Allambergenov Madat Bekbergenovich | Qaraqalpaqstan Respublikası avtomobil jolları aymaqlıq bas basqarmasınıń baslıǵı | |
Mánzil: | 230100, Nókis qalası, Islam Karimov Gúzari, 109-jay | |
Telefon: | 0 (361) 222-29-26 | |
E-mail: | qoraqalpoqavtoyul@uzavtoyul.uz | |
Qabıllaw kúnleri: | Dúyshembi 14.00-16.00 |
Qaraqalpaqstan Respublikası avtomobil jolları aymaqlıq bas basqarması baslıǵınıń orınbasarı | ||
Mánzil: | 230100, Nókis qalası, Islam Karimov Gúzari, 109-jay | |
Telefon: | 0 (361) 222-28-71 | |
E-mail: | qoraqalpoqavtoyul@uzavtoyul.uz | |
Qabıllaw kúnleri: | Juma 14.00-16.00 |
Qoraqalpog'iston Respublikasi avtomobil yo'llari xududiy bosh boshqarmasi boshlig'ining lavozimlik
Y O' R I Q N O M A S I
Qoraqalpog'iston Respublikasi avtomobil yo'llari xududiy bosh boshqarmasi va uning tarkibidagi unitar korxonalar faoliyatiga umumiy raxbarlikni amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlarini, Vazirlar Maxkamasining qarorlarini, O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining qarorlari, buyruqlari, farmoyishlarini hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashi qaror va farmoyishlarini tarmoq bo'yicha amalda bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi.
Bosh boshqarmaning buxgalteriya, kadrlar va huquqiy masalalari bo'yicha raxbarlikni amalga oshiradi.
Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo'llarida rejalashtirilgan yo'l ishlarining o'z vaqtida bajarilishiga raxbarlik qiladi.
Bosh boshqarma bo'limlari va mutaxassislari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ichki buyruq va farmoyishlarni chiqaradi.
Bosh boshqarma nomenklaturasiga kiruvchi raxbar va xodimlarni o'rnatilgan tartibda ishga qabul qiladi va ishdan ozod qiladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi yo'l xo'jaligi tarmog'ida hukumat qarorlari asosida yagona texnik siyosatini amalga oshirishga raxbarlik qiladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi avtomobil yo'llari xududiy bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosarining lavozimlik
Y O' R I Q N O M A S I
Xalqaro talablarga javob beradigan umumfoydalanuvdagi avtomobil yo'llari tarmog'ini rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda qatnashish, transport kommunikatsiyalar tizimini keng tadbiq etishni ta'minlash, transport vositalarining havfsiz xarakatini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni tadbiq etish, avtomobil yo'llarini loyihalash, ta'mirlash va saqlashga qaratilgan moliyaviy resurslardan samarali foydalanish.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Maxkamasining farmonlari, qarorlari, farmoyishlariga muvofiq umumfoydalanuvdagi avtomobil yullarini rivojlantirish kontseptsiyasini amalga oshirishda qatnashadi.
Rejalashtirilayotgan yo'l ishlari xajmlariga muvofiq yo'l qurilish yagona texnologik kompleksiga kiruvchi yo'l xo'jaligi moddiy texnika bazasini mustaxkamlash va modernizatsiya qilish monitoringini o'tkazish.
Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo'llarida havfsiz harakatini ta'minlash uchun yo'llarda birinchi navbatda saqlash ishlarini bajarish, ya’ni yo'l qoplamasi yo'l inshootlarida ta'mirlash ishlarini olib borish, ajratilayotgan mablag'lardan samarali foydalanish uchun monitoring o'tkazish.
Tashkilot tizimidagi korxonalarda bitum va xom neft zaxirasini yaratish bo'yicha olib borish.
Narx navo tizimini takomillashtirish asosida qurish, qayta qurish va saqlash ishlariga sarf xarajatlardan unumli foydalanishni ta'minlash.
Bajarilayotgan ishlar bo'yicha korxonalarning samaradorligini oshirish bo'yicha pudrat ishlarining xarajatlari bo'yicha mashina-mexanizm va transport vositalari bo'yicha monitoring o'tkazishda iqtisod xizmatining ishini tashkil etish.
Yo'l xo'jaligida hukumat qarorlari asosida yagona texnik siyosatini amalga oshirishda qatnashadi.
Yo'l xo'jaligi korxonalari injener-texnik xodimlarini malakasini oshirish uchun bosh boshqarma mutaxassislari bilan birgalikda o'qishlar tashkil qilish.
Yo'l xo'jaligi korxonalarida yo'l ishlari faoliyati bo'yicha shartnomalar tuzilishi va ular qonun-qoidalar asosida bo'lishini nazorat qilish.
Avtomobil yo'llarini mavsumiy ko'rikdan o'tkazishda qatnashish, avtomobil yo'llarini modernizatsiya dasturini tadbiq etish monitoringini shakllantirish bo'yicha o'z fikr muloxazalarini bildirish.
Bosh boshqarmada dispetcherlik xizmatini to'g'ri yuritilishi, dispetcherlarni yo'l sohasiga oyd ma'lumotlar Bilan etarli darajada ta'minlanishini, yuqori tashkilotlardan ma'lumotlarni to'liq va aniq ravshan qabul qilinishi, rahbariyatga o'z vaqtida etkazilishini, aloqa axborot vositalarini (telefon, faks) muntazam ishlab turishini ta'minlanishini hamda dispetcherlarning o'z ustida ishlab yo'l qo'rilishi sohasi bo'yicha malakalarini oshirib borishini nazoratta olish.
Bosh boshqarma ma'muriy binosidan foydalanish bo'yicha xo'jalik ishlari yuritilishini nazoratga olish, bosh boshqarma binosini kommunal to'lovlarini o'z vaqtida to'lanishini nazoratga olib borish.
Bosh boshqarmaning moliya iqtisodiyot bo'limi, dasturlarni shakllantirish va amalga oshirilishini monitoring qilish bo'limi va o'mumiy bo'lim ishlariga rahbarlik qiladi.
Ichki mehnat tartibi va ishlab chiqarishdagi ijro qoidalariga to'liq amal qiladi.
O'zini soxaviy texnik saviyasini muntazam ravishda oshirib boradi va ularni ish faoliyatida qo'llaydi.