Respublikada har yili aholi bandligini ta'minlash bo'yicha tasdiqlanadigan dasturlarni amalga oshirish, bo'sh va kvotalanadigan ish o'rinlariga ishga joylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, o'zini o'zi band qilishning samarali shakllarini rivojlantirish borasida ta'sirchan chora-tadbirlar ko'rilmoqda.
Aholining ishchanlik faolligini va tadbirkorlik tashabbuslarini rag'batlantirishga, ijtimoiy zaif qatlamlari bandligini ta'minlashga, aholi bandligini ta'minlash bo'yicha davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati, sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Shunga qaramay, hududlardagi mehnat bozorida hali-hamon yuqori darajada keskinlik saqlanib qolmoqda, doimiy ish o'rinlarini tashkil etish, yoshlar, xotin-qizlar, kam ta'minlangan oilalar a'zolari bandligini, ayniqsa qishloq joylarda ta'minlash, shuningdek, tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish masalalari hal etilmayapti.
Ishga joylashtirish sohasida aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun kredit, moliyaviy, maslahat-axborot berish xizmatlari va boshqa zarur xizmatlar darajasi pastligicha qolmoqda.
Ishlab chiqarish kadrlari ko'pincha iqtisodiyot tarmoqlarining joriy va istiqboldagi extiyojlarini, ularning imkoniyatlari va resurslarini hisobga olmagan holda kasbga tayyorlanmoqda va qayta tayyorlanmoqda. Oqibatda mehnat bozorida ayrim mutaxassisliklar bo'yicha malakali kadrlar taqchilligi kuzatilmoqda.
2017-2021 yillarda O'zbekicton Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi ijrosini, aholi bandligini ta'minlash bo'yicha davlat organlari ishlari samaradorligini oshirish, aholini mehnat faoliyatiga jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yangi ish o'rinlarini tashkil etuvchi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rag'batlantirish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi “Aholi bandligini ta'minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish
va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3856-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:
a) O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Aholi bandligini ta'minlash bo'yicha ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirishga doir “Yo'l haritasi” ilovaga muvofiq ma'qullanganligi;
b) O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi (keyingi o'rinlarda Bandlikka ko'maklashish jamg'armasi deb yuritiladi) uchun 2018 yilda Respublika byudjetiga qo'shimcha tushumlar hisobiga 150 milliard so'm ajratilishi, 2019 yildan boshlab esa byudjet parametrlarida 300 milliard so'mdan kam bo'lmagan miqdorda qo'shimcha mablag'lar ajratish nazarda tutilishi;
2018 yil 15 iyuldan boshlab Mehnat organlari xodimlarining mehnatini rag'batlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamg'armasi (keyingi o'rinlarda - Mehnatni rag'batlantirish jamg'armasi) mablag'larini shakllantirish manbalari Bandlikka ko'maklashish jamg'armasining Mehnatni rag'batlantirish jamg'armasiga ajratmalari hajmlarining 5 foizdan
10 foizgacha oshirilishi hisobiga kengaytirilishi;
O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari jamg'armalar mablag'larining bo'sh qoldiqlarini tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishdan tushadigan 50 foiz miqdordagi daromadlar Mehnatni rag'batlantirish jamg'armasiga yo'naltirilishi belgilanganligi;
v) O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining davlat muassasalari shaklida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida yangi ish o'rinlari tashkil etishni rag'batlantirish hududiy jamg'armalarini (keyingi o'rinlarda - hududiy jamg'armalar) tashkil etish to'g'risidagi taklifiga rozilik berilganligi;
Quyidagilar hududiy jamg'armalar mablag'larini shakllantiruvchi manbalar etib belgilanganligi:
Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlarining prognoz parametrlarini oshirib bajarishdan har oyda tushadigan 40 foizgacha bo'lgan miqdordagi daromadlar;
mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari hamda beg'araz yordami;
xayriya qiluvchilar - jismoniy va yuridik shaxslar, O'zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining belgilangan tartibda taqdim etiladigan mablag'lari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
g) Quyidagilar hududiy jamg'armalarning asosiy vazifalari etib belgilanganligi:
ayniqsa, qishloq joylarda doimiy ish o'rinlari tashkil etuvchi tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlar bilan qo'llab-quvvatlash uchun respublikaning tijorat banklarida kredit liniyalari ochish;
ishchi kuchi ko'p bulgan hududlarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ayniqsa aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari uchun yangi ish o'rinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi korxonalarni tashkil etish, bunda hududiy jamg'armalarning tashkil etilgan korxonalardagi ulushini xususiy sheriklarga keyinchalik realizatsiya qilish shartini nazarda tutish;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari bo'yicha ish o'rinlari tashkil etishga hamda aholi bandligini ta'minlashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish;
d) Hududiy jamg'armalar daromad qismi bo'yicha barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg'armalariga majburiy ajratmalar tulashdan ozod etish, bo'shab qolgan mablag'lar hududiy jamg'armalarning asosiy vazifalarini amalga oshirishga yo'naltirilganligi;
O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda hududiy jamg'armaning namunaviy ustavi tasdiqlanishini ta'minlash topshirilganligi;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda hududiy jamg'armalar ustavlarini tasdiqlangan namunaviy ustav asosida tasdiqlash topshirilganligi;
e) ushbu qarorning 2 va 3-bandlariga muvofiq shakllantiriladigan Bandlikka ko'maklashish jamg'armasiga Respublika byudjetidan ajratiladigan mablag'larning kamida 50 foizi va hududiy jamg'armalarning mablag'lari asosan “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB va “Xalk banki” ATBda kredit liniyalarini ochish va keyinchalik mazkur banklar tomonidan respublika tumanlari va shaharlarida yangi ish o'rinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi kichik va mini-loyihalarni amalga oshirish uchun mikrokreditlar ajratish maqsadida yo'naltirilishi;
- mikrokreditlar kichik tadbirkorlik sub’ektlariga, fermer va dehqon xo'jaliklariga, oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga quyidagilar uchun ajratilishi:
shaxsiy tomorqa va dehqon xo'jaliklarida ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida issiqxonalar tashkil etish, urug'liklar, ko'chatlar, chorva mollari va parrandalar, qishloq xo'jaligi inventari va uskunalari, sug'orish moslamalari (nasoslar, artezian quduklari va boshqalar) xarid qilish;
qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, qurilish materiallari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol mollari ishlab chiqarish uchun zamonaviy mini-uskuna va xom ashyo xarid qilish;
xizmat ko'rsatish sohasida, ayniqsa maishiy, ta'mirlash, ta'lim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya va boshqa talab yuqori bo'lgan sohalarda faoliyat ko'rsatadigan korxonalar tashkil etish va jihozlash;
qishloq tumanlarida, ayniqsa xotin-qizlar o'rtasida kasanachilikni rivojlantirish;
tuman va shaharlarning ishlab chiqarish ixtisoslashuvi, mavjud mineral xom ashyo, er, qishloq xo'jaligi va boshqa resurslarni hisobga olgan holda boshqa yo'nalishlar;
- mikrokreditlar eng kam ish hakining 500 baravarigacha bo'lgan miqdorda 3 yillik muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasi, shu jumladan tijorat bankining ajratiladigan kredit stavkasining 50 foizi miqdoridagi marja bilan taqdim etilishi;
Bunda mikrokreditlar aholi bandligiga ko'maklashish markazlarida ro'yxatga olingan ishsiz shaxslarga, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga, turmushida og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, kam ta'minlangan oilalarning a'zolariga va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga garov ta'minotisiz eng kam ish haqining
100 baravari miqdoridan oshmagan hajmda ajratilishi mumkinligi;
O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan mikrokreditlarni ajratish tartibini tasdiqlash topshirilganligi;
j) qishloq tumanlarida, bundan aholi soni 5 ming kishidan ko'p bo'lgan aholi punktlari mustasno, sartaroshxona xizmatlarini, yakka tartibdagi buyurtmalar bo'yicha kiyim tikish xizmatlarini, poyabzal ta'mirlash xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha faoliyatni tashkil etgan, shuningdek, jamoat hammomlarini tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yil 1 iyulgacha barcha turdagi soliqlar to'lashdan ozod etilishi;
yakka tartibdagi tadbirkorlar har bir yollangan xodimga to'lanadigan qat’iy belgilangan soliqni to'lashdan ozod etilishi;
yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari
3 nafargacha doimiy ishchilarni yollashga, ular bilan mehnat shartnomasi tuzishga, shuningdek, mehnatga layoqatli yoshga to'lgan boshqa yaqin qarindoshlarini, shu jumladan mehnatga layoqatli yoshga to'lgan bolalari va nevaralarining er-xotinlarini, mehnatga layoqatli yoshga to'lgan aka-ukalari va opa-singillarini, ularning er-xotinlarini yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik sub’ekta ishtirokchilari sifatida jalb qilishga haqli;
ushbu qarorning 6-bandiga muvofiq birinchi marta mikrokredit olgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uni olgan sanadan boshlab 6 oy mobaynida qat’iy belgilangan soliq to'lashdan ozod etilishi;
yakka tartibdagi tadbirkorlar 3 tonnadan ortiq yuk ko'taruvchi avtomobil transportida yuklarni eng kam ish haqining 2 baravari miqdoridagi stavka bo'yicha tashish xizmatlaridan har oyda olinadigan qat’iy belgilangan soliq to'lanishi belgilanganligi;
z) O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, Moliya vazirligi 2018 yil 1 avgustdan boshlab Bandlikka ko'maklashish jamg'armasi mablag'lari hisobiga quyidagilarga bir martalik subsidiyalar berilishini nazarda tutadigan ishsizlik bo'yicha sug'urtalash tizimini joriy etish:
aholi bandligiga ko'maklashish markazlarida ro'yxatdan o'tgan va tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlovchi ishsiz shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun xarajatlarni eng kam ish haqining 2 baravari miqdorida to'lash;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga mansub shaxslarni,
shu jumladan nogironligi bo'lgan shaxslarni zaxiralangan (kvotalangan) eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga - har bir qabul qilingan xodim uchun har oyda eng kam ish haqining 2 baravari miqdorida to'lanishi. Bunda ishga qabul qilingan mazkur toifadagi shaxslarning bandligini eng kam son (kvota) oshgan sanadan boshlab kamida 12 oy davomida saqlash sharti nazarda tutilishi;
ish beruvchilarga - aholi bandligiga ko'maklashish markazlarining yo'llanmasi bo'yicha ishga qabul qilingan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga mansub xodimlarni, shu jumladan nogironligi bo'lgan shaxslarni kasbga qayta o'qitish va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan harajatlarni moliyalashtirishga har bir xodim uchun eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida to'lash topshirilganligi;
i) O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga:
aholi bandligiga ko'maklashish markazlarida ro'yxatdan o'tgan ishsiz shaxslarni, ayniqsa kam ta'minlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni kasbga qayta o'qitishga sarflanadigan harajatlarni moliyalashtirish uchun Bandlikka ko'maklashish jamg'armasidan kasb-hunar ta'limi muassasalariga grantlar ajratilishini;
O'zbekistan Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi bilan birgalikda 2018/2019 o'quv yilidan boshlab umumiy o'rta ta'lim muassasalarida katta sinf o'quvchilari uchun ular egallashni xohlagan kasblarning asosiy xususiyatlari va kasb standartlarini ta'riflovchi multimedia vositalari bilan jihozlangan situatsion xonalarni tashkil etgan holda kasbga yo'naltirish kurslarini o'tkazishni nazarda tutadigan kasbga yo'naltirish dasturini joriy etish masalasi ishlab chiqilishini;
O'zbekistan Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi bilan birgalikda 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari rahbarlarining tasdiqlovchi ma'lumotlari va fuqarolarning arizalari asosida shaxsiy tomorqa xo'jaliklarida ishlovchi fuqarolarni band bo'lgan shaxs sifatida hisobga olish mexanizmi joriy etilishini;
aholi va tadbirkorlik sub’ektlari orasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning mazmun-mohiyati keng tushuntirilishini ta'minlash topshirilganligi;
y) O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartish va qo'shimchalar to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish topshirilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Saburov), Iqtisodiyot vazirligi (Qaypbergenov), Moliya vazirligi (Sodiqov) davlat muassasalari shaklida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida yangi ish o'rinlari tashkil etishni rag'batlantirish hududiy jamg'armalarini (keyingi o'rinlarda - hududiy jamg'armalar) tashkil etish;
Quyidagilar hududiy jamg'armalar mablag'larini shakllantiruvchi manbalar etib belgilansin:
Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti daromadlarining prognoz parametrlarini oshirib bajarishdan har oyda tushadigan 40 foizgacha bo'lgan miqdordagi daromadlar;
mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari hamda beg'araz yordami;
xayriya qiluvchilar - jismoniy va yuridik shaxslar, O'zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining belgilangan tartibda taqdim etiladigan mablag'lari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
4. Quyidagilar hududiy jamg'armalarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
ayniqsa, qishloq joylarda doimiy ish o'rinlari tashkil etuvchi tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlar bilan qo'llab-quvvatlash uchun respublikaning tijorat banklarida kredit liniyalari ochish;
ishchi kuchi ko'p bulgan hududlarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ayniqsa aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari uchun yangi ish o'rinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi korxonalarni tashkil etish, bunda hududiy jamg'armalarning tashkil etilgan korxonalardagi ulushini xususiy sheriklarga keyinchalik realizatsiya qilish shartini nazarda tutish;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarorlari bo'yicha ish o'rinlari tashkil etishga hamda aholi bandligini ta'minlashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
5) Hududiy jamg'armalar daromad qismi bo'yicha barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg'armalariga majburiy ajratmalar to'lashdan ozod etilsin, bo'shab qolgan mablag'lar hududiy jamg'armalarning asosiy vazifalarini amalga oshirishga yo'naltirilganligi;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda hududiy jamg'armaning namunaviy ustavini ishlab chiqib, belgilngan tartibda tasdiqlatsin.
6. Qoraqalpog'iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Saburov), tegishli vazirlik va idorlar rahbarlari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlik sub’ektlari orasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida keng tushuntirilishini ta'minlasin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o'rinbosari A.Tajetdinov, Moliya vaziri M.Sodiqov hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri U.Saburov zimmasiga yuklansin.
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariev