21.12.2024, Shembi

Ayol – mehr, sadoqat, taraqqiyot timsoli

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Ayol – mehr, sadoqat, taraqqiyot timsoli” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 





Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad oila institutini mustahkamlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni targ‘ib etish orqali oilalarda sog‘lom va ma’naviy muhitni barqarorligini ta’minlash va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga daxldorlik hissini oshirishdan iborat.



O‘tkazilgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining rais o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Axmedova, Respublika “Oqila ayollar” harakati yetakchisi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari O.Musurmonova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi faol xotin-qizlari, shoira va yozuvchilar, xalq ta’limi tizimida faoliyat olib boruvchi pedagog xotin-qizlar, “Zulfiya” mukofoti sovrindorlari, “To‘maris izdoshlari”, ko‘chaboshi ayollar, mahalla va ovullarda faoliyat olib boruvchi xotin-qizlar hamda "Oqila ayollar" harakati a’zolari ishtirok etishdi.