Nizamatdinov Bektilew Usnatdinovich | “Qoraqalpoqkino” agentliginiń direktorı | |
| 230100, Nókis qalası, N.Saraev kóshesi 1-jay | |
| 0(361) 222-85-67 | |
E-mail: | qoraqalpoq@uzbekkino.uz | |
Қабыллаў күнлери: | Siyshembi, juma 10:00-12:00,15:00-17:00 |
“Qoraqalpoqkino” agentligi direktorining asosiy funktsional vazifalari
I. “Qoraqalpoqkino” agentligi direktorining asosiy lavozim vazifalari quyidagilardan iborat:
1) O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
2) “Qoraqalpoqkino” agentligi faoliyatiga umumiy raxbarlikni amalga oshirish, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunosti hujjatlari, shuningdek “O'zbekkino” Milliy agentligi hujjatlarida “Qoraqalpoqkino” agentligiga yuklatilgan vazifa va funktsiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) “Qoraqalpoqkino” agentligi faoliyatiga aloqador prognoz ko'rsatkichlarning so'zsiz ta'minlanishi bo'yicha amaliy choralar ishlab chiqish va qabul qilish;
4) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi normativ-huquqiy hujjatlarini va topshiriqlari ijrosini bajarish, ijro intizomini mustahkamlash bo'yicha amaliy kompleks choralar ko'rish, shuningdek “Qoraqalpoqkino” agentligi xodimlarining O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11-apreldagi “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari xamda barcha darajalardagi xokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to'g'risida” PQ-2881-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida” 12-son qarori bilan belgilangan vazifalarni sifatli bajarishi bo'yicha shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko'rish;
5) “O'zbekkino” Milliy agentligining hay’at yig'ilishlari qarorlari, Agentlik bosh direktori va uning o'rinbosarining buyruq va topshiriqlarini o'z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta'minlash;
6) “O'zbekkino” Milliy agentligi faoliyati doirasiga kiruvchi masalalar bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasidagi davlat hokimiyati organlari va ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlanish sektorlari bilan hamkorlik qilish;
7) “Qoraqalpoqkino” agentligi faoliyatini rejalashtirishni tashkil qilish, har chorak ish rejalarini tasdiqlash hamda ularning bajarilishi ustidan nazorat o'rnatish;
8) “Qoraqalpoqkino” agentligi xodimlarini tanlash va joylashtirish “Qoraqalpoqkino” agentligi bo'limlarida kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularning samarali faoliyati uchun zaruriy shart – sharoitlarni yaratish;
9) “Qoraqalpoqkino” agentligi raxbariyati nomenklaturasiga kiruvchi, shuningdek, “Qoraqalpoqkino” agentligi tomonidan ishga qabul qilinadigan boshqa zaxira lavozimlariga tavsiya etiladigan xodimlarning professionalligi, vakolatliligi, amaliy tajribaga egaligi, ishbilarmonlik va axloqiy – ma'naviy sifatlarning yuqorililigi kafolatini ta'minlash;
10) “Qoraqalpoqkino” agentligi hodimlarini intizomiy javobgarlikka tortish va rag'batlantirish masalalarini xal etish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi masalalarini qo'rib chiqish, shaxsiy javobgarligini oshirish bo'yicha tizimli chora – tadbirlarni amalga oshirish;
11) “Qoraqalpoqkino” agentligi hodimlarining O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hodimlarining odob – axloq Namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan “Qoraqalpoqkino” agentligining hodimlarining odob – axloq qoidalari talablariga rioya qilish;
12) O'zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida” gi Qonuniga muvofiq “O'zbekkino” Milliy agentligi tizimida vujudga kelishi mumkin bo'lgan poraxo'rlik va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish bo'yicha tegishli chora tadbirlarni qo'llash, shu bilan birga, ularning sodir bo'lishiga zamin yaratuvchi sabablarni o'rganish va ularga barham berish bo'yicha zaruriy ishlarni amalga oshirish;
13) prognozdagi rejalar ko'rsatkichlarining qay darajada amalga oshirilayotganligini tizimli ravishda tahlil qilish va qo'yilgan vazifalarning “Qoraqalpoqkino” agentligi tomonidan to'laqonli bajarilishini ta'minlashga qaratilgan qo'shimcha chora tadbirlarni tatbiq etish bo'yicha “O'zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori o'rinbosarlariga takliflar kiritish;
14) “Qoraqalpoqkino” agentligi xodimlari faoliyati unumdorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini doimiy tarzda eshitib borish hamda yakunlar bo'yicha tegishi tadbirlarni amalga oshirish;
15) “Qoraqalpoqkino” agentligi faoliyatiga oid masalalar buyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish to'g'risida, shuningdek, davlat xizmatlari ko'rsatilishi sifatini yaxshilashga qaratilgan takliflar ishlab chiqish va ularni “O'zbekkino” Milliy agentligi rahbariyatiga qo'rib chiqish uchun kiritish;
16) jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish, xalq bilan bevosita ochiq muloqot olib borish, tizimli ravishda shaxsiy qabullar, shu jumladan O'zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonunida ko'rsatilgan tartibda hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 martdagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to'g'risidagi Namunaviy nizomini muvofiq xalq qabulxonalari va sayyor qabulxonalari tashkil etish;
17) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida” gi PF-4904-son Farmoniga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali xamkorlik qilish, ularning ishida faol ishtirok etish, Prezident Virtual qabulxonasiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarni o'z vaqtida va to'laqonli ravishda ko'rib chiqish;
18) “Qoraqalpoqkino” agentligi hodimlariga mukofot puli, oylik maoshiga qo'shimcha ustama haq qo'shib berish, moddiy yordam ko'rsatish orqali rag'batlantirish hamda “O'zbekkino” Milliy agentligi rahbariyatiga xodimlarni davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi bo'yicha takliflar kiritish;
19) davlat siri yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirlardan iborat ma'lumotlarning himoya etilishini ta'minlash;
“Qoraqalpoqkino” agentligi direktorining javobgarligi
II. “Qoraqalpoqkino” agentligi direktoriga quyidagi masalalar bo'yicha shaxsiy mas’uliyat yuklanadi:
1) “Qoraqalpoqkino” agentligi zimmasiga yuklatilgan vazifa va funktsiyalarning bajarilishiga;
2) mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan “Qoraqalpoqkino” agentligi faoliyati doirasiga kiruvchi majburiyatlarning sifatli bajarilishiga javobgardir.