yaratish ekanligi;

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi “Biznes yuritish” hisobotida O'zbekiston Respublikasining reytingini yanada oshirish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish hamda bu yo'nalishda Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan uzaro hamkorlik qilish bo'yicha vakolatli organ hisoblanishi belgilab qo'yilganligi;

b) quyidagilar bilan:

Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotida O'zbekiston Respublikasining ko'rsatkichlarini yaxshilash bo'yicha “Yo'l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;

islohotlarni sifatli amalga oshirish hamda Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotida O'zbekiston Respublikasining reyting ko'rsatkichlarini yaxshilash uchun mas’ul bo'lgan davlat organlari va tashkilotlarning ro'yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

v) ushbu qarorning 1 va 2-ilovalarida ko'rsatilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari zimmasiga islohotlarni sifatli amalga oshirish hamda “Biznes yuritish” hisobotida O'zbekiston Respublikasining tegishli ko'rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklanganligi;

g)        O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga:

Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotidagi O'zbekiston Respublikasining ko'rsatkichlarini yaxshilash bo'yicha “Yo'l xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni o'z vaqtida va lozim darajada bajarish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarning faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni;

"Biznes yuritish” hisobotidagi O'zbekiston Respublikasining reytingini yanada oshirish maqsadida davlat organlari va tashkilotlar bilan o'zaro amaliy hamkorlikni;

Jahon banki guruhi ekspertlari va “Biznes yuritish” jamoasi bilan O'zbekiston Respublikasining o'rnini asoslash bo'yicha muzokaralar o'tkazish uchun har yili idoralararo ishchi guruhni Vashington shahriga (AQSh) yuborishni;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda eng muhim Xalqaro reytinglarni va tarkibiy indikatorlarni, ularni shakllantirish metodologiyasini, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslarda oxirgi ikki yilda egallab turgan mavqeini chuqur o'rganishni;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatda tegishli Xalqaro reytinglarda O'zbekiston Respublikasining mavqeini yaxshilash bo'yicha aniq takliflar tayyorlashni ta'minlash topshirilganligi;

d) ushbu qarorning 1 va 2-ilovalarida ko'rsatilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda har yili:

fevral-mart oylarida “Biznes yuritish” hisobotini tayyorlash doirasida Jahon banki ekspertlari tomonidan yuboriladigan savolnomalarni o'rganilayotgan yo'nalishlarda amalga oshirilgan islohotlar va qonun hujjatlari normalarini inobatga olgan holda sifatli va o'z vaqtida to'ldirishni;

15 noyabrga qadar e’lon qilingan “Biznes yuritish” hisoboti natijalarini o'rganishni hamda u bo'yicha keyinchalik Jahon banki va “Biznes yuritish” jamoasiga taqdim etish uchun o'rganilayotgan har bir yo'nalish kesimida asoslantirilgan dalillar va statistik ma'lumotlardan iborat sharxlarni tayyorlashni ta'minlash topshirilganligi;

e)   O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda:

“Biznes yuritish” hisobotida O'zbekiston Respublikasining ko'rsatkichlarini yaxshilash bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning natijalari haqida ushbu qarorning 1 va 2-ilovalarida ko'rsatilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini har chorakda eshitib borsin, keyinchalik tegishli yo'nalishlarda biznes yuritish uchun shart-sharoitlarni yaxshilashni ta'minlamagan rahbarlarga nisbatan chora ko'rish yuzasidan takliflar kiritish;

O'zbekiston Respublikasining ko'rsatkichi reyting tuzish metodologiyasi talablariga muvofiqligini baholagan holda “Biznes yuritish” hisobotlarini tanqidiy o'rganib borishi va har yili 1 dekabrga qadar “Biznes yuritish” hisobotida respublikaning alohida ko'rsatkichlarini yaxshilash maqsadida ishbilarmonlik muhiti va qonunchilikni yanada takomillashtirish bo'yicha “Yo'l xaritasi”ni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga kiritish vazifalari topshirilganligi; 

j) O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasiga Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotida O'zbekiston Respublikasining ko'rsatkichlarini yaxshilash bo'yicha “Yo'l xaritasi”ga muvofiq amalga oshiriladigan tadbirlar hamda loyihalarni moliyalashtirish uchun Xalqaro moliya tashkilotlarining texnik ko'magi, grantlari va kreditlarini jalb etish yuzasidan zarur tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni ta'minlash yuklatilganligi;

z)    O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini hamda “Biznes yuritish” hisoboti yo'nalishlari yuzasidan qonun hujjatlari talablarining amaliyotga joriy etilishini xolisona baholash uchun har yili tadbirkorlik sub’ektlari o'rtasida, shu jumladan ularning murojaatlarini qabul qilish, qayta ishlash, ko'rib chiqish va takliflarini muhokama qilish bo'yicha maxsus portal orqali so'rovlar o'tkazish topshirilganligi;

i)        O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotida O'zbekiston Respublikasining ko'rsatkichlarini yaxshilash bo'yicha “Yo'l xaritasi”ni amalga oshirish doirasida qonun hujjatlari talablarining amaliyotga joriy etilishini tizimli ravishda o'rganib borish, bunda tasdiqlangan chora-tadbirlarning o'z vaqtida bajarilishini ta'minlamagan hamda kechikishlarga yo'l qo'ygan davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslariga nisbatan aniq ta'sir choralarini qo'llash vazifasi yuklatilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

3. Manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari har yili fevral-mart oylarida “Biznes yuritish” hisobotini tayyorlash doirasida Jahon banki ekspertlari tomonidan yuboriladigan savolnomalarni o'rganilayotgan yo'nalishlarda amalga oshirilgan islohotlar va qonun hujjatlari normalarini inobatga olgan holda sifatli va o'z vaqtida to'ldirishni ta'minlasin.

4.        O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini hamda “Biznes yuritish” hisoboti yo'nalishlari yuzasidan qonun hujjatlari talablarining amaliyotga joriy etilishini xolisona baholash uchun har yili tadbirkorlik sub’ektlari o'rtasida, shu jumladan ularning murojaatlarini qabul qilish, qayta ishlash, ko'rib chiqish va takliflarini muhokama qilish bo'yicha maxsus portal orqali so'rovlar o'tkazsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o'rinbosari A.Tajetdinov, Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosarlari S.Nagmetov, B.Xabibullaev, S.Xojametov va M.Jumanov zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi

 

Q. Sariev