22.12.2024, Ekshembi

O'zLIDEP Qaraqalpaqstan Respublikası Keńesi tańlaw járiyalaydı


Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashi tomonidan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati -  O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasining tashkil etilganining o'n besh yilligi munosabati bilan  “Ayollar qanoti”ning eng faol a'zosi”  mavzusida ko'rik-tanlovi e’lon qilinadi!  

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasining tashkil etilganining 15 yilligi munosabati bilan partiyaning g'oyaviy maqsad va vazifalarini ro'yobga chiqarishda jonbozlik ko'rsatib kelayotgan faol ayollarni rag'batlantirish, ularning siyosiy jarayonlardagi faolligini yanada oshirish, partiyaning bosh g'oyasini va faoliyatini yanada kuchaytirishda, jamiyatdagi xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirishdagi tashabbuskorligi, partiya tadbirlaridagi ishtiroki, qilgan amaliy ishlari va erishgan muvaffaqiyatlarini aks ettiruvchi video roliklar, maqolalar va slaydlar asosida o'z faoliyatini kengroq tushuntirishdagi ishlari bilan tanlovda faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz!

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zxbekiston Liberal-demokratik partiyasining tashkil etilganining o'n besh yilligi munosabati bilan “Ayollar qanoti”ning eng faol a'zosi” mavzusida  tanlovini o'tkazish 

NIZOMI

1.   Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur Nizom Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasida “Ayollar qanoti”ning eng faol a'zosi” ko'rik-tanlovini   (keyingi o'rinlarda – tanlov) o'tkazishning tartibi va shartlarini belgilaydi.

1.2. Tanlov “Ayollar qanoti”ning a'zolari o'rtasida tashkil etilib, ularning faoliyat samaradorligini oshirish, samarali mehnat tajribalarini ommalashtirish va rag'batlantirishga qaratiladi.

1.3. Tanlov O’zLiDeP Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashi Ijroiya qo'mitasi qarori bilan tashkil etiladi.

 

2.                  Tanlovning maqsad va vazifalari

2.1. Tanlov maqsadi – “Ayollar qanoti” hamda a'zolarining faoliyat samaradorligini oshirishdan iborat.

2.2. Tanlov vazifalari:

- “Ayollar qanoti”ning eng faol va samarali mehnatni amalga oshirayotgan a'zolarni aniqlash;

- “Ayollar qanoti”ning faoliyatini tashkil etishning eng ijobiy tajribasini aniqlash;

- ijobiy tajribalarni ommalashtirish;

- a'zolar faolligini rag'batlantirish

3.                  Tanlov tashkilotchilari

3.1. Tanlovning asosiy tashkilotchisi – O’zLiDeP  Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashi;

3.2 Tanlovga korxonalar, tashkilotchilar, tijorat banklari hamda va tuman (shahar)larda faoliyat yuritayotgan yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq homiy sifatida ishtirok etishlari mumkin;

3.3 Tanlovning Respublika bosqichiga O’zLiDeP Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashi raisi, tuman (shahar) bosqichlariga partiyaning Kengash rasilari boshchilik qiladi;

3.4. Partiya matbuot xizmati hamda “XXI asr” ijtimoiy-siyosiy gazetasining maxsus muxbirlari tanlov shartlari va natijalarini hamda uni o'tkazilish jarayonini markaziy va hududiy ommaviy axborot vositalari, partiya veb-saytida va “XXI asr” gazetasida yoritib borilishini ta'minlaydilar.

4.                  Tanlov hay’ati  

4.1. Mazkur tanlovni o'tkazish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashi qoshida tanlov Hakamlar hay’ati tuziladi.

4.2. Tanlovni o'tkazish bilan bog'liq ishlarni tashkiliy jihatdan ta'minlash maqsadida Respublika, tuman (shahar) miqyosida Ishchi guruhlar tuziladi. Ishchi guruhlar tarkibiga partiya apparati xodimlari, deputatlar va partiya faollari kiritiladi. Ishchi guruh a'zolari joylardagi barcha ishtirokchilarni tanlov shartlari, uning maqsad va vazifalari haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtirish, tanlov doirasidagi tadbirlarni muvofiqlashtirish bilan shug'ullanadi.

4.3. Hakamlar hay’ati ishtirokchilarni belgilangan shartlar bo'yicha baholaydi. Tanlov g'oliblarini aniqlaydi.

4.4 Tanlovning tuman (shaahr) bosqichlari g'olibi tuman (shahar)  Ishchi guruhi qarori bilan tasdiqlanadi hamda tanlov g'oliblari hujjatlari Respublika Ishchi guruhiga yuboriladi.

4.5. Tanlovning Respublika bosqichida tuman va shaharlardan 1 nafar ishtirokchilar qatnashadi. Tanlov ishtirokchilari Respublika Hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi, bayonnoma tuziladi.

5.                  Tanlovni o'tkazish muddati

5.1. Tanlovning tuman va shahar bosqichlari 2018 yilning 20 oktyabr – 1 noyabr kunlari o'tkaziladi.

5.2. Tanlovning Respublika bosqichida O’zLiDeP tashkil etilganligining 15 yilligi munosabati bilan 2018 yil 10 noyabr kuni o'tkaziladi.

 

6.   Tanlov shartlari va g'oliblarni baholash mezonlari

6.1. Ishtirokchilar quyidagi shartlar asosida bellashadi va baholanadi:

1-shart – Tanishuv sharti (mazkur shartda ishtirokchilar o'zini tanishtiradi, o'zi faoliyat ko'rsatayotgan tuman (shahar) haqida qisqacha ma'lumotlar beradi hamda o'z faoliyati haqida prezentatsiya qiladi. Shart davomida musiqa, roliklardan, ko'rgazma qurollaridan foydalanish tavsiya etiladi). Vaqti 6 minut. Eng yuqori ball – 5 ball.

2-shart – Savol-javob (mazkur shartda har bir ishtirokchiga oldindan tayyorlangan va konvertda joylashgan 5 ta savol beriladi. Savollar siyosiy-ijtimoiy hamda O’zLiDeP Ustavi, faoliyati sohalari bo'yicha tuziladi). Uylash uchun 2 daqiqa. Har to'g'ri savolga 1 ball (Ballar umumiy kuyiladi).

3-shart – Ishtirokchi tomonidan tayyorlangan foto albom (foto albomda ishtirokchining O’zLiDeP faoliyatidagi rasmlari, faxriy yorliq, diplom hamda maqola ko'chirmalari aks ettirilishi lozim). Eng yuqori ball – 5 ball.

7.                  Tanlovda ishtirok etish va ko'rik-tanlov Ishchi guruhiga taqdim etiladigan hujjatlar

7.1. Eng faol natijalarga erishgan “Ayollar qanoti” a'zolari tanlovda ishtirok etadilar.

7.2. Tanlovning birinchi tuman (shahar) bosqichida ishtirokchilarning hujjatlari o'rganilib chiqiladi hamda tuman (shahar) Ishchi guruht tomonidan g'olib deb topilgan 1 nafar ishtirokchining hujjatlari o'rnatilgan tartibda Respublika Ishchi guruhiga taqdim etiladi.

8.                  Tanlovning qo'shimcha nominatsiyalari

8.1. Qo'shimcha nominatsiyalar quyidagi tartibda beriladi:

- Bunda tanlov bosqichlarida I, II, III o'rinni olmagan, lekin qo'shimcha nominatsiyaga loyiq deb topilgan ishtirokchilar kiritiladi.

9.                  Tanlov g'oliblarini  taqdirlash

9.1. Nizomning 6-bandida ko'rsatilgan mezonlar asosida I, II va  III o'rinlar aniqlanadi. Tanlov g'oliblari partiyaning I, II, III darajali diplomlari hamda qiimatbaho sovg'alari bilan taqdirlanadi.

9.2. Nizomning 8-bandiga muvofiq qo'shimcha nominatsiyalar bo'yicha g'oliblar aniqlanadi va partiyaning maxsus diplomlari hamda qiimatbaho sovg'alari bilan taqdirlanadi.