22.12.2024, Ekshembi

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING FARMOYIShI


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 iyuldagi 03-32-16-sonli hamda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 6 iyuldagi KA/05-02-31/1414-sonli xati bilan zararkunandalarga qarshi kurashish xarajatlarini favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlab qolishga ajratiladigan  mablag'lar hisobidan ajratish to'g'risidagi berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida:

1. Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 19 iyuldagi SM/06-02/2004-sonli hamda «O'zagrokimyohimoya» AJ «Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmati» Qoraqalpog'iston  Respublikasi filialining 2018 yil 19 iyuldagi 01/03-55-sonli xati bilan zararkunandalarga qarshi kurashish xarajatlarini favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlab qolishga ajratiladigan mablag'lar hisobidan ajratish to'g'risidagi takliflari ma'qullansin.
2. Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligi (M.Sodiqov) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 fevraldagi «Qishloq xo'jaligida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 149-sonli qarori bilan Vazirlar Kengashining zaxira jamg'armasiga ajratilgan 5929,0 mln. so'm mablag' hisobidan chigirtkaga qarshi kurashish tadbirlari uchun (ilovaga muvofiq) jami 1320 mln. (bir milliard uch yuz yigirma million) so'm mablag' Vazirlar Kengashining Ishlar boshqarmasiga ajratilsin.
3. Vazirlar Kengashining Ishlar boshqarmasiga mazkur farmoyishning 2-bandiga muvofiq ajratilgan jami 1320 mln. (bir milliard uch yuz yigirma million) so'm mablag'ni belgilangan tartibda «Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmati» Qoraqalpog'iston  Respublikasi filialining maxsus hisob raqamlariga o'tkazib berish topshirilsin.
4. Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi (B.Utambetov) zararli chigirtka tarqalishi va qishloq  xo'jaligi ekin maydonlariga zarar etkazish bilan bog'lik, favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida ajratilgan mablag'larning maqsadli sarflanishini ustidan tizimli nazorat o'rnatsin.
5. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilishni Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Xojametov zimmasiga yuklansin.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi
                Q.Sariev