21.12.2024, Shembi

O’zbekstan Respublikası Prezidenti Administraciyası janındaǵı Málimleme hám ǵalaba kommunikaciyalar agentligi Qaraqalpaqstan Respublikası aymaqlıq basqarması baslıǵı



Bekmuratov Azamat Maxsetbayevich

Málimleme hám ǵalaba kommunikaciyalar agentligi Qaraqalpaqstan Respublikası aymaqlıq basqarması baslıǵı

 Мa’nzil:

 230100, Nokis qalasiQaraqalpaqstan koshesi 9-jay

 Tеlefon:

 0(361) 222-85-48

 E-mail:

  xabar-baspasoz @exat.uz

Qabillaw ku’nleri:

 Du’yshembi, sa’rshembi, juma 14:00-16:00

 

 


 


            Agentlik direktori agentlikga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, uning faoliyatini muvofiqlashtiradi.


            Agentlik Nizomida belgilangan ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik sohalarida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish borasidagi vazifalarni amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli xodimlari bilan hamkorlikda ishlaydi, O'zbekiston Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Agentlik Bosh direktori va uning muovinlari topshiriqlarini o'z vaqtida bajarilishini tashkil etadi va ularning ijrosi to'g'risida hisobot beradi.


            Ma'naviyatni yuksaltirish, ushbu masalalarni OAV, nashriyotlar faoliyatiga joriy etish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi.


            Ommaviy axborot vositalari, noshirlik faoliyatiga oid qonunlar, me’yoriy hujjatlarning amaliyotini tahlil qilish, soha qonunchilik bazasini mustahkamlash, harakatdagi qonun hujjatlariga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish, yangiliklarni yaratish bo'yicha takliflar kiritish va ularni amalga oshirishni tashkil etadi. Hay’at qarorlari loyihasini tayyorlashga, Agentlik Bosh direktorining shu masalalarga tegishli buyruq va farmoyishlarini tayyorlashga rahbarlik qiladi.


            Ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar faoliyatiga oid turli masalalarni ko'rish va hal etishda Agentlik boshqarmalari va bo'limlari, vazirliklar va idoralarning tegishli bo'limlari, respublika gazeta va jurnallari muassislari va tahririyatlari, nashriyotlar bilan aloqa bog'laydi.


            Yangi tashkil etilayotgan ommaviy axborot vositasini ro'yxatga olish va qayta ro'yxatdan o'tkazish, noshirlik faoliyatini litsenziyalash yuzasidan kiritilgan ta'sis hujjatlarini ko'rib chiqishda qatnashadi.


            Agentlik xodimlarini tanlash va ular malakasini oshirishlari bilan shug'ullanadi. O'zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi, «Noshirlik faoliyati to'g'risida»gi, «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida»gi qonunlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etilishini tahlil qilishni tashkil etadi. O'zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi bilan sohada qonunchilikka rioya qilish masalalarida hamkorlik qiladi. Qonunchilikning buzilishi holatlari bo'yicha xulosa va taqdimnomalar loyihasini tayyorlaydi, rahbariyatga kiritadi hamda ularning muassislar, tahririyatlar, nashriyotlar tomonidan bajaralishini nazorat qiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi, matbuot va axborot xududiy boshqarmalari bilan amaliy munosabatda bo'ladi.


            Soha rahbar va ijodiy xodimlari o'quvini tashkil etish bo'yicha takliflar kiritadi va ularni amalga oshirishni tashkillashtiradi.