O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 iyuldagi «Namangan viloyatida baliq etishtirish bo'yicha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 572-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
Q A R O R Q I L A D I:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 iyuldagi «Namangan viloyatida baliq etishtirish bo'yicha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 572-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:
a) O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi, Suv xo'jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, «O'zbekbaliqsanoat» uyushmasi bilan birgalikda baliq etishtirish bo'yicha intensiv texnologiyalar va ilg'or tajribalarni o'rganish maqsadida ikki oy muddatda malakali mutaxassislar va baliqchilik xo'jaliklari rahbarlarining baliqchilik sohasi rivojlangan xorijiy davlatlarga xizmat safarini tashkil etish topshirilganligi;
Xizmat safari yakuni bo'yicha xorijiy davlatlarda o'rganilgan tajribalar asosida respublikamizdagi daryo va kanal bo'ylarida resurs tejaydigan texnologiyalarni qo'llash hisobiga akvakulturani rivojlantirishga doir takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo'jaligi, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksiga kiritish belgilab qo'yilganligi;
b) Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklariga O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Qishloq xo'jaligi vazirligi va «O'zbekbaliqsanoat» uyushmasi bilan birgalikda baliq va baliq mahsulotlari, konserva va yarim tayyor mahsulotlar sotadigan hamda ovqatlanish shahobchasini o'z ichiga olgan zamonaviy infratuzilmaga ega savdo majmualarining (keyingi o'rinlarda savdo majmualari deb ataladi) barpo etish bo'yicha 2018-2019 yillarga mo'ljallangan chora-tadbirlar dasturini bir oy muddatda ishlab chiqish va tasdiqlash topshirilganligi;
Mazkur chora-tadbirlar dasturida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratish:
infratuzilma ob’ektlari uchun er ajratish, 2018-2019 yillarda quriladigan savdo majmualarini manzilli joylashtirish va qurish uchun pudrat tashkilotlari hamda tashabbuskorlarni aniqlash;
savdo majmualarini moliyalashtirish manbaalari, qurilish-montaj ishlarini boshlash va tugatish muddatlari, foydalanishga qabul qilish davlat komissiyalari tomonidan ishga tushirish (qabul qilish) dalolatnomalarini rasmiylashtirish;
birinchi navbatda, bo'sh turgan binolarni xatlovdan o'tkazish va ushbu binolarga savdo majmualarni joylashtirish masalalarini kiritish topshirilganligi;
v) Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shaxar hokimliklari Qurilish vazirligi bilan birgalikda savdo majmualarini qurilishini o'z muddatlarda va sifatli tugatilishiga shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo'yilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, «Qoraqalpoqbaliqsanoat» MChJ Nukus shahar va tuman hokimlari bilan birgalikda bir oy muddatda baliq va baliq mahsulotlari, konserva va yarim tayyor mahsulotlar sotadigan hamda ovqatlanish shahobchasini o'z ichiga olgan zamonaviy infratuzilmaga ega savdo majmualarining barpo etish bo'yicha 2018-2019 yillarga mo'ljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Mazkur chora-tadbirlar dasturida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilsin:
infratuzilma ob’ektlari uchun er ajratish, 2018-2019 yillarda quriladigan savdo majmualarini manzilli joylashtirish va qurish uchun pudrat tashkilotlari hamda tashabbuskorlarni aniqlash;
savdo majmualarini moliyalashtirish manbaalari, qurilish-montaj ishlarini boshlash va tugatish muddatlari, foydalanishga qabul qilish davlat komissiyalari tomonidan ishga tushirish (qabul qilish) dalolatnomalarini rasmiylashtirish;
birinchi navbatda, bo'sh turgan binolarni xatlovdan o'tkazish va ushbu binolarga savdo majmualarni joylashtirish topshirilsin.
4. Qoraqalpog'iston Respublikasi Qurilish vazirligi Nukus shahar va tuman hokimlari bilan birgalikda savdo majmualari qurilishini o'z muddatlarda va sifatli tugatilishiga shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo'yilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Xojametov zimmasiga yuklatilsin.
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariev