22.12.2024, Ekshembi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 iyuldagi «Veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 564-sonli qarori haqida



O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 iyuldagi «Veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 564-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Kengashi

QAROR QILADI:


1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2018 yil 23 iyuldagi «Veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 564-sonli topshiriqlari ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori bilan quyidagilar:

a) 2018-2023 yillarda veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilova*ga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) 2018-2023 yillarda veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini (keyingi o'rinlarda  Chora-tadbirlar dasturi deb ataladi) amalga oshirish doirasida quyidagilar:

veterinariya tadbirlarini rivojlantirish va ularning samara-dorligini oshirishning dolzarb muammolari bo'yicha kompleks ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, ularning natijalarini ishlab chiqarish jarayonlariga izchil joriy etish;

mamlakatimizda veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va jadal rivojlantirish jarayonlarini faollashtirish, importni izchil kamaytirish maqsadida bozorda barqaror talabga ega bo'lgan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish asosida ko'paytirish va ularning turlarini kengaytirish;

talab yuqori bo'lgan turdagi veterinariya dori vositalarini ishlab chiqarishning ilg'or texnologiyalarini o'zlashtirgan holda, sifat menejmentining zamonaviy uslublarini keng joriy etish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni xalqaro talablarga muvofiq sertifikat-lashtirish va standartlashtirishni ta'minlash;

veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar ilmiy-texnik xodimlarining professional bilim darajasini, xususan, yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish orqali takomillashtirish, shuningdek, etakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning asosiy vazifalari etib belgilanganligi;

v) O'zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo'mitasi, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarning 2021-2023 yillarda respublikada hayvonlar zararli kasalliklariga qarshi veterinariya dori vositalarini 2-ilovaga muvofiq ro'yxat bo'yicha ishlab chiqarishni tashkil etishga doir takliflariga rozilik berilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog'iston Respublikasida 2018-2023 yillarda veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi ilova*ga muvofiq tasdiqlansin.

4. Nukus shahri va tumanlar hokimliklari:

Qoraqalpog'iston Respublikasi Investitsiyalar bo'yicha qo'mitasi, Veterinariya qo'mitasi bilan birgalikda veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarga erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hududlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va keyinchalik tovarlarni ichki hamda tashqi bozorlarga chiqarishga har tomonlama ko'maklashsin;

Qoraqalpog'iston Respublikasi Veterinariya qo'mitasi bilan birgalikda bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda ekspert doiralar vakillari-iqtisodchilar va yuristlarning ishtirokida veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarga davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar va preferentsiyalar to'g'risida keng ko'lamli axborot hamda tushuntirish ishlarini tashkil etsin;

Qoraqalpog'iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish qo'mitasi bilan birgalikda veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan faoliyat ko'rsatmayotgan korxonalarni va davlat mulki bo'lgan mol-mulkni investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda nol xarid qiymati bo'yicha olishida ko'maklashsinlar.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.J.Xojametov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi

 Vazirlar Kengashining Raisi                                Q.Sariev